11
shivirlovchi, sirg’aluvchi (
s, z,
sh, j, ch) va sonor
(r, l), til orqa (
k, g) tovushlarini
talaffuzini egallashda qiynaladilar. Shuning uchun bolalar bu tovushlarni nutqda
noto`g’ri qo`llaydilar yoki talaffuz etmaydilar.
Bu davrda lug’at boyligining o`sishi davom etadi. Bolaning 4-6 yoshida
uning aktiv lug’ati 3000-4000 ta so`zgacha etadi. Lug’at boyligi o`sib borishi bilan
birgalikda nutqning grammatik tomoni ham rivojlanib boradi.
Bola hayotining 4 - yiliga kelib, ular o`z nutqlarida sodda va murakkab
gaplarni qo`llay boshlaydilar. 5 yoshga kelib esa, qo`shma gaplardan erkin foydalana
oladilar. 5 yoshli bolalar qo`shimcha savollarsiz hikoya va ertaklarni aytib berish
qobiliyatiga ega bo`ladilar.
Bu davrda fonematik idrok sezilarli darajada rivojlanadi. Bola avval unli va
undoshlarni, so`ng sonor, shovqinli va sirg’aluvchi tovushlarni ajrata boshlaydi.
Normada 4 yoshli bola barcha tovushlarni ajrata olishi, unda fonematik idrok
shakllangan bo`lishi lozim. Bu vaqtga kelib tovushlarni to`g’ri talaffuzining
shakllanishi tugallanadi va bola har tomonlama to`g’ri, aniq gapiradi.
Dostları ilə paylaş: