46
Logopedik faoliyatni tashkil etish.
Maktabgacha ta’lim muassasalarining logoped - tarbiyachilari ta’lim tizimini
isloh qilishda etakchi kuchlardan hisoblanadi. Ta’lim earayonida kutilgan natijaga
esa o`zaro nazariy va Amaliy hamkorlikni kuchaytirish bilan erishiladi.
Ma’lumki, maxsus MTM pedagog xodimlarining
asosiy vazifasi korreksion
ta’lim orqali bolalarning nutqiy kamchiliklarini to`liq yoki qisman bartarf qilib,
ularni umumiy o`rta ta’lim yoki maxsus maktab ta’limiga tayyorlashdan iboratdir.
Korreksion ta’lim muvaffaqiyatidagi nutqiy kamchilik,
uning turi, og’irlik
darajasini to`g’ri va o`z vaqtida aniqlash hamda bartarf etish, tegishli
mashg’ulotlarni barvaqt boshlashga bog’liq.Bu jarayonga logoped –
tarbiyachilar
ham yangicha yondoshib, samarali izlanib ishlashlari maqsadga muvofiqdir.
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar jismonan, ma’nan va ruhan rivojlanib, shaxs
sifatida shakllanishlari uchun zamonaviy ta’lim va tarbiyaning eng sinalgan
usullarini amalda joriy etish zarur.
Bu dunyoda har bir inson betakror – o`z qobiliyati va fikrlash tarziga ega.
Muammoga individual yondoshish ta’lim – tarbiya har tomonlama rivojlanishi va
emotsional to`liqlikni ta’minlaydi. Natijada bolaning individual qobiliyati, ruhiyati
va xulqi shakllanib boradi. Nutqiy kamchiligi bo`lgan
bolalar bilan ishlash uchun
logoped – tarbiyachilar avvalo o`z xonalarini hozirgi davr talabi asosida jihozlashlari
kerak. Logoped xonasi toza, saranjom – sarishta, barcha qulayliklarga ega bo`lishi,
bola unda qiziqarli o`yinlar bilan shug’ullanishi uchun imkon topishi kerak. Ana
shunda barcha mashg’ulotlarni noan’anaviy va qiziqarli o`tkazish uchun sharoit
tug’iladi. Predmetli – rivojlantiruvchi muhit faqat guruxlar bilan birga,
logoped
xonasida ham vujudga keltirsa, bolalar yanada rag’batlanadi. Ular mustaqil ravishda
stellaj, devorda osilgan cho`ntakchali gilam – uycha, daraxt va boshqa xohlagan
o`yinchoqlar yordamida “Kuz”, “Oila”, “Maktab” mavzularida o`yin uyushtiradilar,
kiyimlarini modellashtirib, turli gullardan guldastalar tuzadilar.
Ijod muhitini kuchaytirish maqsadida esa har xil,
jumladan, “Kim ko`p “
m”
tovushiga predmetli rasm chizadi? ” mavzusida tanlov o`tkaziladi hamda unda
47
qatnashuvchilar uchun zarur shart – sharoitlar yaratib beriladi. Tanlovda g’olib
chiqqanlar rasmi “Haftamiz yulduzlari” nomli stendida joylashtirilishi barchaga
rag’bat bag’ishlaydi.
Predmetli – rivojlantiruvchi muhit doimo yangilanib
turilishi va bolalar bu
o`zgarishni sezishlari lozim. Masalan, “Bilmasvoy olib kelgan konvertni ochingda,
yozuvdan tushib qolgan harfni joy – joyiga qo`yib o`qing yoki so`z boshidagi
tovushni so`z oxiridagi tovushga qo`shib, so`zni o`qing ”, deb topshiriq beriladi.
Yerga to`shalgan gilimcha relaksiya (mushuklarni bo`shashtirish) orqali turli
o`yinlar o`ynashga yordam beradi. Kerak bo`lsa, magnitli tasmada yozilgan yomg’ir
yog’ishi, qushlar ovozi va hakozolardan ham foydalanish lozim.
Dostları ilə paylaş: