U o„z beklaridan Sayd barlosni fitnasini payqagach uni ko„zini ko„r qilib
qal'ada saqlar edi, ammo u uning bir ko„zi ko„rishi tufayli qochib Sheroz qal'asiga
qochadi. Pir Muhammad uni o„z himoyasiga oladi. Bundan xafa bo„ladi va ukasi Iskandar
bilan Pir Muhammadga qarshi qo„shin tortadi. 1410 yilda aka-ukalar o„rtasida muzokara
chiqib jangda mag„lub bo„ladi va Qaro Yusuf turkman xuzuriga panoh izlab ketadi.
1412 yilda Rustam Mirzo Qaro Yusuf huzuridan qaytib Tabriz orqali Isfaxonga
keladi. Uning amiri Xoja Ahmad kutib oladi. Rustam Mirzo Xoja Ahmadni o„ldirtiradi.
Shu voqyeadan so„ng isfaxonliklarning Rustam Mirzodan ihlosi qaytadi. Ayni vaqtda
Iskandar Mirzo Isfaxonga qo„shin tortib kelayotgan edi va Rustam Mirzo yengilishni
bilgach Xuroson tomonga ketadi.
1412 yil Shoxruh Mirzo yonida panoh topadi. Shu paytda Iskandar Mirzoni tutib
Shohruh Mirzo huzuriga keltiradilar. Ukasiga tegishli yerlar Rustam Mirzoga o„tadi
hamda ukasi unga topgshiriladi. Rustam Mirzo uni ko„ziga mil torttirib ko„r qiladi.
1415 yilda Boyqaro Mirzoning qo„shiniga bas kela olmasligini bilib ukasini qatl
qildiradi. Boyqaro Mirzo qarshilik befoyda ekanligini bilib Shoxruh Mirzoga bosh
egib keladi va uning yerlari Rustam Mirzoga o„tadi. 1424 yil vafot etadi. Undan
2 o„g„il qoladi
.
Usmon Ali Mirzo, Sulton Ali Mirzo.
Dostları ilə paylaş: