Kurs ishi mavzu: boshlangich sinf o’quvchilarini tarbiyalashda tejamkorlikdan foydalanish



Yüklə 405 Kb.
səhifə6/15
tarix20.04.2022
ölçüsü405 Kb.
#55878
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
11.Boshlang`ich sinf o`quvchilarini tarshda trjamkorlik

Harajat turlari.

Uy-joy avtombil, zamonaviy texnika an’anaviy tadbirlar kabilarga sarflanadigan mablag‘ katta harajatlar hisoblanadi.

Turli uy-ro‘zg‘or anjomlari (bolg‘a, tesha, supurgi, changyutgich, qozon, idish-tovoq va boshqalar), ro‘zg‘origa oid, zarur kichik jihozlar, mayda-chuydalarga sarflangan mablag‘ kichik harajatlar deb ataladi. Oziq-ovqat mahsulotlari uchun, oilaga qo‘shimcha daromad keltiruvchi xo‘jalikka yo‘naltirilgan sarflar hamda kundalik ehtiyoj uchun ajratiladigan mablag‘lar doimiy harajatlar sanaladi.

Uy-hovli soliqlari, radio, telefon, gaz, suv, elektr kabilarga, o‘quv to‘lovlar, mavsumiy kiyim-kechaklar, o‘quv qurollari va boshqalarga sarflanadigan mablag‘lar takrorlanuvchi harajatlar deb yuritiladi.

Oila byudjetini to‘liq va to‘g‘ri tushunishdan iqtisodning tub ma’nosini anglash, shuningdek «Iqtisod» qasrining sehrli kalitini topish boshlanadi. Gap shundaki, oila va uning a’zolari ehtiyoji chegaralanmagan. Masalan: hamma oila hashamatli uy-joy, zamonaviy avtotransport, texnikaviy jihozlarga, eng yaxshi kiyim-kechak, sifatli oziq-ovqat, ko‘rkam dala-hovli kabilarga ega bo‘lishni istaydi. Ammo,oila byudjeti doimo chegaralangan.

Demak, chegaralangan imkoniyatdan samarali foydalangan holda chegaralanmagan ehtiyojni qondirish muammolarini yechish iqtisodiyotni keltirib chiqaradi.

Oila byudjetini sarflash yo‘nalishlari ehtiyoj turining ahamiyatiga qarab o‘zgaradi. Masalan, oila a’zolarini avtomobil olishga bo‘lgan ehtiyoji birinchi o‘ringa qo‘yilsa, qolgan yo‘nalishlardagi sarf-harajatlar avtomobil sotib olish maqsadiga erishguncha qadar kamaytiriladi. Shuningdek, yuqoridagi yo‘nalishlarda ko‘rsatilgan katta harajatlarga bo‘lgan ehtiyoj maqsadga aylancha, qolgan yo‘nalishlari sarflanadigan mablag‘ o‘z-o‘zidan kamayadi.


Yüklə 405 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin