Kurs ishi fan



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/43
tarix29.04.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#104904
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   43
“Jonli so`zlar ” o`yini.  
O`yin guruh Bilan o`ynashga mo`ljallangan bo`lib, tarbiyachi dastlab doskaga 
uchta bolani chiqaradi va o`yin qoidasini tushuntiradi:
Hozir siz bilan “Jonli so`zlar ” o`yinini o`ynaymiz. Bu bolalar so`z bo`ladilar.
Demak, uch so`zdan iborat bo`lgan gap tuzamiz. Bolalar gap tuzadilar. Masalan,
Lola - “bog’da”, Jasur -“ pishdi”, Aziz - “mevalar” degan so`zni ifodalaydilar.
Keyin tarbiyachi bolalarni chapdan o`ngga qarata ketma - ket joylashtirib, gap 
“yozishlarini ” taklif qiladi. Vazifa bajarib bo`lingach, jonli so`zlar o`z so`zlarini 
aytadilar, bolalar esa aytilgan gapni eshitadilar.
O`yin gap va “Jonli so`zlar ”ni almashtirish orqali davom etadi.
O`yinning 2 – turi  
O`yinning ikkinchi turi ham birinchi turga o`xshab, bolalar Bilan bigalikda avval 
gap tuziladi, so`ngra bolalarga gapning so`zlarini bo`lib beriladi. “Jonli so`zlar ” o`z 
so`zlarini bilib olganlaridan so`ng tarbiyachi “jonli so`zlarga” murojaat qiladi:

Hozir siz o`z joylaringizni aniqlab, ketma – ket turgan holda aytilgan 
gapni “yozasiz”, qolgan bolalar sizlarni kuzatib turadilar, - deydi.


57
Bolalar tezda ketma – ket turib aytilgan gapni yozishlari kerak, so`ngra har bir 
bola o`z so`zini ovoz Bilan aytib, gap hosil qiladilar.
O`yin shu tarzda bolalarni va gapni almashtirish orqali davom ettiriladi. O`yinda 
o`z qatorini adashtirmay to`g’ri topib turgan holda so`zni aniq talaffuz qilgan bola 
g’olib sanaladi va rag’batlantiriladi.
“Sehrli qalamchalar” o`yini  
 O`yin uchun bir necha rangli qalamchalar va ular yordamida chizilgan turli narsa 
va buyumlar rasmi kerak bo`lib, ular doskaning o`rtasiga joylashtiriladi.
O`yinni yakka holda yoki guruh bilan o`ynash mumkin.
Tarbiyachi bolalar diqqatini doskaga qo`yilgan jihozga qaratib :

Bolalar, siz ko`rayotgan mana bu qalamchalar oddiy qalamchalar emas, 
balki ular “sehrli” qalamchalardir. Ular mana bu rasmni bir zumda chiza oladilar. 
Keling, hozir ular nimalarning rasmini chizganliklarini aniqlaymiz.
Tarbiyachi birin – ketin ko`rsatadi, bolalar esa ularni nomlaydilar. Tarbiyachi 
bolalar diqqatini maqsadda ko`zlagan bir tovushlarning (masalan s, b, rva h.k.) 
o`rnini so`z boshida, o`rtasida, oxirida) aniqlashga qaratadi. Tarbiyachi:

Bolalar, endi har bir qalamcha qaysi rasmni chizganini aniqlaymiz.
Hozir har biringiz o`zingizga yoqqan rangdagi qalamchani tanlab olasiz. 
Qalamchangiz qaysi rasmni chizganini ular qoldirgan izdan yurib aniqlaysiz va 
nomlaysiz. Agar siz rasmda nima aks ettirilganini to`g’ri topsangiz uni aniq, ravon 
talaffuz qilsangiz rasmni o`zingizga olishingiz mumkin. Shu tartibda bolalar 
qalamchalar chizgan rasmlarni aniqlaydilar. O`yin doskadagi jihozni almashtirish 
orqali davom ettirilishi mumkin. O`yinda kim ko`p rasm to`play olsa, o`sha bola 
g’olib sanaladi.

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin