70
bo`yicha o`zgartira olishni, ovoz diapazoni qanchalik keng ekanligini aniqlash
uchun
muhimdir.
Tadqiqot uchun jihozlar: tovushlar, taqlid so`zlar, hayvon va ularning bolalari
tasvirlangan predmetli rasmlar.
1. Turli xil balandlikdagi ovoz bilan talaffuz qilingan ayrim tovush va taqlid
so`zlarni idrok etilishini tadqiq etish.
Jarayonning borishi: Bolaga turli xil balandlikdagi tovush yoki taqlid so`zlarni
eshitish va eshitganlarini, ularning bolasi tasvirlangan rasm yoki turli xil kattalikdagi
predmet bilan bog’lash, moslash tavsiya etiladi. Bolaga oldindan qonun-qoidalari
tushuntiriladi. Masalan, itning ovozi "yo`g’on", ya’ni past, kuchuk bolasining ovozi
esa "ingichka", ya’ni jarangdordir.
Ko`rsatma: "Eshit va qaysi hayvon qanday ovoz chikarishini ko`rsat (ayt).
DUD - katta (past) ovoz DUD - kichik (jarangdor) kema
O -
O -
MO` - sigir
MU - buzoqcha
VOV - it
VOV - kuchuk bolasi
MYaU-mushuk
MYaU - mushuk bolasi
2.
Ayrim tovush va taqlid so`zlarni baland va past ovoz bilan talaffuz qilish.
Ko`rsatma: "Qani katta kema, samolyot va X-K., Hamda
ularning kichkinasi
qanday ovoz chikarishini, hayvonlar va ularning bolalari qanday ovoz chikarishlarini
ko`rsat".
VOV - it
VO V - kuchuk bolasi
MU -
sigir MU - buzoqcha
MYaU - mushuk
MYaU - mushuk bolasi
DUD - katta kema DUD - kichik kema A ayiq, A -ayiq; bolasi
3.
Unli tovushlarni talaffuzda ularning grafik tasviri yoki qo`l harakatiga
tayanib ovozni balandlatish va pastlatishni amalga oshirish.
yuqoriga - ovozni balandlatish; pastga
- ovozni pastlatish.
71
1-ko`rsatma: "Sen oyoqlaring bilan emas, balki ovozing bilan zinapoyalardan
yuqoriga, keyin esa Yana ovoz bilan zinapoyalardan pastga tushishga harakat qilib
kur. Ovoz zinapoyalardan yuqoriga ko`tarilayotganda, u balandlashadi va
ingichkalashadi. Ovoz zinapoyalardan
pastga tushayotganda esa, u pasaya
boshlaydi. Avval A tovushi, keyin esa O, U tovushlari Bilan talaffuz qilamiz.
,
2-ko`rsatma:
"Qo`g’irchoq
chaqaloqni alalab ko`rsat"., A A A A A
Soat qanday yurishini ko`rsat .
ChIQ tebratishlarini chiq, chiq, chiq, chiq;
\ / \ / \ / „,,~ - din
Qo`ng’iroq qanday jaranglashini \ / \ / ko`rsat".
din din
Din, Dilin, din, Dilin
Eslatma: Ovoz balandlashayotganini yoki pasayayotganini ko`rsatish uchun
logoped qo`lining harakati bilan faol ravishda yordamlashadi.
Baxolash mezonlari:
4-ball - topshiriq ovozning etarli modulyasiyasi bilan bajarilganda qo`yiladi;
3-ball - topshiriq ovoz modulyasiyasi unchalik etarli bo`lmagan xolatda
bajarilganda qo`yiladi;
2-ball - topshiriq ovoz balandligini o`zgartirmagan xolda bajariladi,
biroq
topshiriq turli usullarda bajartirilsa, ovoz balandligi o`zgarishiga erishish mumkin;
1-ball - topshiriq ovoz balandligini o`zgartirmagan xolda bajariladi, biroq
topshiriq turli usullarda bajartirilsa ham ovoz balandligi o`zgarmaydi; 0-ball -
topshiriq bajarilmaydi.
Ushbu ovoz modulyasiyasini baland-pastligi bo`yicha tadqiq etish yo`li orqali
nafaqat maktabgacha yoshdagi dizartrik bolalarni balki
boshqa nutq nuqsonlariga
72
ega bo`lgan bolalarda ham qo`llaniladi. Bu metodika orqali ovoz kamchiligini
bartaraf etiladi va rivojlantirishga xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: