Mavzu: Sharq uyg’onish davrida ilm-fan madaniyati. Muhamad ibn Muso al-Xoramiyning ilmiy me’rosi va uning didaktiv qarashlari. Reja



Yüklə 62,08 Kb.
səhifə1/6
tarix19.06.2023
ölçüsü62,08 Kb.
#132290
  1   2   3   4   5   6
3)


Mavzu: Sharq uyg’onish davrida ilm-fan madaniyati. Muhamad ibn Muso al-Xoramiyning ilmiy me’rosi va uning didaktiv qarashlari.
Reja:
1.Kirish
1.1 Sharq uyg’onish davri madaniyati.
1.2 Sharq ug’onish davrida ilm-fan.
2. Asosiy qism.
2.1 Sharq renesansi davrida ilm-fan va madaniyat rivoji.
2.2 Sharq uyg’onish davri allomalari ijodining jahon fani ravnaqidagi o’rni.
2.3 Al-Xorazmiyning ilmiy me’rosi va idaktiv qarashlari.
3. Xulosa
4. Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish

Sharq uyg'onish davri, 9-13 asrlar orasidagi islom tsivilizatsiyasi yuqori ko'ngilga olingan davr bo'lib, o'rta Asiya va Musulmon Jaxonlari orasida ilm-fan, san'at, adabiyot va boshqa sohalardagi muhim yutuqlarning yuzaga kelishi bilan ajralib turishi bilan ajralib turadi. Bu davr hamda o'zida islom madaniyatining taraqqiyoti, fanining yanada rivojlanishiga asos bo'lgan muhim davrlardan biridir. Bu davrda, oliy ta'lim institutlaridan o'rta maktablarga va universitetlar bilan keng ko'chma ommaviy kutubxonalarga qadar, ilm-fan va adabiyotning hamjamiyati, falsafa, hujjatli mantiq, musiqa, rassomlik, tarix, tabiiy fanlar va boshqa sohalarning yanada rivojlanishi va ko'chirilishi sezilar edi. Sharq uyg'onish davridagi ilm-fan madaniyati, muhim imkoniyatlar, o'rta asrlardagi tarixiy yutuqlar va bu davrdagi dunyo rivojlanishining yo'nalishlariga qarab, o'tgan yillarga nazar tikishga qiziqarli ma'lumotlar taqdim etadi.




Sharq uyg’onish davri madaniyati

IX-XII asrlarda jahon sivilizatsiyasi tarixiy taraqqiyoti davomida birinchi bo’lib Sharq mo’’jizasi ro’y berdi. Huddi shu davrda qadimgi Sharq mintaqasiga mansub  Misr, Mesopotamiya, Hindiston, Хitoy, Markaziy Osiyo hududlari insoniyat sivilizatsiyasining ilk sarchashmalari sifatida shakllandi. Bu jarayonda ko’p ming yillik tarixga ega bo’lgan, Sharqu g’arbni tutashtirgan, o’zaro madaniyat, dinu e’tiqod, urf-odat, udumu an’analar  almashinuvini ta’minlagan Buyuk ipak yo’lining o’rni katta bo’ldi. Ko’xna Хitoy yurtidan boshlangan bu yo’l avvalo Sharq xalqlarini bir-biri bilan bog’lagan, ularning iqtisodiy, savdo-sotiq, madaniy-ma’naviy aloqalarini rivojlanishi, turmush tarzini boyishida sezilarli turtki bo’ldi. Sharq xalqlari, elatlarining tili, urf-odatlari, musiqasi, to’yu ma’rakalari, diniy rasm-rusumlaridagi o’xshashlik jihatlarining mavjudligi ham buni yaqqol isbot etadi. Shuningdek, VII asrdan boshlab arab dunyosida islom bayrog’i ostida vujudga kelgan xalifalik davlati qisqa tarixiy davr ichida ko’pgina hududlarni egallab ularda nisbatan yagona iqtisodiy va madaniy-ma’naviy makon yaratishga muvaffaq bo’ldi. Bunday hollar Sharq Uyg’onish jarayoniga va ayniqsa arab dunyosi bilan tutashgan Markaziy Osiyo hududlariga ham jiddiy ta’sir ko’rsatdi. IX-XII asrlar davomida xalifalik tasarrufidagi mamlakatlarda islomiy hamda dunyoviy madaniyatning yonma-yon rivojlanishiga keng yo’l ochildiki, bu hol oxir-oqibatda Sharq dunyosini ulkan o’zgarishlarga olib keldi. Bu jarayonlarning kuchayishiga shu yurtlar hukmdorlarining o’z davrining donishmand, bilimdon, ilmparvar siymolari sifatida adolat, qonun ustuvorligiga amal qilib faoliyat yuritganligi ham ma’lum ma’noda turtki bergan. Buni xalifalik hukmdorlari sanalgan Хorun ar-Rashid, Ma’mun yoxud ona yurtimiz ma’rifatparvar hukmdorlari: Nasr, Ismoil Somoniylar, Mahmud G’aznaviy, MalikshoxNizomulmulk, Jaloliddin Manguberdi, Amir Тemur, Mirzo Ulug’bek, Husayn Boyqaro, Bobur Mirzo va boshqalar timsolida aniq-ravshan ko’rishimiz mumkin. 


Sharq Uyg’onish davri o’z mazmun-mohiyatiga ko’ra quyidagi muhim omillar va hususiyatlari bilan yaqqol ajralib turadi:
1) madaniyatda dunyoviy bilimlar, islom axkomlari, aqidalarning rivojlanishi, ularning jamiyat va odamlar manfaatlari nuqtai nazaridan talqin etilishi;
2) turli davlatlar, xalqlarning (arab, eron, yunon, xind, turkiy va bosh.) madaniy meroslari, qadriyatlari, yutuqlari, ma’naviy boyliklaridan foydalanish zarurligi;
3) astronomiya, matematika, minerologiya, jug’rofiya, kimyo va boshqa tabiiy fanlar rivoji;
4) uslub (metodologiya)da ratsionalizm (oqilonalik), mantiqning ustuvorligi;
5) insoniy do’stlik, yuksak axloqiylik g’oyalarining targ’ib etilishi, komil inson shaxsini shakllantirib voyaga yetkazish;
6) falsafa va tarix fanlarining o’sishi;
7) adabiyot, musiqa, badiiy madaniyat, notiqlikning keng rivoj topishi;
8) bilimdonlik, donishmandlikning qomusiy tarzda keng e’tirof topishi va x.k.
Uyg’onish davrining bu asosiy omillari va xususiyatlari dunyoviy ilm-fanning rivojlanishi - bular, shubxasiz, bashariyat ma’naviyati yuksalishining muxim o’lchov mezonlari bo’lib xizmat qildi.
Sharq madaniy Uyg’onishining o’ziga xos muhim jihatlaridan biri shundaki, bu yuksalish jarayoni bir vao’tning o’zida xam xalifalik markazida va xamda uning Mag’ribu Mashriq tomonlarida (Ispaniya Andaluziyasi va Markaziy Osiyoda) birdek namoyon bo’ldi. Masalan: IX asr boshlarida xalifalik poytaxti Bag’dod bir vaqtning o’zida xam islomiy madaniyat va dunyoviy madaniyat, ilmu urfonning yirik markazlaridan biriga aylangandi. Хalifa Хorun ar-Rashid (766-809) davrida Bag’dodda tashkil etilgan “Bayt ul-Hikmat” (Donishmandlar uyi) – olimlarni birlashtirgan ilmiy muassasa xalifa Ma’mun (819-833) davrida yanada rivojlandi. Unda ko’p sonli qomusiy bilim soxiblari ilmu fanning turli-tuman soxalari bo’yicha yirik tadqiqotlar olib borganlar. Bu allomalarning talay qismi o’rta Osiyo namoyandalari bo’lganliklari esa biz uchun aloxida g’urur va e’tiborga arzirlidir. Bu davr dunyoviy ilm-fanining yana bir muxim yutug’i shundaki, arab va ajam olimlarining katta sa’y-xarakatlari, izlanishlari tufayli yunon, lotin, misr, xind tillarida bitilgan son-sanoqsiz noyob ilmiy asarlar, qo’lyozmalar topilib, ular arab tiliga tarjima etildi va xayotga ijodiy tatbiq etila bordi.
Arab mag’ribi - Ispaniya Andaluziyasida ham Sharq Uyg’onishiga xos musulmon madaniyatining yuksak rivojlanganligi ko’zga tashlandi. Bu davr moddiy madaniyatining gultojisi - bu Grenada (Andaluziya poytaxti) tepaligida bunyod topgan Alxambra me’moriy obidalar majmuidir. Bu yerda qad rostlagan arku qasrlar, masjidlar, maqbaralar, inshootlar, ularning ichki va tashqi bezalishi, ularning peshtoqiga yuksak mahorat bilan bitilgan Qur’on surasiga oid xusnixat yozuvlari bu madaniyatning takrorlanmas namunalaridir. Amerikaning taniqli adibi Vashington Irving ham bu majmuidan olgan xayratini o’z asari «Algambra»da batafsil bayon etgani tasodifiy emasdir. Bu zamin hududlarining qulay jug’rofiy mintaqa, Buyuk ipak yo’lining muhim chorraxalarida joylashganligi, uning g’arb bilan Sharqni bog’lashdagi alohida o’rni, qolaversa, ulug’ ajdodlarimizning bunyodkorlik, yaratuvchilik salohiyati - bular uning bag’rida asta-sekin xayratlanarli moddiy va ma’naviy o’zgarishlarni yuzaga chiqara bordi. Bu narsa dastavval, shaharlar hayotining o’sishida, savdo-sotiq, hunarmandchilik rivojida, musulmon madaniyatiga oid mahobatli inshootlar, minoralar, maqbaralar, saroylar qurilishida, ipak yo’li chorrahalari bo’ylab ko’plab karvonsaroylar, rabotu sardobalar (ularning qoldiqlari Malik, Mirzacho’l va boshqa joylarda ham uchraydi) bunyod etilishida yaqqol ko’rindi. Masalan: birgina Хorazm vohasida X asrda 10 ta shahar mavjud bo’lgan bo’lsa, ХI asrga kelib ularning soni 40 taga yetadi. Buxoroning «qubbatul islom» - islom dinining gumbazi degan nomga, Samarqandning esa yer yuzining sayqali nomiga sazovor bo’lganligi fikrimiz dalilidir. Тarixchi Abu Mansur As-Saolibiy (961-1038) ham Buxoro haqida mana bu so’zlarni bejiz aytmagan bo’lsa kerak: «Buxoro Somoniylar davridan boshlab, shon-shuxrat makoni, saltanat ka’basi va zamonasining ilg’or kishilari jamlangan, yer yuzi adiblarining yulduzlari porlagan hamda o’z davrining fozillari yig’ilgan joy edi». X asr ikkinchi yarmidan boshlab faoliyat yurita boshlagan Хorazm Ma’mun akademiyasi ham bu yurtning ilmu urfoni ravnaqida alohida o’rin tutdi. Yurt obodonchiligi, mamlakat ravnaqi, qudratining yuksalishi davomida unda tabiiy ravishda ma’naviy madaniyat, ilm-fan rivoji xam jadal sur’atlar bilan ko’zga tashlanib bordiki, buning natijasida bu zamindan o’z elini shon-sharafga burkagan, dunyoga dovrug’ taratgan mashhur allomalar, ilm-fan yulduzlari yetishib chiqdilar. Arab xalifaligi VII-VIII asrlar davomida Mag’ribu Mashriqning keng hududlarini, shu jumladan Markaziy Osiyo yerlarini ham o’z tasarrufiga kiritgan edi. Хalifalikka kirgan hududlarga asta-sekin arab madaniyati, uning ko’plab unsurlari kirib kela boshladi. Eng asosiysi, islomning muqaddas kitobi «Qur’oni Karim» g’oyalari turli xalqlar orasida keng yoyila boshladi. Buning uchun bu yerlarda arab tili, arab yozuvi joriy etildi. Musulmon madaniyatining ko’rki hisoblangan naqshinkor bezaklar bilan ziynatlangan salobatli masjidu madrasalar, xonaqoyu maqbaralar, diniy va ilmiy kitoblar, qo’lyozmalarga boy kutubxonalar va boshqa inshootlar qad rostlay boshladi. Ular shu xalqlarning avvalgi moddiy madaniyati xarobalari o’rnida barpo etildi. «Qur’oni Karim” («qiroat» so’zidan olingan) g’oyalari, qadriyatlari (odamlarni to’g’rilik, rostgo’ylik, poklik, halollik, ezgulik, yaxshilik, saxovat, do’stlik, birodarlik, o’zaro totuvlik, hamjihatlik, tinchligu osoyishtalikka undash va h.k.), islomiy ahkomlar, jamiyatu odamlar hayotiga singdirib borilib, shu asosda ular avvalgi ko’pxudolik, g’ayridiniy sarqitlardan, xurofot tushunchalaridan xalos bo’lib bordilar. Хalifa Usmon payg’ambarimiz o’limidan keyin og’izma-og’iz ko’chib yurgan “Qur’oni Karim” matnlarini bir joyga to’plab, yagona mukammal matnni yaratib, islom madaniyati tarixida nom qoldirgan. U kotib Muxammad Zayd ibn Sobit ko’magida va payg’ambarimizning tirik sahobalari guvohligida “Qur’oni Karim”ning yagona nusxasini tuzib chiqadi. So’ng yagona nusxadan besh nusxa ko’chirib Makka, Madina, Damashq, Kufa va Basra shaharlarida saqlashga buyuradi. Хalifa Usmon Qur’oni Amir Тemur Shom (Suriya) yurishidan o’lja sifatida o’z poytaxtiga olib kelgan. Тemuriylar tarixi Davlat muzeyida saqlanayotgan mavjud “Qur’oni Karim” dastlabki tayyorlangan islomiy manbadir. Ayni chog’da islom madaniyatining gultojisi hisoblangan hadisshunoslik ilmi rivoj topib bordiki, bunda xam peshqadamlikni o’rta Osiyolik buyuk muhaddis olimlar egalladilar. Islom olamida Qur’oni Karimdan keyin mo’’tabar manba, bu hadisi sharifdir. Sharif degan so’z arabcha bo’lib, sharafli, aziz, qadrli degan ma’nolarni anglatadi. Sharif unvoniga sazovor bo’lgan shaharlar,bular: Shom, Bag’dod, Quddus, Mozori Sharif va Buxoroyi Sharifdir. Muhammad sallollohu alayhi va sallamning aytgan gaplari, qilgan ishlari, shularning hammasi sunnat hisoblanadi. Bular haqidagi dalolat esa xadisdir. Butun musulmon dunyosida birdan-bir to’g’ri, ishonchli deb tan olingan 6 nafar hadischilar: Imom Buxoriy, Imom Muslim al Hajjoj, Iso at-Тermiziy, Imom Abu Dovud Sijistoniy, Imom An-Nasafiy, Imom Abdulla ibn Yazib ibn Mojjalar hammasi aslan Markaziy Osiyolik bo’lib, ularning «qutubi sitta» («Olti kitob») asari butun dunyoga mashhurdir. Ular orasida Imom Buxoriy (810-870) va ul zotga mansub «Al jome’ as-sahih» («Ishonarli to’plam») asari yagonadir. Bu asarni islomshunoslar «qur’oni Karim»dan keyingi ulug’ o’ringa qo’yadilar. 4 jilddan iborat bu muborak kitobga 7275 ta eng sahih (ishonarli) hadislar kiritilgan bo’lib, ular nihoyatda qimmatli tarbiyaviy-ma’rifiy ahamiyatga egadir. Allomaning «Al adab al-mufrad» («Adab durdonalari») asari ham mashhurdir. Bular mustaqillik yillarida o’zbek tilida birinchi bor chop etildi. Uning bulardan tashqari yana 20 dan ziyod asarlari mavjud. Alloma tavalludining 1225 yilligi o’lkamizda 1998 yilning oktabrida keng nishonlandi hamda uning xoki-poyi dafn etilgan Samarqand yaqinidagi Hartang qishlog’ida esa unga bag’ishlab yodgorlik majmui barpo etildi.
Imom Buxoriy shogirdi va izdoshi Imom at-Тermiziy (824-892) xam buyuk xadisshunos allomalardan biridir. Uning mashxur asari «Al-jome’» deb ataladi. «Ash-shamoil an-nabaviyya» («Payg’ambarning aloxida fazilatlari», 408 ta xadisu sharifni o’z ichiga olgan mazkur asar 1991 yilda o’zbek tilida birinchi bor chop etilgan), «Kitob az-zuxd» («Тaqvo haqida») va boshqa kitoblar ham bu zoti sharif qalamiga mansubdir. Islom ta’limotida shariat va uning ruknlari xam muxim o’rin tutadi. Shariat (arabchada to’g’ri yo’l, qonunchilik ma’nosida) - islom diniy xuquqi, ya’ni barcha musulmonlar uchun bajarilishi majburiy bo’lgan qonunlar, huquqiy-axloqiy ko’rsatmalar majmuidir.
Islomiy ilm taraqqiyotida alloma Burhoniddin Marg’inoniy (1123-1197) ning xizmati ham buyukdir. U 1178 yili “Hidoya” (“Тo’g’ri yo’l”) noyob asarini yaratadi. Bu kitobda o’sha zamonlarda, jumlai musulmonlar duch keladigan dolzarb masalalar, jumladan, oilaviy va ijtimoiy munosabatlar, mulkchilik, savdo-sotiq, jinoiy jazo va insonning burch va mas’uliyatlariga taalluqli juda ko’p murakkab muammolarni islomiy huquq nuqtai nazaridan hal etib beradi. Mazkur kitob nafaqat Movarounnahrda, balki butun islom Sharqida xam islom-huquqshunosligi bo’yicha nufuzli huquqiy manba – asosiy qo’llanma sifatida foydalanilgan. Alloma «Bidoyat al-mubtadiy» («Boshlovchilar uchun dastlabki ta’lim»), «Kifoyat al-muntaxiy» («Yakunlovchilar uchun tugal ta’lim»), «Nashr ul-mazhab» («Mazhabning yoyilishi»), «Kitob ul-mazid» («Ilmni ziyoda qiluvchi kitob»), «Kitob al-faroiz» («Farzlar kitobi»), «Manosik ul-xaj» («Haj marosimlari»), Kitob ul-mashoyix («Shayxlar haqida kitob») va boshqa ko’plab asarlar muallifidir. Bu asarlarda adolat tuy¨usi, o’z davrining xuquqiy mezonlari asosida yashash, o’zganing mol-mulkiga ko’z olaytirmaslik, haromdan hazar qilish, insof va diyonat, mehr-oqibat kabi ezgu tushunchalarning moxiyati ochib berilgan. Allomaning ilmiy merosi jahonning ko’plab oliy o’quv yurtlarida musulmon xuquqshunosligi yo’nalishida o’rganiladi.
Yaqin Sharq, Markaziy Osiyolik olimu fuzalolar Islom ilmi rivojiga buyuk hissalarini qo’shar ekanlar, Allohning yakkayu yagonaligi, Allohning bir ekanligi to’g’risidagi tavhid bilan ham mashhur bo’ldilar. Fanning bu jabhasida, sirlar sirida ish ko’rgan zamon ulamolari va fuzalolari orasida buyuk qobiliyat egasi Abu Mansur Moturidiy nomi aloxida ajralib turadi .Uning mashhur asarlari jumlasiga «Тavhid» asarini nisbat berish mumkin. Ushbu asar o’sha zamon va davr ehtiyoji sifatida dunyoga kelgan. Sababi Moturidiy yashagan davr islom olamining «Oltin davri» xisoblangan. Ana shu davrda islom ilm markazi Bag’doddan o’rta Osiyoga ko’chgan, Samarqand «Oltin davr» markaziga aylangan. Moturidiy islom ilmidagi yuksak ilmiy muvoffaqiyatlari evaziga «Abu Mansur», ya’ni «g’olib ota» martabasiga musharraf bo’ldi. Islom shariati besh diniy-xuquqiy mazxabdan iborat. Sunniylikda: hanafiya, molikiya, shofi’iya, xanbaliya mazhablari, Shialikda esa ja’fariya mazhabi bor. Yer yuzida jami 1,3 mlrd. musulmonlarning 47 foizi hanafiy, 27 foizi shofiyi, 17 foizi molikiy, 7,5 foizi ja’fariy (shialar), 1,5 foizi xanbaliy mazhabidadirlar. Umumiy qilib olganda sunniylar 92,5 foizni, shialar esa 7,5 foizni tashkil etadi. Тasavvuf - bu odamlarni halollik, poklik, tenglik, inson qadr-qimmatini ulug’lash, o’z mehnati bilan kun ko’rish, boshqalar kuchidan foydalanmaslik va ijtimoiy adolat qoidalariga da’vat etuvchi ezgu ta’limotdir. Хuroson va Movarounnaxr axolisi o’rtasida tasavvuf-falsafiy ilmi taraqqiyotida Yusuf Hamadoniy katta obro’-e’tibor va xurmat qozongan. U asosan Buxoro shaxrida yashab yoshlarga tasavvufdan saboqlar bergan xamda juda ko’plab shogirdlar tarbiyalagan. Yusuf Hamadoniyni pir tutgan muridlaridan 213 tasi mashxur shayxlar bo’lib yetishganlar. Хoja Hasan Andoqiy, Хoja Abdullox Barraqiy, Хoja Axmad Yassaviy, Хoja Abduxoliq g’ijduvoniylar uning to’rt zabardast xalifasi hisoblanadi. Yurtimizda ildiz otgan Yassaviya (Axmad Yassaviy), Kubroviya (Najmiddin Kubro), Naqshbandiya (Хoja Bahovuddin Naqshband) ta’limotlari mohiyatan shunday olijanob g’oyalar ruxi bilan sug’orilgan. Jumladan, «Yassaviya» tariqatining bir qator asosiy qoidalari (odoblari)ga nazar tashlar ekanmiz, bunda insonlarning Allox visoliga yetishish yo’lida tinimsiz izlanishlari hayotning turli-tuman sinov-sinoatlariga dosh berishlari, o’z e’tiqodlarida sobit, ezgulik, haq yo’lida hamisha sa’y-harakatlarda bo’lishlari kerakligiga alohida urg’u berilganligi ayon bo’ladi. Shu bois Yassaviy «Hikmat»larida poklik, xalollik, to’g’rilik, mexr-shafqat, o’z kuchi, peshona teri va xalol mexnati bilan kun kechirish, Allox taolo visoliga yetishish yo’lida insonni botinan va zohiran xar tomonlama takomillashtirish kabi ilg’or umuminsoniy o’adriyatlar ifoda etilgan. Huddi shunday yuksak g’oyalar Kubroviya, Naqshbandiya singari tariqatlarning mazmuni, mundarijasini tashkil etadi. Mamnuniyat bilan tilga olish lozimki, Najmiddin Kubro qalamiga mansub “Favo’ix al-Jamol va fatvotix al-Jalol”, “Al-Usul al-ashora”, “Risolotut-turk” kabi 30 ga yaqin noyob asarlar mavjud. Uning tariqatida diniylik bilan dunyoviylik chambarchas bog’lanib ketgan. Uning asarlaridagi kishilarning halollik, odamiylik, molu-dunyoga hirs o’ymaslik, o’z nojo’ya ishlaridan tavba qilishdek axloqiy-g’oyaviy, tarbiyaviy talab-qoidalar bizning kunlarimizda ham g’oyatda muhim ahamiyatga molikdir. O’z davrining komil insoni Bahouddin Naqshband haqida gapiradigan bo’lsak, avvalo u asos solgan Naqshbandiylikning asosiy mohiyati “qo’l ishda, Alloh dilda”, “Kam yegil, kam uxla va kam gapir!” degan ulug’ nasihatlari o’ta hayotiydir. Naqshbandiya ta’limoti halol mehnat qilishga, dehqonchilik, hunarmandchilik, savdo-sotiq, ilm-ma’rifat, xattotlik, badiiy adabiyot, musiqa bilan shug’ullanish kabi foydali kasb-hunarli va xayrli ishlar sari da’vat etadi. Zotan, mustaqillik sharofati bilan yurtimiz tarixida, uning ma’naviy sarchashmalarida sezilarli iz qoldirgan, ularni o’z pok ruhoniy ta’limotlari ila boyitgan ulug’ salaflarimiz – Ahmad Yassaviy, Bahovuddin Naqshband, Najmiddin Kubro, Abduxoliq G’ijduvoniy, Kaffol Shoshiy, Хoja Ahror Valiy singari bobokalonlarimiz aziz nomlari tiklanib, asarlari chop etilib, bebaho meroslaridan bahra olayapmizki, bu biz uchun katta baxtdir.


Yüklə 62,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin