16
bo`ladi. Nuqson shuning bilan bog’liq, bo`lishi
mumkinki, bunday paytda bolada
artikulyar baza shakllanmaydi (artikulyar tomonning
tovush talaffuz etish uchun
zarur bo`lgan barcha jihatlari o`zlashtirilmaydi) yoki artikulyar tomon noto`g’ri
shakllanadi. Buning oqibatida nomuvofiq tovushlar hosil bo`ladi. Artikulyasion
apparatning anatomik nuqsonlari bilan bog’langan
buzilishlar alohida guruxni
tashkil etadi. Talaffuzning buzilishi psixolingvistik jihatdan yo fonemalarni ajratish
va anglash operasiyalarining shakllanmaganligi oqibati (ya’ni idrok etishdagi
nuqsonlar), yoki saralash va ishlab chiqarish (shuningdek, unumlilik nuqsoni)
vazifasining shakllanmaganligi, yoxud tovushlarni ishlab
chiqarish shartlarining
buzilganligi deb qaraladi.
Anatomik nuqsonlarda buzilishlar organik xususiyatga,
ularning ishtirokisiz esa
funksional xususiyatga ega bo`ladi. Buzilishlar odatda bola nutqining rivojlanishi
jarayonida; periferik apparatning jaroxatlanish xollarida
esa u xar qanday yoshda
paydo bo`lishi mumkin. Ammo shundaylari ham uchraydiki, ularda tovushni bayon
qilishning fonasion turlanishlari murakkab mexanizmidagi bir necha bo`g’inlarining
bir paytning o`zida xastalashuvi kuzatiladi. Bundaylarga
rinolaliya va dizartriya
kiradi.
6.
Dostları ilə paylaş: