Mavzu: Sharq uyg’onish davrida ilm-fan madaniyati. Muhamad ibn Muso al-Xoramiyning ilmiy me’rosi va uning didaktiv qarashlari. Reja


Sharq Uyg’onish davri allomalari ijodining jahon fani ravnaqidagi o’rni



Yüklə 62,08 Kb.
səhifə4/6
tarix19.06.2023
ölçüsü62,08 Kb.
#132290
1   2   3   4   5   6
3)

Sharq Uyg’onish davri allomalari ijodining jahon fani ravnaqidagi o’rni.
Ma’lumki, Sharqda, aynan O’rta Osiyo zaminida yuz bergan Uyg’onish jarayoni xususan dunyoviy fanlar rivojida alog’ida yuksalish bosqichi bo’ldi. Bu borada ilm-fan va madaniyat taraqqiyotida turli tarixiy davrlarda faoliyat ko’rsatgan «Ilm uylari» - Bag’doddagi (819-833) «Bayt ul-hikmat» (Bag’dod akademiyasi), Хorazm poytaxti Urganchdagi «Ma’mun akademiyasi», shuningdek «Ulug’bek akademiyasi» va boshqa ko’plab yuksak ilm dargohlarining o’rni va ahamiyati beqiyosdir. Uyg’onish davri o’z yuksak aql-zakovati, salohiyati, izlanishlari bilan fanning ko’plab sohalarida muhim kashfiyotlar o’ilgan qanchalab buyuk daholarni yetishtirib berdi. Ular jahon fanining tibbiyot, falakiyot, matematika, jug’rofiya, tarix, geologiya, geodeziya, minerologiya, farmakologiya va boshqa yo’nalishlarining tamal toshini yaratdilar.  Bu muqaddas zamindan yetishib chiqqan Muhammad Muso al-Хorazmiy, Ahmad al-Farg’oniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Abu Nasr Forobiy, Abu Bakr Muhammad Narshaxiy, Abu Abdullo Хorazmiy, Mahmud az-Zamahshariy, Burhoniddin Marg’inoniy, Nizomulmulk, Kaffol ash-Shoshiy, Mirzo Ulug’bek, Qozizoda Rumiy, G’iyosiddin Jamshid Koshiy, Ali Qushchi va boshqa buyuk siymolar nomini haqli ravishda ehtirom bilan tilga olamiz. Milliy mustaqilligimiz sharofati tufayli ularning boy ilmiy merosi sarchashmalaridan tag’inda mo’l-ko’l baxramand bo’la boshladik. «Istiqlol sharofati bilan, - degan edi Islom Karimov, - ma’naviyat buloqlarining ko’zi ochildi, biz bu buloqning zilol suvlaridan bahramand bo’la boshladik. Sho’ro davrida unutilgan qadriyatlarimiz, nomi qoralangan bobokalonlarimizning durdona so’zlarini biz obi kavsardek ko’zimizga surtmoqdamiz. O’ylaymanki, biz nimaga erishgan bo’lsak, ana shu savobli ishlarimiz uchun Allohning bizga in’om etgan marhamatidandir».[2] Allomalarimizning qomusiy bilimdonliklari shundaki, ularning har biri bir emas, balki ko’plab ilm-fan yo’nalishlarida ulkan kashfiyotlar o’ildilar. Bu jihatdan Muhammad Muso al-Хorazmiy (783-850), Ahmad al-Far¨oniy (797-865), Abu Nasr Forobiy (873-950)larning fandagi jasoratlari ibratlidir. Agar al-Хorazmiy matematikaga oid «Hisob aljabr va al-Muqobala», «Hind hisobi haqida kitob», «Astronomik jadvallar», «quyosh soatlari haqida risola» asarlari bilan matematika (algoritm) va astronomiya fanlarining tamal toshini qo’ygan bo’lsa, uning «Kitob surat al-arz» asari arab geografiyasi fanining tom ma’noda yaratilishiga negiz bo’lib xizmat qildi. Olimning «Kitob at-tarix»i esa Movarounnahr, Хuroson va Kichik Osiyo xalqlari tarixining VIII-IХ asrlari davrini o’rganish uchun muhim manba hisoblanadi.
Ma’lumki arablar Iroq, Misr va Suriyani istilo qilgunga qadar yunon alifbosiga asoslangan raqamlardan foydalanganlar. VII asrdan boshlab esa arab alifbosi harflari bilan ifodalanuvchi raqamlar qo’llanilgan edi. Al-Хorazmiy Hindistonda kashf qilingan o’n raqamidan iborat sanoq tizimini o’rgandi, soddalashtirdi va birinchi marta arab tilida bayon qildi. Al-Хorazmiy «Arifmetika» si bilan birga hind raqamlari ham arab dunyosiga kirib keladi. XII asrda Yevropaning boshqa mamlakatlariga tarqaladi. Arab raqami hanuz jahonda shunday deb yuritiladi. Uni jahonga tanitgan Al-Хorazmiy ekani Abu Rayxon Beruniyning «Hindiston» asarida ham aytib o’tilgan. U o’z davridagi Bag’dod ilmiy Akademiyasi faoliyatiga rahbarlik qilgan, bu esa uning nufuzining ko’tarilishiga katga ta’sir ko’rsatgan. Astronomiya, geografiya va boshqa fan sohalarida muhim kashfiyotlar o’ilgan Ahmad al-Farg’oniy nomi ham mangulikka daxldordir. Chunonchi, olimning «Astronomiya asoslari haqida kitob», «Al-Farg’oniy jadvallari», «Yetti iqlimni hisoblash haqida» singari asarlari allomaga astronomiya ilmida jahoniy shuhrat keltirdi. U Yer sharining ilk bor xaritasini tuzgan birinchi buyuk geograf olim hamdir. U nafaqat Sharq dunyosida shuhrat qozonib qolmay, balki G’arb olimlari e’tirofiga ham sazovor bo’lgan. Shu bois u Yevropada «Alfraganus» nomi bilan mashhurdir. Bejiz yurtboshimiz Al-Farg’oniyni «...kishilik tarixidagi ilk Uyg’onish davrining eng zabardast va yorqin namoyandalaridan biri, o’z zamonasi fundamental fan asoschilaridan edi. Uning merosi insoniyatning yangi ilm cho’qqilariga ko’tarilishiga sababchi bo’ldi, butun ma’rifiy dunyo olimlari uchun dasturulamal bo’lib xizmat qildi»,[3] deb ta’rif etgan edi.
Тabiiy va ijtimoiy fanlar rivojiga birdek katta hissa qo’shgan, geologiya, minerologiya, geodeziya, geografiya, farmakologiya fanlarining tamal toshini qo’yishga muvaffaq bo’lgan Abu Rayhon Beruniy (973-1048) ham ilm-urfon osmonining porloq yulduzlari sirasiga kiradi. Uning qalamiga mansub «Ma’sud qonuni», «Saydona», «Minerologiya», «Astronomiya kaliti», «quyosh kitobi» singari asarlari necha asrlar davomida turli yo’nalishlarda faoliyat yurituvchi dunyo olimlari uchun bitmas-tuganmas ilmiy xazina rolini o’tab keladi. Olimning chuqur ilmiy yirik fundamental asari - «Hindiston» to’g’risida so’z yuritgan akad. V.R.Rozen «Sharq va G’arbning qadimgi va o’rta asrdagi butun ilmiy adabiyoti orasida bunga teng keladigan asar yo’q»,[4] deb baho beradi.
Beruniy zamondoshi, ko’xna Buxoro zaminidan yetishib chiqqan Abu Ali ibn Sino (980-1037) nomi tibbiyot ilmi bilan hamohang, tibbiyotni haqiqiy fan sifatida shakllanib o’z maqomiga ega bo’lishiga asos solgan buyuk olimdir. Zotan, uning 5 jildli «Kitob al-qonun fit- tib» («Тib qonunlari») asari aynan tibbiyotga oid benazir dasturulamal kashfiyotdir. Bu asarlar majmuini ko’zdan kechirar ekanmiz, allomaning yuksak tabiblik salohiyatiga, kasalliklarni aniqlash, ularni davolash borasidagi yuksak mahoratiga tan beramiz. Jumladan, «Al-qonun» ning ikkinchi kitobida 800ga yakin dori-darmonlarning xususiyatlari, ularni tayyorlash va iste’mol qilish usullari buning isboti bo’la oladi. Olimning falsafa va tabiiy fanlarga doir 4 qismdan «Kitob ash-shifo», “Donishnoma” asarlari ham mavjuddir. Ibn Sinoning tibbiyotdan tashqari ko’plab tabiiy va ijtimoiy fanlar bilan faol shug’ullanganligi, muhim yutuqlarga erishganligi ham ibrat bo’larlidir.
O’rta Osiyo zamini juda qadim zamonlardan ijtimoiy-gumanitar fanlar rivoj topgan makon hisoblanadi. Ayniqsa tarix, falsafa, mantiq, fiqh (huquqshunoslik) fanlari bunda muhim o’rin tutadi. Bu xususda gap borganda falsafa fanida nom qozongan, Sharqda «Muallimi Soniy» («Ikkinchi muallim», Arastudan keyin) nomi bilan mashhur bo’lgan Abu Nasr Forobiy (873-950), fiqx-huquqshunoslik sohasida benazir allomalar: Nizomulmulk (1017-1092), Mahmud az-Zamahshariy (1075-1144), tarixnavis Muhammad Narshaxiy (899-959) xizmatlarini ta’kidlamoq lozim bo’ladi. Bunda Forobiyning falsafada o’z ilmiy maktabini yaratib, yunon falsafasi mohiyatini ochib, tushuntirib, shu bilan birga o’zining sharqona falsafiy ta’limotini ko’plab asarlarida, aytaylik, «Ilmlarning kelib chiqishi va tasnifi», «Fozil odamlar shahri» va boshqalarda asoslab bergan bo’lsa, Nizomulmulk «Siyosatnoma»sida hukmdorlarning davlatni boshqarish, uni idora qilishga oid ko’plab qimmatbaho yo’l-yo’riqlar, dasturulamal ko’rsatmalar katta mahorat bilan qayd etilgan. Hatto Amir Тemurdek buyuk davlat arbobi ham bu kitobga necha bor murojaat etganligi ma’lumdir.
Umuman IX-XII asrlarda yuz bergan Uyg’onish davrida Sharqda, xususan o’rta Osiyodan o’z yurtlari shonu sharafini yuksaklarga ko’tarib, betakror ilmiy kashfiyotlar, chinakam mo’’jizalar yaratgan mashhur iste’dod sohiblari yetishib chiqdiki, ular jahon madaniyati xazinasiga munosib hissa qo’shdilar hamda keyingi avlodlarga bitmas-tuganmas noyob boy meros qoldirdilar. Biz ko’zdan kechirayotgan asrlarda Sharqda ilm-fan va madaniyatning yuksak darajada ravnaq topganligi ayni chog’da boshqa sohalarda, xususan me’morchilik hamda tasviriy san’atda ham o’z ifodasini topdi. Bunda ko’p jihatdan bu davrda o’lka hududlarida hukm surgan tinchlik, osoyishtalikning sharofati ham katta bo’ldi. Shu davrda mahalliy hukmdorlarning sa’y-harakatlari tufayli shaharlarda noyob tarixiy obidalar, hashamatli binolar, ilmiy-madaniy maskanlar, kutubxonalar, masjidu-madrasalar qad ko’tardi. Ayniqsa xalq ichidan chiqqan mahalliy ustalar, naqqoshlar, kulollar, zargarlar tomonidan yurt dovrug’ini olamga tanitgan, ajoyib me’morchilik obidalari, tasviriy san’at namunalari yaratildi. Bu davr shaharsozligida xom g’ishtlar va paxsalardan keng foydalanilgan. Ularni shinamligi va ko’rinishini yanada ko’rkamlashtirishda ohakli qorishmalar ishlatilib, gajakdor qilib ishlov berilgan. qurilgan ayrim masjidlarning mehroblari esa silliqlangan g’ishtlar, o’yma ganchlar va hatto tillo suvlari bilan ham bezatilgan. Har bir shahar markazlarida kitob do’konlari, madaniy mollar bo’lishiga alohida e’tibor berilgan.
O’rta Osiyo Uyg’onish davrining yirik me’moriy obidalari sirasiga Buxorodagi Ismoil Somoniy maqbarasi (Х asr), Samarqand yaqinidagi Тim qishlog’idagi Arab ota maqbarasi (977-978), Uzun (Surxondaryo) tumanidagi Хo’ja Naxshron maqbarasi (IХ-Х asr), Namozgoh, Marvdagi Sulton Sanjar (ХI asr), O’zgandagi qoraxoniylar maqbarasi, G’azna yaqinidagi marmar qotishmalardan tiklangan g’aznaviylar yozgi saroyi, Buxorodagi Minorai Kalon (1127), Vobkent minorasi (1192), Jarqo’rg’on minoralari va boshqa ko’rkam me’morchilik inshoatlarini nisbat berish mumkin. Bu davrda me’moriy binolardan tashqari yo’nilgan g’isht va suvga chidamli qurilish qorishmalaridan turli-xil o’lchamli, g’oyat puxta ishlangan inshootlar, suv omborlari - bandlar, novlar, ko’priklar, sardobalar va korizlar qurilgan. Х asrdan boshlab binokorlikda sinchli imoratlar qurilishi keng tarqalgan. Yakkasinch va qo’shsinchli binolar asosan yog’ochlarni payvandlash uslubida qurilib, sinchlarning orasi xom g’isht yoki guvalalar bilan urib chiqilib, somon loylar yoki qumli loylar bilan suvalgan. Bunday qurilma imoratlar ХII asrda ham shahar me’morchiligida asosiy o’rinni egallagan hamda zilzila silkinishlariga o’ta chidamli bo’lgan. Ajdodlarimizning Uyg’onish davri me’morchiligi sohasidagi bunyodkorliklari bugunga qadar ham saqlanib qolingan. Ushbu tarixiy ma’lumotlarni olimlarimiz Afrosyob, Varaxsha, Buxoro, Poykand va boshqa shaharlar xarobalari misolida ham tadqiq etadilar.  Sharqiy o’lkalarda IХ-ХII asrlarda me’morchilik bilan birga tasviriy san’at, naqqoshlik, sopol ishlash va ganch san’ati ham ancha rivoj topib borgan. Imoratlarni o’ymakor ustun va to’sinlar bilan, devorlarni esa bo’yoqli yoki ganchkorlik naqshlari bilan bezash keng tarqalgan. Bunga misol qilib, Zarafshonning yuqori oqimidagi Oburdom degan manzilda Х asrda barpo etilgan naqshinkor bino namunasini ko’rsatish mumkin. Inshootda o’ziga xos yangilik, go’zallik, ya’ni mahalliy an’ana, badiiy shakl ko’zga yaqqol tashlanadi. Shuningdek, ХІ-ХІІ asrlarga tegishli Samarqand bilan Buxoro oralig’ida bunyod etilgan Raboti Malik karvonsaroyi peshtoqiga ishlangan ganch o’ymakorligi ham tahsinga loyiqdir. Naqqoshlik san’atining taraqqiyoti o’z navbatida kulolchilik, misgarlik va zargarlikning rivojlanishiga ham turtki bo’ldi. Samarqand, Buxoro, Тoshkent va boshqa shaharlar ushbu sohalarda rivoj topgan markazga aylandi. Bu davrda ishlangan sopol buyumlar nihoyatda chidamli bo’lib, shahar va qishloq aholisining kundalik hayotiga kirib borgan, shuningdek, bu mahsulotlar chet mamlakatlariga ham chiqarilgan. Kulolchilik mahsulotlarini tayyorlash jarayoni esa butun boshli ishlab chiqarish jarayonlarini o’ziga qamrab olgan. Shu bilan birga bu davrda kumush, mis, bronzadan naqshinkor badiiy san’at buyumlari, chiroyli va bejirim idish-tovoqlar, qadahlar yasash ham rasm bo’lgan va ularning ko’rinishlari san’atkarona tarzda ustamonlik bilan bezatilgan. Bu sohada Samarqand, Farg’ona, Тoshkent, Хorazm, Naxshob, Kesh shaharlarining o’ziga xos maxsus maktablari faoliyat ko’rsatgan. Bunday jarayonlarning rivojlanishi xattotlik san’atining ham keng yoyilishiga bois bo’ldi. Hali kitob bosish kashf etilmaganligi, qo’lyozma kitoblardan nusxalar hattotlar tomonidan qo’lda ko’chirilishi sabab xattotlik san’ati ancha rivoj topdi. Usta xattotlar va husnixat egalari o’z san’atlarini kitoblar bezash, masjid, madrasa xonaqolarning peshtoqlari, gumbazlari, eshiklari va devor ustunlariga har xil oyatlar yozish, saroylarda xonlar, amirlar, sultonlar va hokimlar sha’niga madhiyalar bitish kabi ishlarda namoyon etganlar, ularning mehnatlari esa juda qadrlangan.
Shu narsa diqqatga sazovorki, Uyg’onish davriga xos me’morchilik va unda ishlangan me’moriy naqsh uslublari o’z navbatida ajdodlarimizning hayotda ijodkor va bunyodkor bo’lganligini to’la tasdiq etadi. Ularning yaratgan noyob ishlari san’at asarining durdonalari sifatida hozirga qadar ham ajdodu avlodlar e’zozu hurmatiga sazovor bo’lib kelmoqda. Biz avlodlar o’tmishda Vatanimiz hududida shunday qo’li gul, yuksak yaratuvchilik salohiyatiga ega bo’lgan, xalqimiz va madaniyatimizni dunyoga tanitgan bunday ulug’ ajdodlarimiz bilan xaqli ravishda faxrlana olamiz.



Yüklə 62,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin