Bolalarning aqliy jarayonini rivojlantirish uchun ularning nutqini o‘stirish zarur: Bola har bir so‘z manosini tushuna olishi uni o‘z nutqida erkin ifodalashga muvofiq bo‘lishi kerak. Tushunchalar tizimiga moslashgan bola o‘z fikrini jamlab gapirishga va ifodalab berishga o‘rganadi.
Savodga tayyorlash bo‘yicha o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarda savodga o‘rgatish ikki davrga ajratiladi.
Savodga tayyorlash bo‘yicha o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarda savodga o‘rgatish ikki davrga ajratiladi.
Tayyorgarlik davri.
Asosiy davr (Savodga tayyorlash).
Savodga o‘rgatishning tayyorgarlik davri vazifalari sentabr, oktabr oylarida rejalashtiriladi. Bu davrda quyidagi ishlar olib boriladi:
1. Tovushlarni to‘g‘ri talaffuz etish va so‘zning tovush tarkibi haqidagi tasavvurlarini aniqlash va shakllantirish.
2. Unli va undosh tovushlar haqida tushuncha berish.
3. Jarangli va jarangsiz tovushlarni ajratishga o‘rgatish asosida fonematik idrokni va tasavvurni rivojlantirish.
4. Oddiy tahlil va sintez qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish.
Nutq o‘stirish va savodga tayyorlash mini muhitiga M. Montessori va boshqalarning nutq o‘stirish bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazishning turli uslublarini qo‘yish mumkin. Hozir maktabgacha yoshdagi bolalarni o‘qishga o‘rgatish to‘g‘risida munozaralar o‘tkazishayapti. Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, tarbiyachi metodik jihatdan ishni to‘g‘ri tashkil etishi lozim. To‘g‘ri tashkil etilgan o‘yin faoliyati orqali bolalar harflar bilan o‘ynashadi, o‘qishga o‘rganishadi, so‘zlar yozilgan turli tuman kartochkalardan, yirik bosma shriftlar, chiroyli rasmlardan foydalanishadi.
Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, yuqorida ko‘rsatilgan shart-sharoitlarda psixikasi sog‘lom bola sezilarli darajada an’anaviy davlat ta’lim standartlaridan o‘zib ketadi, rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar esa o‘z yoshlariga mos yetarlicha bilim va malakalar oladilar. Yuqori darajada olinadigan bilimlar darajasi har bir bolaning individual imkoniyatlariga bog‘liq. Ijodiy–rivojlantiruvchi muhitni to‘g‘ri tashkil etish bola shaxsining har tomonlama yetukligi: mustaqil, maqsadga intiluvchan, ishni to‘g‘ri rejalashtira olish qobiliyatlarini takomillashtiradi. Bunday vaziyat bolani to‘g‘ri anglab harakat qilishga o‘rgatadi. Tarbiyachilar bolalarning o‘xshamaydigan xislatlarini qadrlashlari, o‘ziga xos individual bo‘lishlarini hurmat qilishlari lozim.