Kurs ishi mavzu: A. A. Smirovning xotiraga doir olib borgan izlanishlari



Yüklə 67,9 Kb.
səhifə3/7
tarix18.05.2023
ölçüsü67,9 Kb.
#116590
1   2   3   4   5   6   7
Kurs ishi mavzu A. A. Smirovning xotiraga doir olib borgan izla

Bixeviorizm va psixoanaliz vakillari ham xotira genezisi haqida qoniqarli javob topa olmadilar. Bixeviorizmchilarning xotira yuzasidan qarashlari assotsianistchilarning qarashlari bilan mos kelgan edi. Ular o‘rtasidagi yagona farq bixeviorizmchilarning materialni esda olib qolishdagi yordamning o‘rnini alohida ta’kidlab, o‘rganish jarayonlarida xotira faoliyatini o‘rganishga katta e’tibor qaratgan edilar (D. Uotson, E. Torndayk). Lekin bixeviorizmchilar insondagi ongli faoliyat va shaxs xususiyatlarining yordamga bog‘liqligini chetlab o‘tdilar.
Xotira hodisalarining shaxsga bog‘liqligi Z.Freyd tomonidan ko‘rsatib o‘tilgan edi. Uning fikriga ko‘ra, insonning ong osti mayllariga imkon bermaydigan barcha narsalar xotiradan siqib chiqariladi, va, aksincha, uning uchun yoqimli bo‘lganlar saqlanib qoladi. Bu bog‘liqlik tajribada o‘z tasdig‘ini topmadi. SHu bilan birga, Z.Freyd va izdoshlarining xizmatlari inson xotirasini o‘rganishda esda saqlash va unutish xotira jarayonlaridagi ijobiy va salbiy emotsiyalar, motivlar va ehtiyojlarning ahamiyatinin aniqlashdan iborat bo‘ldi. Psixoanaliz yordamida insonning motivatsion sohasi bilan bog‘liq bo‘lgan ong osti unutishning psixologik mexanizmlari aniqlandi va ta’rif berildi.
XX asrning boshlarida xotiraning mantiqiy nazariyasi yuzaga keldi, unga asosan, mos keluvchi jarayonlar faoliyati esda olib qolish zarur bo‘lgan materialni u yoki bu darajada kengroq ma’noli tuzilmalarga birlashtiradigan mazmun bog‘lovchilarining mavjudligi yoki mavjud emasligiga bevosita bog‘liq holatda bo‘ladi (A. Bine, K. Byuler). Esda olib qolish va eslashda matnning ma’noga ega bo‘lgan mazmuni ifodalanadi.
Hozirgi zamon psixologiyasida asosiy tushuncha o‘rnida shaxs faoliyatini uning barcha psixik jarayonlari, shuningdek, xotira jarayonlarining shakllanishini bog‘lovchi omil sifatida o‘rganadigan nazariya tan olinmoqda. Bu konsepsiyaga asosan, esda olib qolish, saqlash va eslash jarayonlarining kechishi ma’lumotning ob’ekt faoliyatida tutgan o‘rniga qarab belgilanadi. Ma’lumot faoliyat maqsadi sifatida namoyon bo‘lgan vaziyatlarda aloqalar yanada samaraliroq tarzda hosil bo‘lishi va dolzarblashtirilishi tajriba aniqlandi va o‘z tasdig‘ini topdi. Bu aloqalarning xususiyatlari, masalan, mustahkamligi va harakatchanligi ma’lumotning sub’ekt keyingi faoliyatidagi ishtirokining darajasi, bu aloqalarning ko‘zlangan maqsadlarga erishishdagi ahamiyati bilan belgilanadi. Faoliyat nazariyasining asosiy fikri qisqacha quyidagicha ta’riflanadi: turli tasavvurlar o‘rtasidagi aloqalar, avvalambor, sub’ektning ulardan qay tarzda foydalanishi bilan belgilanadi. Inson xotirasining faoliyat sifatida o‘rganilishiga dastlab fransiyalik olimlarning, xususan, P. Janening ishlari sabab bo‘ldi. U birinchilardan bo‘lib, xotirani materialni esda olib qolish, qayta ishlash va saqlashga yo‘naltirilgan harakatlar tizimi sifatida ta’rifladi. Jahon psixologiyasida bu konsepsiya L.S. Vigotskiy tomonidan ishlab chiqilgan inson oliy psixik vazifalari kelib chiqishining madaniy-tarixiy nazariyasida rivojlantirildi. So‘ngra u A.N. Leontev, A.R. Luriya, P.I. Zinchenko, A.A. Smirnov va boshqalar kabi mashhur psixologlar tomonidan ishlab chiqildi.
Natijada o’zining aniq qon turini yo’qotadi, keyinchalik mutlaqo yo’qolib ketadi. Goho butunlay yo’qolishi uchun qaytadan paydo bo’iishi mumkin. Odamlaming individual psixologik xususiyatiariga qarab, izchil obrazlaming aniqligi va davomiyligi turlicha bo’iishi ko’zga tashlanadi. O’zining kelib chiqishi, kuchliligi jihatidan izchil obrazlar salbiy va ijobiy turlarga bo’linadi. Agar kuchli ravishda odam qizil rangga qarab turib, so’ngra nigohini oq qog’ozga ko’chirsa, u holda ob'ektda ko’k-yashil rang paydo bo’lganday ko’rinadi. Izchil obrazlaming ushbu turi salbiy, izchil obrazlar deb ataladi. Bu holatni yana bir misol orqali tushuntirilsa, quyidagi ketma-ketlik hodisasi namoyon bo’ladi. Qorong’u xonada ko’z oldida bir narsaga, masalan, qo’l yaqinlashtirilsa so’ngra qisqa muddatli (0,5 sek) elektr chiroqi yoqilsa, bu holda chiroq o’chgandan keyin odam bir necha daqiqa davomida narsalarning aniq obrazini ko’rishda davom etadi. Mazkur obraz o’z rangida bir qancha muddat saqlanib, sc’ng ko’zdan yo’qoladi. Izchil obrazlar xotira jarayonining sodda izlariga misol bo’la oladi. Chunonchi, hodisalarga qarab uzaytirish ixtiyoriy ravishda qayta tiklash mumkin emas. Binobarin, izchil obrazlar ushbu xotiraning murakkabroq turlaridan ana shu jihatlari bilan farqlanadi. Izchil obrazlaming eshitish turi orqali sezishda kuzatish mumkin, lekin bu vaziyatda izchil obrazlar kucbliroq namoyon bo’lishini va qisqa muddat davom etishi kuzatiladi. Eydetik obrazlar psixologiyada izchil obrazlardan eydetik obrazlami farqlash an’ana tusiga kirgan bo’lib, ’’eydos” yunoncha ‘ obraz” degan ma'noni anglatadi. Xotiraning bu turi, ya'ni eydetik obrazlar o’z vaqtida nemis psixolgiya maktabining namoyondalari aka-uka Yenishlar nomidan ta’riflab berildi. Ba'zi odamlar shu davrlarda kuzatilgan narsa yoki suratlar ko’z o’ngidan olib qo’yilsa ham surat siymosi uzoq vaqt saqianish xususiyatiga ega. Mazkur narsa va jismlaming aniq obrazlari, tasvirlami kuzatish mumkin. Bu hodisa jahon psixologiya fanida tajribada tekshirib ko’rilgan. Tajribada tekshiriluvchiga 3-4 minut davomida rasm ko’rsatilgan va tasvir olib qo’yilgandan so’ng uning tarkibiy qismlari, tuzilishi haqida qatnashchilarga savollar berilgan. Bu jarayonlarda tekshiruvchilar birorta savolga javob bera olmagan bo’lsalar, aniq texnik obrazga ega bo’lgan ishtirokchilar esa rasmni davom etishgandek har bir savolga aniq javob berishga erishganlar. Tajribalaming ko’rsatishicha, eydetik obrazlar uzoq vaqt inson ongida saqlanishi mumkin. Mabodo ulaming yo’llari yopilib qolgan bo’lsa ham, lekin hech qanday qiyinchiliklarsiz ulaming siymosi qayta tiklanishi mumkin.



Yüklə 67,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin