Kurs ishi fan


Bayon qilishning strukturali-semantik (ichki) turlanishidagi buzilishi



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/43
tarix29.04.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#104904
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   43
Bayon qilishning strukturali-semantik (ichki) turlanishidagi buzilishi 
ikki tur: alaliya va afaziya bilan ko`rsatiladi.  
1. Alaliya - bosh miya qobig’idagi nutq zonalarining bolaning ona 
kornidagi yoki ilk rivojlanish davrida organik shikastlanishi natijasida nutqning 
yo`q bo`lishi yoki rivojlanmay qolishi. Ma’nodoshlari: disfaziya, erta yoshda paydo 
bo`ladigan bolalar afaziyasirivojlanish afaziyasi, gunglik (eskirgan).
Nutqning eng murakkab nuqsonlaridan biri, bunda nutqiy bayonning paydo 
bo`lishi va uni kabul qilishning barcha bosqichlaridagi tanlash va rejalashtirish 
operasiyalari buzilgan bo`ladi. Uning natijasida bolaning nutqiy faoliyati 
rivojlanmay koladi. Nutq harakatlarini boshqarish buziladi, bu tovush chiqarish va 
so`zning bo`g’in tarkibiga o`z ta’sirini ko`rsatadi. Qanday nutq mexanizmlari 
shakllanmagani va ularning qaysi bosqichlari darajalari) ko`prok xastalanganiga 
bog’liq ravishda alaliyaning bir necha turlari uchraydi.


18
2. Afaziya - bosh miyaning muayyan joyi shikastlanishi bilan bog’liq holda 
nutqning to`liq yoki qisman yuqolishi. Ma’nodoshlari: nutqning buzilishi, yo`qolishi.  
Bola nutqining bosh miya jarohatlanishi, neyroinfeksiya yoki, miya shishi 
natijasida yo`qolishi nutqning shakllanib bo`lganidan so`ng yuz beradi. Agar bunday 
buzilish uch yoshdan so`ng sodir bo`lsa, unda bolalar afaziyasi deb nomlanadi. Agar 
buzilish kattaroq yoshda yuz bergan bo`lsa, unda afaziya haqida fikr yuritiladi.
Yozma nutqning buzilishi. Uning qaysi turi buzilganiga qarab ikki guruxga 
ajratiladi. Maxsuldor tur buzilganida yozuvning zaiflashuvi, reseptli yozma faoliyat 
buzilganida - o`qishning zaiflashuvi kayd qilinadi.
1. Disleksiya o`qish jarayonining qisman o`ziga xos buzilishi.
Harflarni idrok etish va tanishdagi qiyinchiliklarda; harflarni bo`g’inlarga qo`shish 
va bo`g’inlardan so`z tuzish borasidagi tutilishlarda (bu so`z shakllarini noto`g’ri 
talqin qilishga olib keladi); agrammatizmda va o`qiganlarini buzib tushunishda 
namoyon bo`ladi.
2. Disgrafiya - yozish jarayonining qisman o`ziga xos ravishda buzilishi.
Harfning optik-fazoviy obrazining turg’un emasligida, harflarning aralashib ketishi 
yoki tushib qolishida, so`zning so`z-bo`g’in tarkibini bayon qilish va gap qurilishida. 
namoyon bo`ladi. O`qitish davomida yozish jarayoni shakllanmagan xollarida 
agrafiya haqida fikr yuritiladi.
Bolalardagi yozish va o`qishning buzilishi bu jarayonlarni to`liq holda amalga 
oshirish uchun zarur bo`lgan bilim va kunikmalarni uzlashtirishdagi qiyinchiliklar 
orqali yuzaga keladi. Tadqiqotchilarning ma’lumotlariga ko`ra, bu qiyinchiliklar 
og’zaki nutqdagi nuqsonlar (optik shakllardan tashkari), tovush tahlili ishining 
shakllanmagani va ixtiyoriy diqqatning bekarorligi bilan bog’liq bo`ladi.
Bolalardagi yozish va o`qishning buzilishini yozish, o`qishdagi bilim va 
kunikmalarning yuqolishidan, shuningdek afaziya paytida yuzaga keladigan 
disleksiya (aleksiya) va disgrafiya (agrafiya) day ajrata bilmok lozim.
Shunday kilib, logopediyada nutq buzilishlarining 11 ta shakli ajratiladi, 
ulardan 9 tasi orzaki nutq natijasi va ishlab chiqarishning turli jarayonlaridagi 


19
buzilishlarni tashkil etadi. Qolgan 2 ta shakl esa yozma nutqning buzilish jarayoni 
bilan bog’liq holda ajratiladigan buzilishlarni uz ichiga oladi. Og’zaki nutqning 
buzilishlari orasida disfoniya (afoniya), taxilaliya, bradilaliya, duduqlanish, 

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin