Kurs ishi fan



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/43
tarix29.04.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#104904
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   43
Til mashqlari. Tilni keng holatda ko`rsatish - og’izni kirgizish, tilni keng 
holatda pastki lab ustiga qo`yish, yuqori lab tomon ko`tarish - tilni og’izga kirgizish, 
og’izni ochish va navbatma-navbat tilni keng va tor holda ko`rsatish; tilni tor holda 
tutib, yuqori labni yalash, shu holda pastki labni yalash, tilni tor holda tutib, uni 
og’izning chap va ung burchaqlariga harakatlantirish; og’izni ochish, tilni surib 
qattiq tanglayga tekkizish va kuch bilan tortib olish. Bu mashqlar bir necha marta 
kaytariladi.
Yumshoq tanglay mashqlar. Tilni pastki lab ustiga kuygan holda esnash
yo`talish ko`rinishidagi mashqlar: «a» unlisini avval cho`zib, keyin bo`lib-bo`lib 
talaffuz qilish, «a» unlisini qattiq tezlikda talaffuz qilish.
Mashqlar taqlid asosida va so`z qoidasi bo`yicha bajariladi.
Artikulyasion apparak a’zolarining harakatchanligini tekshirish jarayonida 
harakatning bor yoki yo`qligi, harakatning bajarilish darajasi (to`liq, noto`liq) va 
bajarilish sifati (gipo yoki gipertonus, qo`zg’aluvchanlik); harakatni aniq bajarish 
ko`nikmasi; Artikulyasion a’zolarni ko`rsatilgan vaziyatda uzoq vaqt ushlab tura 
olish; bir harakatdan ikkinchi harakatga ohista o`tish; harakatlar tezligi; sur’ati 
me’yorda (sekinlashgan, tezlashgan) aniqlanadi.
Artikulyasion apparat harakatchanligini baxolash me’yori: 


29
- harakatni aniq, to`liq, me’yorda bajaradi.
- bir harakatdan ikkinchi harakatga uta oladi.
- harakatni bajarishda bir qator kamchiliklar kuzatiladi.
- bir harakatdan ikkinchi harakatga qiyinchilik bilan o`tadi.
- harakatni logoped yordami bilan bajaradi, mustaqil o`zi bajara 
olmaydi. Bir harakatdan ikkinchi harakatga juda qiyinchilik bilan utadi.
- harakatni bajara olmaydi.
Tovushlar talaffuzini tekshirish  
Tovushlar talaffuzining holati logopedik praktikada umumiy qabul qilingan 
quyidagi tartib bo`yicha tekshiriladi. Bolaga narsalarga oid rasmlar ko`rsatiladi, 
bunda rasmdagi narsalarni ifodalovchi so`zlar ichida tekshirilayotgan tovush uch 
o`rinda kelishi kerak: so`zning alohida talaffuzida, bo`g’inlarda, so`zlarda va 
jumlalarda tekshiriladi.
O`zbek tilida so`zda undosh tovushlarning mos kelishi:
Sirgaluvchi tovushlar (s, z, s);
Shipillovchi tovushlar (sh, j, ch);
Sanor tovushlar (l, r, ng);
Til orqa, chuqur til orqa tovushlar (k, g, x, k, g, x);
Jarangli tovushlar (v, b, d); Unli 
tovushlar (a, o, u, u).
Rasmlarni tanlash me’yorlari:
- maktabgacha yoshdagi bolalarning tushunishi uchun mos bo`lishi;
- idrok tasvirlangan so`ratga nisbatan qiziqishni va ijobiy hissiyotli 
munosabatni uygotish;
- hayotiy vaziyatlarning aks ettirilishi.
Tovushlar talaffuzidagi kamchiliklar xususiyati bo`yicha biz quyidagi 
shakllarni belgiladik:
a) tovush yo`qligi; b) tovushning almashtirilishi; v) tovushlarning nutqda 
mustaxkam bo`lmasligi (bunda tovush ba’zi so`zlarda to`g’ri talaffuz etiladi, ba’zi 
so`zlarda esa boshqa tovushlarga almashtiriladi); g) tovushni buzib talaffuz etish.


30

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin