Kurs ishi mavzu: arizalar va anketa orqali yozishni o’rganish reja


I bob YOZUVNING AHAMIYATI VA O’RNI



Yüklə 86,43 Kb.
səhifə2/10
tarix04.05.2023
ölçüsü86,43 Kb.
#107526
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10



I bob YOZUVNING AHAMIYATI VA O’RNI
1.1Yozuv nutq faoliyatining turi va malaka sifatida
Maktabda o‘rganiladigan chet tildagi nutq faoliyati turlari (gapirish, tinglab tushunish, o‘qish)dan yozuvning farqi, uning til o‘rganishda tutgan mavqeyi bo‘lib, u o‘qitish maqsadi maqomiga ega emas, balki ta’lim vositasidir (,,maqsad“ va ,,vosita“ terminlari haqida III bobning „Chet til o‘qitishning amaliy maqsadi“ mavzusida tegishli ma’lumotlar berildi). Barcha nutq faoliyati turlari va nutqiy malakalar qatorida teng huquqli bo‘lgan ,,yozuv“ tushunchasi qamrovini tashkil etadigan semantik doirasini ochib beramiz.
Avvalo, ,,yozmoq“ (turkiycha o‘zak)dan olingan ,,yozuv“, ,,yozish“, ,,yozma“ terminlari izoh talab qiladi. Ikkinchi toifada „yozma nutq“, „yozma muloqot“, „yozish texnikasi", „yozma mashq“, „yozma ish“, „yozuv ko‘nikmasi/malakasi“ va yunoncha ,,yozuv-chizuv“ni ifodalaydigan, ,,grafika“, ,,grafema“, „kalligrafiya“, ,,orfografiya“ hamda lotincha (dictare — yozish uchun aytish) ,,diktant“, arabchadan kirgan ,,bayon“, ,,insho“ singari terminlar uchraydi. Uchinchi masala ,,harf‘ bilan bog‘liq (harfiy timsol, harf birikmasi, digraf, alifbo, alifbe kabi) terminlami aks ettiradi. Ma’lumki, o‘zbek maktablarida chet til o‘qitish metodikasiga oid aksariyat terminlar turli sabablarga ko‘ra rus tilidagi adabiy manbalardan o'zlashtirilgan..Bilamizki, bir termin bir necha ma’noda qo‘llanadi, shunday ekan, o‘zbekchaga ham bu hol noma’qul ta’sir qilgan (polisemiya tabiiy hodisa, lekin termin, odatda, bir ma’noli bo‘lishi shart). Yozuvni o‘rgatishga doir ro‘yxatda qayd etilgan terminlarni metodika nuqtayi nazaridan umumlashtirib tahlil qilamiz. Chet tilda yozuv deganda, ushbu til vositalari qo‘llanib, yozma shaklda fikr bayon etish tushuniladi. Yozma nutqda qo‘llanadigan lisoniy vositalarni, birinchidan, grafemalar va yozma shakldagi leksik va grammatik birliklar tashkil etsa, ikkinchidan, ularning qo‘llanishi (yozilishi) yozma nutqning yozish texnikasi sanaladi. Demak, grafik vositalar va ularning texnikaviy jarayoni haqida so‘z yuritildi. Material va uni qo‘llash tushunilmoqda. Yozish texnikasidan foydalanib, fikr chet tilda yozma bayon etilsa, yozma muloqot yuz beradi. AQSH chet tillar o‘qitish metodikasining atoqli namoyandalaridan Garvard universiteti professori Uilga M. Rivers fikricha, savodli bo‘lish — o‘qish va yozuvni bilish, degan ma’noni anglatadi1. 0 ‘qish va yozuv yozma nutqning ikki ,,pallasi“dir, birinchisida yozilgan material o‘qiladi, ikkinchisida esa odatda o‘qishda o‘zlashtiriladigan fikr yozma izhor etiladi. Axborotni yozma bayon etish ikki yo‘l bilan ro‘yobga chiqariladi: chunonchi
1.o‘z fikrini yozish
2. aytib (o‘qib) turilgan o‘zga shaxs nutqini yozuvda ifodalash.
Har ikkala holatda ham yozma matn yaratiladi. Ushbu bob nomida istifoda etilgan „Yozuvni o‘rgatish“ termini ikki tushunchani ifodalaydi, ya’ni yozish texnikasini va yozma nutqni (fikrni yozma bayon etishni) o‘rgatish ma’nolarida kelgan. Yozish texnikasi deganda, grafika (tovush-harf munosabati va harfning ma’no bildirish vazifasi), kalligrafiya (husnixat), orfografiya (imlo) nazarda tutiladi. Yozma nutq termini esa grafik tarzda ifodalangan axborot va nutq muloqoti jarayoni ma’nolarini qamrab oladi. Grafika о‘qish va yozish texnikasi tushunchalari bilan chambarchas bog‘liq. Harf-tovush munosabati ko'zda tutiladi. Husnixat tushunchasi tarkibiga tovush va tovush birikmalarini yozuvda tasvirlaydigan yozuv-chizuv vositalari majmuasi (harflar, harf birikmalari, harf usti va osti belgilari) kiradi. Imlo — so‘zlarni (gaplarni) yozish va ularga doir qoidalar yig‘indisidir. Husnixat harf, harf birikmasi so‘z asosida, imlo esa morfema, so‘z (gap) darajasida, yozma nutq esa gap, abzas va bog‘lanma matn materialida o‘rgatiladi. Yozma nutq boshqa reproduktiv nutq faoliyati turi — gapirish zaminida, ya’ni uning lisoniy materiali va mavzulari doirasida shakllanadi. Yozuv (ya’ni yozma nutq) malakalari quyidagi ko‘nikmalardan tashkil topadi:
1.husnixat ko‘nikmasi;
2.imlo ko‘nikmasi;
3.tuzish (yozma fikr bayon etish maqsadida gaplarni biriktirish) ko‘nikmasi;
4.yozuvning leksik va grammatik ko‘nikmalari kabilar.
Yozish tarixi uch xil yozma nutqni o'z ichiga oladi.

  1. Dastlab, piktografik xat tug'ildi. Odamlar o'zlarining fikrlarini diagramma va chizmalar orqali ifoda etdilar. Misol uchun, qo'lidagi tayoqchani ushlab turgan otga o'xshash bir otliqning qiyofasi, toshbaqani tasvirlaydigan qayiqlar quyidagicha edi: "Odamlar ko'l bo'ylab qayiqda o'zlarining yo'lboshchilari bilan ketishdi".

  2. Bugungi kunda xitoycha yozuvlarda ideografik xat qo'llaniladi. Ideografik tasvir ma'lum bir tilning so'zlari bilan bog'liq emas. Bu raqamlar tasviri degan ma'noni anglatadi. Misol uchun, quyosh va oyning qiyofasi quyosh va oyning chizilgani kabi dekodlashni olib bormaydi. Ular ba'zi narsalarni belgilashlari mumkin.

  3. Yozma nutqning eng keng tarqalgan turi - nutq maktabi. Maktublar inson tomonidan bildirilgan va u tomonidan eshitishgan kishilarga to'liq mos kelmaydi.

Yozishni o'rganish uchun siz bir so'z turlaridan ikkinchisiga o'tishni yaratishingiz kerak. Shunday qilib, o'qish jarayonida ko'rinadigan so'zdan og'zaki so'zga va odamning gapiga qanday o'tish bor. Yozma ravishda, buning aksi haqiqatdir.
Yozma nutqning xususiyatlari
O'z fikrini yozma nutq bilan etkazish uchun, bir kishi matnni o'qiydigan odamning fikrini tartibga solishga yordam beradigan paragrafni ishlatadi. Bo'shliq paneli matnning bir qismini bir-biridan ajratib qo'yishga imkon beradi. Agar ma'lum tanlovlar, shriftlar foydalansangiz, bu bilan siz o'quvchining diqqatini ma'lum bir ma'lumotga jalb qilishingiz mumkin.


Yüklə 86,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin