10
2 oylik atrofida gu-gulash, 3-oyning boshida bo`g’inlarning talaffuzi paydo
bo`ladi
(aga-aga, ta-ta, ba-ba va boshqalar). Bunda
tovushlar birikmasi aniq
artikulyasiya qilinmaydi.
Bola 5 oyligida tovushlarni eshitadi. Atrofdagilarning lablari artikulyasion
harakatini ko`rib unga taqlid qilishga harakat qiladi. Bolaning qandaydir aniq
harakatlarni
ko`p marotaba takrorlashi harakat
ko`nikmasining
mustahkamlanishiga olib keladi.
6 oyligidan boshlab bola taqlid qilish orqali ba’zi bo`g’inlarni talaffuz eta
boshlaydi (
na-na-na, be-be-be, da-da-da, pa-pa-pa va boshqalar).
Ikkinchi yarim yillikda bola ba’zi bir tovushlar
birikmasini idrok qila
boshlaydi va ularni predmetlar yoki harakatlar bilan bog’laydi
(bu, ma, bey).
Bola 7-9 oyligida kattalar ketidan turli xil bo`g’inlarni qaytara boshlaydi.
10-11 oyligida so`zlarning o`ziga reaksiya paydo bo`la boshlaydi (vaziyat
va gapirayotgan kishining intonasiyasidan qat’i nazar).
Dostları ilə paylaş: