15
2.
Bradilaliya -
nutqning patologik sekinlashgan sur’ati.
Ma’nodoshi:
bradifraziya.
Artikulyar nutq dasturining sekinlashgan ishlab chiqarishda namoyon bo`ladi,
markaziy bog’langan va uz tabiatiga ko`ra organik yoki funksional bo`lishi mumkin.
3.
Taxilaliya - Nutqning patologik tezlashgan sur’ati.
Ma’nodoshi:
taxifraziya.
Artikulyar nutq dasturining tezlashgan holda amalga oshirilishida namoyon
bo`ladi, uz tabiatiga ko`ra, markaziy bog’langan, organik yoki funksional
hisoblanadi.
Sekinlashgan sur’atdagi nutq cho`zik tortilgan, bir oxangda bo`ladi.
Tezlashgan sur’atda - shoshilinch, intiluvchan, shiddatli ekanligi ko`zga tashlanadi.
Nutqning tezlashuvi agromatizmlar bilan birga sodir bo`lishi mumkin. Bunday
xolatlar ayrim paytlarda battarizm, parafraziya atamalari bilan ataluvchi mustaqil
buzilishlar sifatida ajratiladi. Patologik tezlashgan nutqning asoslanmagan
bo`linishlar, tutilish, to`xtab qolishlar bilan uchraydigan xollarda u poltern atamasi
bilan ataladi. Bradilaliya va taxilaliya-nutq sur’atining buzilishi degan umumiy nomi
ostida birlashadi nutq sur’atining buzilishi-nutq jarayonining ravonligi, nutqning
oxang va melodik-intonasion ifodaliligining buzilishi oqibati hisoblanadi.
4.
Dostları ilə paylaş: