Kurs ishi fan


Nutq nuqsonlarini bartarf etishda xalq og’zaki ijodidan foydalanish



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/43
tarix29.04.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#104904
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   43
2.3. Nutq nuqsonlarini bartarf etishda xalq og’zaki ijodidan foydalanish.  
Hayot shunday hamma narsa zamon, davr bilan bog’liq bo`ladi. Xalq 
og’zaki ijodimi, yozuvchilar tomonidan yaratilgan badiiy asarlarmi bari bir 
zamonga, davrga xizmat qiladi. Xalq poetik asarlarni o`qib, o`z hayot yo`lini to`g’ri, 
noto`g’ri ekanligini bilib, suyanib, xulosa chiqarib yashaydi, yutuqlardan quvonadi, 
kamchiliklardan azob chekadi. Bu hol ko`proq yosh avlodda ko`rinadi. O`rta Osiyo 


59
xalqlarining eng qadimgi namunalari bazi tarixiy yodgorliklar, ilmiy asar va 
yodnomalardagina saqlanib qolgan. Eng qadimgi folpklyor asarlari miflar, jangnoma 
tipidagi afsonalar qaxramonlik va paxlavonlik eposlari, qo`shiq va maqolalardan 
tashkil topgan.
Kishi dunyoga mukammal inson bo`lib kelmaydi. U tug’iliboq ertak yoki 
dostonlardagi qahramonlardek aqlli, dono, bilimdon bo`lib qolmaydi. Inson tevarak 
atrofdagi narsa va hodisalarga, odamlar orasida, tabiatning go`zal qo`ynida, 
hayvonot dunyosi, parranda-yu hashoratlar, turli-tuman voqea-hodisalar qurshovida, 
ular bilan muloqotda bo`ladi, o`sib ulg’ayadi va kamol topadi. Yaxshilardan ibrat 
oladi, yomonlardan nafratlanadi. Shuning uchun inson yaxshilik, ezgulik sari 
intiladi. Bu intilishlarni bola ilk va kichik yoshligidan boshlab o`ziga o`zlashtirishga 
intiladi.
Maktabgacha kichik yoshdagi bolalar ko`ngil ochishni, ermakni hohlaydilar. 
Chunki bu narsalar ular xayoti davomida tabiiy vosita bo`lib xizmat qiladi. 
Maktabgacha kichik yoshdagi bolalar hamma narsani o`yin va so`zlar orqali 
o`zlashtiradilar. Tarbiyachi bolalar bilan muloqot qilganida ularga o`z ona tillarining 
har tomonini ya’ni nozik taraflarini ham o`rgatib boradi. Chunki so`z orqali bola 
hayoti borasida muloqot qiladi, fikrlash doirasi kengayadi va tili ravon, aniq 
so`zlashga moslashib boradi. Maktabgacha kichik yoshdagi bolalar so`z, ibora va 
gaplarni qiziqib o`rganadilar hamda osongina eslab qoladilar. Bu yoshdagi 
bolalarning xotirasi endi shakllanib borayotgan paytda bunday mashg’ulotlar 
ularning xayotiga yo`l ochib beradi. Kichik yoshdagi bolalarga tarbiyachi so`zlarni 
o`rgatayotganida o`yinlar orqali murojaat qilish ayni muddao hisoblanadi. O`yin 
orqali bola o`zining lug’at boyligini kengaytirib to`playdi. Lekin kichik yoshdagi 
hamma bolalar ham o`rganayotgan so`zlarning ma’nosini to`g’ri tushunmaydilar. 
Ularni tushuntirish ota-onalar bilan tarbiyachining vazifasiga kiradi.
Maktabgacha kichik yoshdagi bolalar uchun sodda va qiziqarli o`yinlar, tez 
aytishlar, ertaklar aytib berish yoki suratlarga qarab ertak o`ylab topish, she’r va 
ashulalarni yod olish ham katta samara beradi. Tarbiyachi o`z mashg’ulotlarini 


60
shunday o`tish kerak-ki, bolaning o`z tasavvur olamlarida bu narsalarni xayolan 
hosil qilishlari kerak. Kichik yoshdagi bolalar uchun chiqarilgan ertak kitoblar turli-
tuman rangli va qiziqarli suratlarga boy bo`lishi darkor. Bunday kitoblarni ko`rgan 
har qanday bolaning adabiyotga qiziqishi ortadi hamda talab ham kuchayadi. Bolalar 
uchun yaratilgan kitoblarda atrofimizdagi bizni o`rab turgan yashil va jumboqli 
tabiatni asrab-avaylashga, hayovonot dunyosini bilishga va sevishga, murg’ak 
qalblarini mehrga to`ldiradi, onglarini rivojlantiradi. Shular asosida bolaning lug’at 
boyligi ortadi va nutqini o`stiradi.
Qiziqarli ertak va hikoyalar bolaga yaxshi ta’sir qiladi va yaxshi-yomonni 
farqlashga o`rgatadi. Yod olingan kichik xajmdagi she’r va qo`shiqlar bolaning 
nutqini ravon, aniq va sodda qilib ifoda etishni shakllantiradi. Tarbiyai bolalarda 
tabiatga mehr uyg’otishda daraxtlar qushlar yoki boshqa narsalar haqidagi kichik 
xajmdagi she’rlarni yod oldirishi va ularning mazmunini tushuntirishlari maqsadga 
muvofiqdir. Qushlarning insonlarga foyda keltirishi shu kichik she’r orqali 
ifodalanganini aytish zarur. She’rni yoki qo`shiqni aytishdan oldin ular haqidagi 
rangli rasmlarni ko`rsatib o`tish va suhbatlashish shart. Shundagina bolaning 
tasavvuri, hayolot olami kengayib boradi.
Maktabgacha kichik yoshdagi bolalarning og’zaki nutqini rivojlantirish yoki 
o`stirishda ertak, afsona, dostonlarning roli katta. Bunday asarlarda so`zlar aniq, 
sermazmun, to`g’ri, jumlasi sodda va bola xotirasiga qabu qila olishiga 
mo`ljallangan qilib yoziladi. Tarbiyachi nutq o`stirish mashg’ulotlarida shunday 
adabiyotlardan foydalanishlari darkor. Hozirgi chop etilayotgan deyarli barcha 
kitoblar bolaning qanday yoshda ekanligini hisobga olgan holda tuzilgan hamda 
ertakning mazmunini tushunishga yordam berish bilan birga nutq madaniyatining 
tarkib topishida ham o`z ta’sirini ko`rsatadi.
Maktabgacha kichik yoshdagi bolalarning nutqini o`stirish yuzasidan xalq 
tomonidan yaratilgan maqollar, topishmoqlar, tez aytishlarni tarbiyachi o`z 
mashg’uloti orqali bolaga etkazadi. Tarbiyachining o`zi ham qanday mashg’ulot 


61
o`tishidan qat’iy nazar aniq, ravon, ifodali, sodda va bola tushunadigan ohangda 
so`zlashi darkor.
O`yinlar orqali bolaning xotirasida yaxshi ta’ssurot qoldirish mumkin. 
Bunday mashg’ulotlarni o`tishda tarbiyachining bilim va mahoratiga ham bog’liq.
O`yinni ham boshidan oxirigacha tarbiyachi so`zlarini to`g’ri va ravon qilib 
so`zlaydi. Bola o`zining tilida emas balki kattalarga taqlid qilgan holda muloqot 
qilishga harakat qiladi. Og’zaki nutqi rivojlangan bolakay o`z fikrini ham to`g’ri 
ifodalay oladi. Nutqining boy, sermazmun bo`lishidagi asosiy shartlaridan biri 
aytilgan so`zning to`g’ri talaffuz qilishidir. Agar bolakay so`zlardagi ba’zi xarflarni 
ayta olmasa bunday bola bilan maxsus mutaxassis (logoped, defektolog) 
shug’ullanishi zarur. Masalan sh, r, j, yo, ch, z, g’, s, q harflarni to`g’ri talaffuz eta 
olmaslik. Tarbiyai bunday hollarga befarq qaramasligi kerak. Aksincha tarbiyachi 
mashg’ulot davomida og’zaki nutqida kamchiligi uchraydigan bolalarning xatosini 
bartaraf etish va ota-onasi bilan birga yaqindan yondashib ishlashi zarur.
Tarbiyachi mashg’ulotdan tashqari muomala qilganida ham o`z so`zlariga 
katta e’tibor qaratgan holda gaplashishi kerak. Mashg’ulotlardan tashqari sayr 
vaqtida, didaktik o`yinlar o`ynayotgan paytda bola bilan yakka tartibda ishlashga 
to`g’ri keladi. So`zlarni bo`g’inlarga bo`lib yoki tovushning baland-pastligiga, agar 
parranda yoki hayvonlarning nomlarini aytishga qiynalsa ularning ovozlariga taqlid 
qilish, takror-takror mashq bajartirishga e’tibor qaratib ish olib boradi va yaxshi 
samara beradi.
Tarbiyachi ertak yoki hikoya o`qiyotganida asarning badiiyligini ham 
inobatga olish darkor. Chunki O`zbekiston xalqi ko`p millatli xalq hisoblanadi va 
turli xalq vakillarining bolalari maktabgacha ta’lim muassasalarida (maktab, kollej, 
lisey va oliygohlarda) tarbiyalanadilar, bilim oladilar. Boshqa millat bolalarining 
ham davlat tili bo`lgan o`zbek tilini egallashlariga harakat qilishi, tilimizga 
muxabbat uyg’otishi zarur.
Nutqni rivojlantirish uchun tarbiyachi tez aytishlarni turli xil ovoz 
balandliklarida, turli sur’atlarda talaffuzqilishni talab etiladi, so`roq gaplarni so`roq 


62
ohangida, jarangdor so`zlarini (undov) jarangli ohangda aytishi kerak. Tarbiyachi 
mashg’ulotida jarangli va jarangsiz so`zlarning farqini tushutirishi, qaysi, qaerda, 
qanday ishlatilishi haqida ham aytadi. Bolalar ham o`z ovozlarini o`zgartirib yoki 
o`xshatib talaffuz qiladilar. O`yin va mashg’ulotda bolalar tovushlarini qanday 
chiqarayotganiga e’tibor qaratishi zarur. O`yin (milliy o`yinlarga ahamiyat berish) 
jarayonida bolalarning shaxsi takomillashib kishilar bilan muomala, o`quv va 
mehnat jarayonida tayyorlanish kabi turli xil ruhiyholatlarni shakllantiradi. 
Maktabgacha ta’lim muassasalarida tarbiyalanayotganlar orasidagi ko`pgina bolalar 
oddiy o`yinlar mayl bo`ladilar. Buning sababi: birinchidan, o`yin o`tkazish usul va 
metodlarining yaxshi ishlanmaganligi bo`lsa, ikkinchidan, o`yin bolalar xayoti bilan 
etarlicha bog’lanmagan. Asosan o`yin jarayonining birinchi bosqichida o`yin bilan 
tanishtiriladi, ikkinchi bosqichida esa tanlab, saralab, ajaratib oluvchi o`yin bo`ladi. 
Tarbiyachi o`yinni bu xilda olib borishi bolalarning har tomonlama etuk 
rivojlanishiga yordam beradi. Har bir o`yin bola xayotiga yaqin bo`lsa, ularning 
xayotdan lavxalar ifodalashga qaratilgan bo`lsa, o`yinchoqlar esa ular xayotida 
uchrab turadigan narsa, byyumlarni ko`rsatsa va o`yinchoqlar bilan o`ynash 
natijasida bolala qiziqishi ortadai. Aks holda o`yindan kuzatilgan maqsadga erishish 
qiyin. Bunda tarbiyachi bolaga yangi predmetning nomi va mohiyatini tushuntirishi 
lozim. Shu o`yin yoki o`yinchoqni o`ynash usullari bilan bolani tanishtirish zarur 
hisoblanadi. Tarbiyachi o`yin mashg’ulotlarini o`tkazishda dasturda (“Uchinchi 
ming yillikning bolasi” tayanch dasturi) berilganidek o`rgatib, mustahkamlab borishi 
shart. O`yinni rollarga bo`lib bajarish, bir-birlari bilan dialog asosida suhbatlashib, 
o`yinchoqlari bilan muloqotda bo`lib, o`zlariga yaqin bo`lgan odamlarning ismlarini 
aytib, buyumlarning qanday ishlatilishi haqida gapirib bajarishsa, og’zaki nutqlari 
rivojlanib lug’at boyliklarini ko`paytiradilar. Bolalar so`zlarini bir-biriga 
moslashtirib tuzadilar, o`z o`rnida qanday qo`llashni o`rganadilar. Bunda fikrlash his 
qilish idrok ham birga rivojlanib boradi.
Tarbiyai bolalarni surtalarga qarab so`z birikmalari va gap tuzishga 
o`rgatishi muhim ahamiyatga ega. Tarbiyachi bunga ham ma’suldir hamda 


63
oldimizga qo`yilgan maqsadga shundagina erishishimiz mumkin. Tarbiyachi oldingi 
nutq o`stirish mashg’ulotlari bo`yicha berilgan materiallarni yangi o`tiladigan 
mashg’ulotlar boshida takrorlab olishi kerak. Bolalarda shundagina olgan bilimlarini 
mustahkamlab olib, ko`nikma hosil qiladilar.
Maktabgacha kichik yoshdagi bolalar nutqini o`qtirishda so`zlarni to`g’ri 
talaffuz etish, yangi so`zlar bilan bolaning lug’atini boyitib, kengaytirishga alohida 
e’tibor beradilar. Bu bolalarni so`z birikmalari va gap tuzishda muhim ahamiyatga 
ega. Chunki bolalar u yoki bu narsa, voqea-hodisalar haqidagi o`z fikrlarini gap 
orqali bildiradilar. Tarbiyachi mashg’ulot davomida bolalarda o`tilganlar yuzasidan 
hosil bo`lgan savllarga javob beradilar, fikr almashadilar, tushunmagan joylariga 
tushuntirish kiritib izoh beradilar. Shundagina bolaning nutqidagi kamchiliklarning 
oldi olinadi.
Bolalar har kuni o`z xayotlarida turli hodisa va voqea, narsalarga duch 
keladilar. Tarbiyachi yoki ota-ona bu haqida farzandlariga to`g’ri tushuncha va 
maslahatlar berishi, ularning nomlarini, nima uchun kerakligi yoki nmaga ishlatilishi 
haqida albatta to`liq tushuncha berishi shart. Bu bolaning og’zaki nutqidagi 
kamchiliklarni chiqarmaslikka, xatolarini tuzatishga imkon beradi, bolalar yangi 
bilim va tasavvurlarga ega bo`ladilar, hodisalar va buyumlarning nomlari, sifat va 
xususiyatlarni o`rganadilar.
Maktabgacha kichik yoshdagi bolalar lug’atini boyitish, nutqining ravon,
silliq va ta’sirchanligini ta’minlashda bolalar adabiyoti ustida ishlash juda yaxshi 
natija beradi. Tarbiyachi biror bir hikoya yoki ertakni o`qishda uning mazmunini, 
bolaning yoshiga mosligini, so`zlarning soddaligiga va bolaning ongiga qanday 
ta’sir qilishini inobatga olmog’i shart. Bunda o`qitilayotgan ertakdagi ayrim so`z va 
iboralar bilan ishlash, bir tmondan, ertakning mazmunini oson hamda to`liq 
o`zlashtirishga yordam bersa, ikkinchi tomondan bolalar lug’atini boyitish, undagi 
hodisalarni anglash ko`nikmalarini tarbiyalaydi, so`z va gaplarni o`zida 
o`zlashtirishga imkon yaratadi.


64
Inson olamga kelishi bilanoq onaning allasi, qo`shig’i, hatto, o`zini-o`zi ovutish 
uchun aytgan ertagini ham tushunadi. Bu fikrimiz ming bor sinab ko`rilgan. Yana 
qo`shimcha qilib ruhshunos olima Oygul Yo`ldoshevaning «Toshkent oqshomi» 
gazetasi sahifasida bir qator yosh onalarga bergan javoblari ham fikrimizga to`la-
to`kis asos bo`ladi:

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin