Kurs ishi fan



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/43
tarix29.04.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#104904
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   43
TEZ AYTIShLAR.  
Tubsiz dengiz dengizmi?
Dengiz tengsiz dedingizmi?
Novvoy non yopar,
Nonni novvot deb sotar.
G’ani g’ildirakni g’izillatib g’ildiratdi,
G’ildirakni G’ani g’ildiratib g’izillatdi.
Qo`sh qo`lqop
Qo`shog’i ham bo`sh qulqop
Qurilishda burilish, Burilishda 
qurilish.
Olma shoxida olmaxon,
Olmaxonni olma Olimaxon.


67
SANAMALAR  
Dadamu oyim,
Bor ikkita singlim
Bohodir Dildor,
Bog’chaga ketar,
Sanab ko`r chavdon,
Bizlar necha jon,
Hil-hil pishib Oq 
shaftoli,
Shoxda turar,
Toq shaftoli
Usmon to`rtta ebdi kecha.
Oyim menga
Berdi beshta.
Qani top-chi, Bari 
nechta?
ChORLAShMALAR  
Tokchaga bug’doy sepuvdim,
Undimikin-o, undimikin,
Mashrabboy uydan chiqmaydi, Yotdimikan-o, 
yotdimikan?
Tomda tovuq yotarmi,
Oyog’ingdan tortarmi?
O`yin yoqmas bolalar
Nomozshomda qotarmi?
Bizlar o`ynayapmiz, Davra 
qurayapmiz.
Davraga kelinglar,


68
Sizlar ham qo`shilinglar,
Bu davrani qurgan
Gulnorani ko`ringlar.
AYTIShUVLAR  
«Ashula, shula-shula»,
- Ashula shula-shula, - Chinni tovoqda shovla,
- Shovlani kimga berding?
- Katta xolamga berdim.
- Xolang nima tug’ibdi?
- Egizaklar tug’ibdi - Otini nima qo`yibdi?
- Tohir, Zuhra qo`yibdi.
ChEKLAShMAChOQLAR.  
- Ona, ona, kim ona?
- Men ona (biz ona).
- Sizga osmondagi oy kerakmi?
Kishnab turgan toy kerakmi? Kishnab 
turgan toy menman.
O`t, bizdan ekansan!
Biz ikki gulu-lola,
Kimga gul, kimga lola?
Kimga olma, kimga nok?
Kimga ot, kimga arava?
Kimga oftob, kimga yulduz?
Daraxtmi, gul? Olchami, gilos?
TOPIShMOQLAR.  
Bir parcha patir. Olamga tatir
(Oy)
To`rtdir uning oyog’i,
Temir mixli tuyog’i,
Manzilga etishtirar,


69
Toshdan qattiq tuyog’i.
(Ot)
Kelib og’zin ochar, tishlab qochar.
(Ombir)
G’it-g’it deydi, ishlaydi, Yerga 
kukun tashlaydi.
(Arra)
Ish jarayonida xalq ohzaki ijodidan namunali foydalansak, biz bolalarda 
uchraydigan nuqsonlarni bartaraf etishimiz yanada qulay kechadi. Logopedik 
mashg’ulotning farqlash (differensasiya) va mustahkamlash (avtomatizasiya) 
davrlarida bolalarga ular talaffuz va nutq kamchiliklari turlariga qarab tez 
aytishlardan, topishmoqlardan, kundalik bola hayotida tanish sanama va 
aytishmachoqlarni o`rgatib borsak, maqsadimizga erishamiz.

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin