Kurs ishi fan



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/43
tarix29.04.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#104904
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   43
So`zlashishni o`rganamiz  
«O`g’lim olti oylik bo`ldi. Negadir buvisining u bilan qilgan muomalasi menga 
unchalik yoqmayapti. O`zim esa hali yosh bo`lganim uchun bola tarbiyalashda 
tajribam yo`q. Menga maslahat bersangiz, bolaning tili tezroq chiqishi va hech bir 
kamchiliklarsiz gapirishi uchun u bilan qanday muomalada bo`lishim kerak?
Ko`krak suti emadigan bolalar og’zingizdan chiqayotgan tovushlarni, ularning 
talaffuzini juda yaxshi qabul qiladi va o`zlashtirib oladi. Unga bolalar qo`shiqlaridan 
kuylab bering, ertaklar aytib bering. Sokin va tantanavor, tinchlantiruvchi va yurak 
o`ynatadigan, past va baland ovozlarda ayting, albatta, ma’nosidan kelib chiqib. Va, 
albatta, bola sizning gapirayotganingizdagi qosh, ko`z harakatlaringizni, so`zlarni 
talaffuz qilayotganda og’zingiz qanday qimirlashini ko`rishi shart.
Siz uchun juda mas’uliyatli topshiriq: bola bilan gaplashganda shunchaki emas, 
kattalar bilan qilinadigan madaniyatli muomalangizni qilishga odatlaning.
So`zlarni, harflarni o`z o`rnida qo`llashga, to`g’ri talaffuz qilishga harakat 
qiling. Unutmang, bola o`z ona tilidagi so`zlarga qo`yilayotgan urg’ularni, fonetik 
qoidalarni bir yoshgacha bo`lgan davrda o`rganadi va juda uzoq vaqt xotirasida 
saqlab qoladi. Agar bu davrda u bilan tilingizni burab (ya’ni bolaga taqlid qilib) 
gaplashsangiz yoki bari-bir tushunmaydi, deb o`ylab, jimlik bilan parvarish 
qilsangiz, bolangiz maktabga bora boshlaganida muammolar tug’ilishi mumkin. 
Gapirganda tutilish, tez-tez nafas olish, keraksiz tovushlar chiqarishlar, o`z fikrini 
ifodalab berishga xalal beradi va bu uning o`qishiga jiddiy ta’sir ko`rsatishi mumkin.
Kuzatishlarga qaraganda, ko`krak suti emib katta bo`lgan bolalarning nutqi 
sun’iy sut bilan parvarishlangan bolalarnikiga nisbatan ertaroq rivojlanadi. Bundan 
tashqari bolaning ongi, tili yaxshi rivojlanishi uning to`g’ri ovqatlanishiga, ya’ni har 


65
kuni nimalar eyishiga ham bog’liq. Bu borada esa bolalar asab kasalliklari shifokori 
va logoped bilan maslahatlashish zarur.
Darvoqe, shifokorlarning «Bolangiz birinchi marta necha yoshida yoki necha 
oyligida gapirgan?» degan savoliga javob topish ham oson emas. Mabodo ularga 
kechroq murojaat qilib shunday savolga duch kelib qolsangiz, bolangizning biror 
so`zni o`zi tushungan holda talaffuz qilgan kunni belgilab qo`ying. Qandaydir 
bo`g’inlar yoki so`zlarni bilib-bilmay talaffuz qilganida, bu hali uning tili chiqqani 
emas. Yoki boladan o`zingiz kabi to`liq gapirishni kutib, hali gapirishni bilmaydi, 
degan javobni bermang. Deylik, u sizdan «buv bey», ya’ni «suv ber» deya so`radimi, 
mana shu kun bolangizning tili chiqqan kuni hisoblanadi.
Eng muhimi, agar siz bolangizning nutqi hech bir kamchiliklarsiz rivojlansin, 
desangiz, bo`lajak notiq bilan notiqlarcha muomalada bo`ling
1
».
Tomishmoqlar aytish, eshitish hamisha maktabgacha ta’lim yoshidagi 
kichkintoylarning ezgu niyatlari bilan hamohang bo`lgan. Xar bir topilishi kerak 
bo`lgan jumboq - bu davr bolalarini ham o`ylashga, fikr yuritishga, o`zlariga xos 
yo`sinda izlanishga, sezgir, jiddiy, topqir bo`lishga nisbatan mayllarini uyg’otgan. 
Chunki ko`p predmetli topishmoqlar bog’cha bolalari uchun yanada qiziqarli 
bo`lgan. Bu holni butun mamlakatimiz bo`ylab bolalariga, nabiralariga, qo`shni 
bolakaylarga alla-qo`shiq, ertak, maqol, topishmoq aytib berib yurgan ota-onalar, 
buvi-bobolar, mahalla ertakchilari huzurida bo`lganimizda aniq sezdik. Bu ish 
o`zo`zidan yoki birdaniga ko`ngildagidek chiqmaydi. Tinimsiz izlanish, 
bolakaylarni qiziqtirish, ularni topqirlikda bir-birlariga o`rnak, ibrat qilib ko`rsatish 
tufayli erishiladi. Takrorlash, takrorlashlardan keyin bola jumboqlarni echishga, bu 
haqda o`ylashga havasi keladigan bo`ladi. Bu erda shu narsani ham ta’kidlab o`tish 
lozimki, bolalarga aytib beriladigan topishmoqlarning mavzusi yoshlarning yoshiga, 
qiziqishlariga yaqin bo`lsa yana nur ustiga a’lo nur bo`ladi.
Bolalarda uchraydigan nutq nuqsonlarini bartaraf etishda biz ertak, topishmoq, 
tez aytish, maqollardan unumli foydalansak maqsadga muvofiq bo`ladi. Shubhasiz, 
1
«Туркистон» газетаси, 2005 йил, 10 август.


66
ular bolalarga xushkayfiyat va tetiklik bag’ishlaydi. Logopedik mashg’ulotlar va 
o`yinlarda tez aytish, topishmoq va she’rlardan keng foydalanish natijasida, 
bolalarning nutqi o`sadi, shu bilan birga nutqning ravon bo`lishida, to`g’ri ohangning 
shakllanishida katta ahamiyatga ega. Milliy adabiyotimiz namunalari bo`lishi 
sanama, chorlashma, qiqillama, aytishuv, cheklashmachoq, aytishma o`yin va 
yarashtirgich kabi xalq og’zaki ijodi, nafaqat bolaning nutqini o`stirishda, balki 
ularni milliy ruhda tarbiyalash, milliy qadriyatlarimizni hurmat qilish va 
vatanparvarlik hissini uyg’otishda asosiy omil bo`lib xizmat qiladi. Quyida biz, 
o`zbek tilimizning xususiyatlaridan kelib chiqib, (bolalarni to`g’ri talaffuzga 
o`rgatishda logopedik o`yinlardan foydalanish yo`llarini takomillashtirish borasida 
boy adabiy merosimizdan namunalar keltiramiz.

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin