Kurs ishi mavzu: arizalar va anketa orqali yozishni o’rganish reja



Yüklə 86,43 Kb.
səhifə5/10
tarix04.05.2023
ölçüsü86,43 Kb.
#107526
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1.4 Yozma nutq mashqlari
Nutq mashqlariga quyidagilar kiradi: bayon, hikoya, tasvir, insho, xat (maktub) yozish. Avval tinglangan va o‘qilgan mazmunan bog‘lanma jumlalar guruhini yoddan yozma nutq mashqlarini bajarishda dastlabki qadam hisoblanadi. 0‘qilgan matnni qisqartirish, ya’ni asosiy mazmunni ifodalovchi tayanch jumlalarni ajratish. Shu jumlalarni ichki qisqartirish navbatda bajariladigan yozma nutq mashqlaridandir. Endi o'quvchilarga qisqartirish bilan birga mashqning shaklini o‘zgartirish tavsiya qilinadi. Matn mazmunini saqlagan holda o‘zgacha jumlalar bilan yozma bayon etishga o‘rgana boshlashadi. 0 ‘zgartirish mexanizmini egallash va matn mazmunini ,,o‘z so'zlari bilan“ yozish orqali bayon mashqini bajarishga o‘tiladi. Bayon yozish tegishli tayyorgarlik ishlarini talab etadi: zarur nutq namunalarini tanlash, matnni qismlarga ajratish va ulaming mazmunini tahlil etish va ketma-ketligini aniqlash kabi mashqlar bajariladi. Nihoyat, o‘qilgan yoki tinglangan matn mazmuniga suyanib, xat (maktub), devoriy matbuotga maqola kabilami yozma tayyorlash mashq qilinadi. Ushbu tadbirlar oqibatida eng murakkab ish turlaridan inshoni mashq qilishga o‘tiladi. Chet tillar bo‘yicha ,,insho“ shartli tushunilmog‘i kerak. Tom ma’nosi bilan insho faqat ona tilida mashq qilinadi. Yuqori sinflarda muayyan mavzu yuzasidan o‘z fikrini (munosabatini) yozma bildirish mashqi sifatida insho og‘zaki o‘rganilgan nutq mavzusi va til materiali asosida yoziladi. Yozma nutq mashqlarini bajarishning yuksak darajasida xat (maktub) yoziladi. 0 ‘quvchilar turmushi bilan bog‘liq mazmunda xat yozish haqida gap boradi. 0 ‘quvchilar xat yozishlari uchun ularga muallim quyidagilarni o‘rgatadi: xatning mazmunini aniqlash; muayyan nutq namunalari va leksik birliklarini tanlash; xatni to‘g‘ri rasmiylashtirish. Xatning mazmuni deganda, o‘quvchilar og‘zaki nutq yuritadigan mavzular doirasida yozma fikr bildirish tushuniladi. 0‘quvchi o‘zi haqida, maktabi, oilasi, shahri/qishlog‘i, respublikasi (vatani) to‘g‘risida yozadi. Nutq namunalari va leksikani tanlashda epistolar (maktubiy) shakldagi, yozuvga xos nutqiy muomala ifodasi, tabrik, minnatdorchilik bildirish, xatni yakunlash kabilarga doir jumla va so‘zlami daftarga yozib borish zarur. Xatni rasmiylashtirish bobida uning yozilgan kuni, murojaat shakli, imzo chekish, manzilgohni yozish singari ishlar nazarda tutiladi. (Sinfda xat namunasini ko‘rinadigan joyga qo‘yish zaruriyati tug‘iladi.) Yozish va yozma nutq bo‘yicha amalda joriy mashqlardan namunalar keltirildi, xolos. Har bir sinfda sharoitga qarab, o‘quvchilar ko‘nikma va malakalarining rivojlanish darajasini hisobga olib, yozuv mashqlarini bajarishning xususiy tartiboti belgilanadi.

Yüklə 86,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin