Bayon qilishning strukturali-semantik (ichki) turlanishidagi buzilishi
ikki tur: alaliya va afaziya bilan ko`rsatiladi.
1. Alaliya - bosh miya qobig’idagi nutq zonalarining bolaning ona
kornidagi yoki ilk rivojlanish davrida organik shikastlanishi natijasida nutqning
yo`q bo`lishi yoki rivojlanmay qolishi. Ma’nodoshlari: disfaziya, erta yoshda paydo
bo`ladigan bolalar afaziyasi, rivojlanish afaziyasi, gunglik (eskirgan).
Nutqning eng murakkab nuqsonlaridan biri, bunda nutqiy bayonning paydo
bo`lishi va uni kabul qilishning barcha bosqichlaridagi tanlash va rejalashtirish
operasiyalari buzilgan bo`ladi. Uning natijasida bolaning nutqiy faoliyati
rivojlanmay koladi. Nutq harakatlarini boshqarish buziladi, bu tovush chiqarish va
so`zning bo`g’in tarkibiga o`z ta’sirini ko`rsatadi. Qanday nutq mexanizmlari
shakllanmagani va ularning qaysi bosqichlari darajalari) ko`prok xastalanganiga
bog’liq ravishda alaliyaning bir necha turlari uchraydi.
18
2. Afaziya - bosh miyaning muayyan joyi shikastlanishi bilan bog’liq holda
nutqning to`liq yoki qisman yuqolishi. Ma’nodoshlari: nutqning buzilishi, yo`qolishi.
Bola nutqining bosh miya jarohatlanishi, neyroinfeksiya yoki, miya shishi
natijasida yo`qolishi nutqning shakllanib bo`lganidan so`ng yuz beradi. Agar bunday
buzilish uch yoshdan so`ng sodir bo`lsa, unda bolalar afaziyasi deb nomlanadi. Agar
buzilish kattaroq yoshda yuz bergan bo`lsa, unda afaziya haqida fikr yuritiladi.
Yozma nutqning buzilishi. Uning qaysi turi buzilganiga qarab ikki guruxga
ajratiladi. Maxsuldor tur buzilganida yozuvning zaiflashuvi, reseptli yozma faoliyat
buzilganida - o`qishning zaiflashuvi kayd qilinadi.
1. Disleksiya - o`qish jarayonining qisman o`ziga xos buzilishi.
Harflarni idrok etish va tanishdagi qiyinchiliklarda; harflarni bo`g’inlarga qo`shish
va bo`g’inlardan so`z tuzish borasidagi tutilishlarda (bu so`z shakllarini noto`g’ri
talqin qilishga olib keladi); agrammatizmda va o`qiganlarini buzib tushunishda
namoyon bo`ladi.
2. Disgrafiya - yozish jarayonining qisman o`ziga xos ravishda buzilishi.
Harfning optik-fazoviy obrazining turg’un emasligida, harflarning aralashib ketishi
yoki tushib qolishida, so`zning so`z-bo`g’in tarkibini bayon qilish va gap qurilishida.
namoyon bo`ladi. O`qitish davomida yozish jarayoni shakllanmagan xollarida
agrafiya haqida fikr yuritiladi.
Bolalardagi yozish va o`qishning buzilishi bu jarayonlarni to`liq holda amalga
oshirish uchun zarur bo`lgan bilim va kunikmalarni uzlashtirishdagi qiyinchiliklar
orqali yuzaga keladi. Tadqiqotchilarning ma’lumotlariga ko`ra, bu qiyinchiliklar
og’zaki nutqdagi nuqsonlar (optik shakllardan tashkari), tovush tahlili ishining
shakllanmagani va ixtiyoriy diqqatning bekarorligi bilan bog’liq bo`ladi.
Bolalardagi yozish va o`qishning buzilishini yozish, o`qishdagi bilim va
kunikmalarning yuqolishidan, shuningdek afaziya paytida yuzaga keladigan
disleksiya (aleksiya) va disgrafiya (agrafiya) day ajrata bilmok lozim.
Shunday kilib, logopediyada nutq buzilishlarining 11 ta shakli ajratiladi,
ulardan 9 tasi orzaki nutq natijasi va ishlab chiqarishning turli jarayonlaridagi
19
buzilishlarni tashkil etadi. Qolgan 2 ta shakl esa yozma nutqning buzilish jarayoni
bilan bog’liq holda ajratiladigan buzilishlarni uz ichiga oladi. Og’zaki nutqning
buzilishlari orasida disfoniya (afoniya), taxilaliya, bradilaliya, duduqlanish,
Dostları ilə paylaş: |