43
avgust oylarida o`tilgan materialni mustahkamlash bo`yicha
yakka tartibdagi
tuzatish ishlari o`tkaziladi.
Mashg’ulotlar soni logoped tomonidan bolalar kontingentini va ularning
harakatlanish dinamikasini hisobga olgan holda belgilanadi. Talaffuz va fonematik
idrokni shakllantirish va nutq o`stirish Talaffuzni shakllantirish.
Bu bo`lim bo`yicha asosiy tuzatish ishlari quyidagilardan iborat:
-
talaffuz jihatdan aniq farq qiladigan,
bir- biriga qarama - qarshi
qo`yiladigan fonemalarni shakllantirish;
-
bo`g’inlar murakkabligiga ko`ra turlicha so`zlarni talaffuz qilishga
o`rgatish; egallangan mustaqil nutq malakalaridan erkin foydalanishga o`rgatish;
Qo`yilgan vazifalarni bajarish uchun birinchi navbatda maxsus logopedik
usullar yordamida tovushlar talaffuzidagi nuqsonlar
tuzatiladi va nutqda bor
tovushlar aniqlashtiriladi. To`g’ri artiko`lyasiya malakalarini shakllantirish
qo`yilgan vazifalarni muvaffakiyatli xal qilishning asosiy shartlaridan biridir.
Fonematik idrokni va eshitish xotirasini rivojlantirishga maxsus vaqt ajratiladi:
bolalar nutqni tinglashga, nutqning ayrim tovush elementlarini
farqlash va esga
tushirishga, eshitib idrok qilingan materialni eslab qolishga, o`zlarining va boshqalar
nutqining jaranglashini taqqoslashga o`rganadilar.
Artikulyasion malakalar va fonematik idrokni rivojlantirish nutqning tovush
tarkibini analiz va sintez qilishni rivojlantirish bilan bir vaqtda olib boriladi.
So`zning tovush tarkibini analiz va sintez qilishni ko`zda tutuvchi mashqlar
fonemalar tuzish jarayonini normallashtirishga yordam beradi va bolalarni savodni
o`zlashtirishga tayyorlaydi.
Tuzatuvchi ta’limning barcha davrlarida tovushlarni to`g’ri
talaffuz qilishni
mustaxkamlash diksiyani rivojlantirish, tovush tarkibiga ko`ra murakkab so`zlarni
talaffuz qilishdagi qiyinchiliklarni bartaraf qilish ishi bilan qo`shib olib boriladi.
O`rganilayotgan tovushlarni va tovush-bo`rin tarkibiga ko`ra turlicha so`zlarni
to`g’ri talaffuz qilishni mustahkamlash bosqichida tuzatuvchi mashqlar materiali
44
nutqning leksik va grammatik birliklarini bir vaqtda rivojlantirishni nazarda tutgan
xolda tanlanadi.
Talaffuzni shakllantirish ishi yakka tartibdagi (guruhli va frontal)
mashg’ulotlarda amalga oshiriladi. Bo`lim bo`yicha tuzatuvchi ta’limning vazifalari
bolalarda til doirasida kuzatish va umumlashtirish qobiliyatini rivojlantirish,
o`zlashtirilgan leksik va grammatik materialni bog’langan
nutqning turli
ko`rinishlarida amaliy qo`llash malakasini kengaytirishdan iboratdir.
Leksik-grammatik mashqlar bolalar tomonidan to`g’ri talaffuz qilinadigan
material asosida o`tkaziladi, bu materialning tovush tarkibiga mustahkamlash
bosqichidagi to`g’rilangan tovushlar kiradi. So`zning asosiy qismini eshitish, ajratish
va to`g’ri talaffuz qila bilish tilni
kuzatishni rivojlantiradi, keyinchalik nutqni
mustaqil takomillashtirish uchun sharoit yaratadi.
Bolalar lug’atini boyitish va aniqlashtirish bo`yicha asosiy ishni tarbiyachi olib
boradi. Nutq o`stirish bo`yicha ishni logoped davom ettiradi va faoliyatini
chuqurlashtirib boradi, bunda u o`z oldiga quyidagi:
-
bolalar lug’atini kengaytirish;
-
ularning diqqatini so`zlarning ma’nosiga va so`z tuzishning ba’zi usullariga
jalb etish;
-
bor lug’atini tahlil qilish kabi vazifalarni qo`yadi.
Eshituv diqqatini rivojlantirish.
Dostları ilə paylaş: