Kurs ishi Mavzu Fe’l. Bajardi 202 guruh talabasi To’raqulov G‘
Sifatdosh shakllari va uning turlari. O’zgalovchi kategoriyasining tarkibiy qismi bo’lgan sifatdosh nutqda fe’llarni otlarga (ba’zan fe’llarga) bog’lash vazifasini o’tashga ixtisoslashgan. Bu vazifa – barcha sifatdosh shakllari uchun mutlaq substantsial mohiyat.
Sifatdoshlar tabiatan «fe’lni fe’lga bog’lash» belgili noto’liq ziddiyatning majhul, noaniq uzvi. Bu ziddiyatda ravishdosh kuchli a’zo hisoblanadi. Sifatdosh, asosan, fe’lni otga, qisman fe’lga (masalan,mast qiladigan kulishi, dilni vayron qiladigan yig’lashi kabi) bog’lash vazifasini bajaradi. Shuningdek, bu shakl ba’zan analitik, perifrastik shakllar tarkibida ham fe’lni fe’lga bog’lashi mumkin.
Sifatdoshlarning sintaktik imkoniyati asosida uning ma’noviy xususiyati yotadi. Bu ma’noviy xususiyat – fe’l anglatgan harakat yoki harakat natijasini narsaG’predmetning belgisi sifatida nutqda voqelantirish. Shuning uchun tilshunoslar sifatdoshni sifat va fe’l oralig’ida turgan so’z sifatida baholashadi. Mana shu jihati bilan ular ravishdoshdan tubdan farq qiladi. Ravishdoshlar o’zgalashish jarayonida fe’lning lug’aviy ma’nosini o’zgartirmay, unga faqat tobelovchi sintaktik vazifa yuklasa, sifatdoshlar fe’ldagi dinamik belgini barqarorlashtirib, uning lug’aviy ma’nosini ko’proq modifikatsiya qiladi.
Manbalarda sifatdoshning quyidagi shakllari ajratiladi:
[-gan]; [-(a)r]; [-(u)vchi]; [-mish]; [-ajak]; [-asiG’gusi]. [-(a)r] shakli mavjud darslik va adabiyotlarda umumzamon, doimiylik ma’nocini ifodalovchi (aytar gap, ketar odam) sifatdosh shakli sifatida qaraladi. Lekin bu shaklning kammahsulligi va uni olgan sifatdosh ko’proq sifatga yaqin turishi o’zbek tilshunoslari tomonidan e’tirof etilgan. Chunki «uning yordamida sifatdosh hosil bo’lishi o’zbek tilida juda kam uchraydi. Mazkur ko’rsatkich yordamida qo’llanuvchi ayrim so’zlar fe’ldan ko’ra sifatlarga juda yaqin turadi: oqar suv, so’nmas hayot kabi. Hozirgi-kelasi zamon fe’lining keladi, ishlaydi va keladigan, ishlaydigan tipidagi shakli kelib chiqqach, bu shakl yordamida yasaluvchi sifatdosh hozirgi-zamon fe’liga aylangan» («O’zbek tili grammatikasi, I tom). Demak, [-(a)r] shaklini tarixiy sifatdosh shakli sifatida qarashga to’la asos bor.
[-mish]o’zbek tili tarixida tom ma’nodagi sifatdosh bo’lib, bu shaklga «perfekt kesim orqali anglashilgan harakatga nisbatan amalga oshirilgan, sodir bo’lgan harakat» ma’nosini ifodalash xos. Lekin til taraqqiyotining keyingi bosqichi va hozirgi vaqtda o’zbek tili uchun me’yor emasligi bilan xarakterlanadi. O’g’iz tillari va o’zbek tilining o’g’iz shevalariga xos bo’lgan bu shakl o’zbek tilida uchratmasligi uni sifatdosh shakli sifatida qarashga imkon bermaydi.
[-(u)vchi] shakli o’zbek struktur tilshunosligida sifatdoshdan keskin farq qiluvchi ismi foil (harakat bajaruvchi) hosil qiluvchi sifatida baholanganligi uchun unga sifatdosh shakllari qatoridan o’rin berilmadi.
[-ajak], [-asiG’gusi]shakllari – to’la arxaiklashgan sifatdosh ko’rsatkichi.
Demak, tom ma’nodagi sifatdosh shakli sifatida mazkur qatorda [-gan]qoladi. Ma’lumki, [-gan]zamon ma’nosini ko’rsatuvchi va [-gan] shaklining varianti sifatida qaraluvchi [-yotgan], [-adiganG’ydigan] shakliga shu ma’nosi bilan o’tmaydi. Har uchala shakl zamon ma’nosi bilan farqlanganligiva bu zamon kesimga nisbatan belgilanuvchi nisbiy zamonga aylanganligi sababli, ularni sifatdosh shaklining zamon bilan farqlanuvchi ko’rinishi sifatida qarash maqsadga muvofiq.
Demak, sifatdosh shakli[-gan], [-yotgan], [-adiganG’ydigan]ko’rinishiga ega.
Sifatdoshning bu uch ko’rinishi o’zaro «fe’lni otga va qisman fe’lga bog’lash» UGMsiga birday ega bo’lganligi sababli quyida ularning faqat ma’noviy tomoniga e’tibor qaratiladi.
[-gan] ko’rsatkichi bilan shakllangan sifatdoshning ma’noviy xususiyati asosida keyingi fe’ldan anglashilgan harakatdan ilgari sodir bo’luvchi harakatni predmetning atributiv belgisi sifatida ifodalash yotadi. Lekin sifatdosh ifodalagan harakat nutq momentigacha sodir bo’lmagan bo’lishi mumkin. Masalan, Jon xotin, men borguncha shu xatni olib borgan bolani o’ldirib yubor.(Ert.) Bu shaklli sifatdosh ifodalagan harakat davomiy (Sochiga bitta-ikkita oq oralagan xotin chiqib eshikni ochdi) bo’lishi ham mumkin.
To’rt holat fe’li – yot, tur, o’tir, yur fe’llariga qo’shilganganda ham shakl ushbu ma’no bilan bo’ladi. Bu, albatta, fe’lning lug’aviy ma’nosiga bog’liq holda yuz beradi.
[-yotgan] shaklining ma’noviy mohiyati davomiy harakatni narsaG’shaxsning atributiv belgisi sifatida berish. Misollar: Nay ovozi kelayotgan tepaning oldiga etdim. (S.Ayn.) U ho’l o’tin vishillab yonayotgan o’choqqa tikildi. (P.Tur.) Bu shakldagi davomiylik, hozirgi zamon ma’nosi, asosan, shakldagi -yot formantining ma’noviy xususiyati asosida. Chunki yot fe’li kesimdan anglashilgan harakat bilan bir vaqtda yuz bergan davomiy harakatni ifodalaydi. Ma’lumki, [-gan] shakliga bajarilgan, o’tgan zamonga oid harakatni ifodalash xos bo’lib, [-yotgan] shaklli sifatdoshda zamon va davomiylik ma’nosini ifodalashni -yot formanti butunlay o’z zimmasiga olgan va [-gan] shakli hissasiga faqat atributiv belgi ekanlikni ko’rsatish va bog’lash vazifasi qoladi.
[-adiganG’ydigan]shaklining ma’noviy mohiyati doimiy harakatni narsaning atributiv belgisiga aylantirish. Bu shaklning bunday xususiyatga egaligi uning tarkibiy qismi bo’lgan [-adi] formantining qadimda holat fe’li [-ardi] bo’lganligiga borib taqaladi. Holat esa, albatta, davomiy. Xuddi [-yotgan] shaklida bo’lgani kabi, [-adiganG’ydigan] shaklida ham asosiy ma’noni ifodalash mas’uliyati shaklning -adi qismiga yuklatilgan bo’lib, -gan qismida esa xarakatni turg’unlashtirish va fe’lni hokim so’zga bog’lash vazifasi qoladi. Misollar: 1. Eng yaxshi o’qiydigan zehnli bolalarni doskaga chiqarish kerak. 2. Bu akam bilan Ustaxo’janing katta o’g’li turadigan xona ekan. Sifatdosh shakllarining ma’noviy munosabatlari quyidagicha. Shakl UGMsida kategorial ma’no «fe’lni fe’l yoki otga bog’lash» bo’lib, undagi yondosh ma’no «fe’lga sifatlik (atributiv) belgisini berish»dir. Shakl turlari «tegishli keyingi fe’ldan anglashilgan harakatdan oldin sodir bo’lish» belgisi asosida farqlanadi. [-gan] shaklida mazkur belgi ijobiy. [-yotgan], [-adiganG’ydigan] shakl turlarining bu belgiga munosabati majhul. Chunki ularning asosiy xususiyati tegishli fe’ldan anglashilgan harakatdan keyin yoki u bilan bir vaqtda sodir bo’lish bo’lsa-da, ba’zan kontekst talabi bilan oldin yuz bergan harakatni ifodalashi ham mumkin. Misol: Ishlayotgan kishilarni keyinchalik mukofotga taqdim etasiz.[-adiganG’ydigan]shakl turining «doimiylik» belgisi ham uni mazkur belgiga befarq, majhul, noaniq munosabatli qilib qo’yadi.
Demak, ma’lum bo’ladiki, sifatdosh ham ravishdosh kabi o’z mikrosistemasi ichida sifatdoshlik (harakatni barqarorlashtirish, fe’lni otga va qisman fe’lga bog’lash) belgilarini muayyanlashtirish, ixtisoslashtirish jihatidan emas, balki o’zga kategoriyalarning zamon, tarz kabi ma’nolarini ifodalashga ixtisoslashishi jihatdan farqlanadi. [-gan], [-yotgan], [-adiganG’ydigan] qo’shimchalari turli xil sifatdosh emas, balki o’zgalovchi kategoriyaning shakli sifatida namoyon bo’ladigan bitta sifatdosh shaklining boshqa kategoriyalarga xos tajalli ma’nolar bilan farqlanuvchi ko’rinishlari.