Kurs ishi Mavzu: Fe’l. Bajardi: 202 guruh talabasi To’raqulov G‘



Yüklə 68,4 Kb.
səhifə20/22
tarix22.05.2023
ölçüsü68,4 Kb.
#119892
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Kurs ishi Mavzu Fe’l. Bajardi 202 guruh talabasi To’raqulov G‘

O’tgan zamon. Hozirgi o’zbek tilida o’tgan zamon fe’li bir necha shakl yordamida ifodalanadi:
[-di] (o’qidim, o’qiding, o’qidi);
[-gan] (o’qiganman, o’qigansan, o’qigan);
[-(i)b-] (o’qibman, o’qibsan, o’qibdi);
[-ediG’ekanG’emish] (yozgan edim, ishlayotgan edi, ishlagan eding, ishlar edilar, ishlamoqchi edim).
Mazkur shakllarni qabul qilgan fe’l turli ma’no ifodalaydi. Masalan:
a) [-di]: «so’zlovchi ko’rgan, bilgan harakatning nutq momentigacha bajarilganini aniq, qat’iy tarzda ifodalash»: Barno yo’q ekan, bir oz kutdi, kelavermagach, o’tirishga sabri chidamay, idoradan chiqdi. (O. Yoq.);
b) [-gan]: «so’zlovchi va tinglovchi o’zaro suhbatlashib turgan paytda bo’lmagan harakatni ifodalash»: Kapalagini uchirib yuborgan. (H.Naz.); «harakatning bajarilganligi va uning hozir ham mavjudligi»: O’rinda ham gaplashaveramiz, sen juda charchagansan. (I.Rah.);
v) [-(i)b-]: «harakatni bevosita kuzatmaganlik, undan keyin xabardor bo’lganlik»: O’zim ko’rdim, tosh chap elkasiga tushibdi; «to’siqsizlik»: Ustidan oshirib o’q otibman-u, kiprik qoqmaydi-ya! (A.Qah.)
g) [edi]: «harakat holatning hozir emas, balki o’tgan, avvalgi vaqtga oidligi»: Suv endi erga singmay, muzlab qolgan edi. (A.Qah.)
Bunday ma’nolar qatorini yana ancha davom ettirish mumkin. Biroq keltirilgan qo’shtirnoq ichidagi ma’nolarga diqqat qilinsa, ulardagi umumiylik «haraktning o’tgan zamonga oidligi» bo’lib, qolgan farqlarning birortasi zamon UGMsiga daxldor emas. Masalan, «to’siqsizlik», «bevosita kuzatmaganlik», «o’zaro suhbatlashib turgan paytda bo’lmaganlik» kabilarning zamon ma’nosiga mutlaqo tegishli joyi yo’q. Demak, ularni zamon doirasida tahlil etish ortiqcha. Shu boisdan o’tgan zamon hikoya fe’li, o’tgan zamon davom fe’li atamalaridagi “hikoya”, “davom” unsurlarini zamonga daxlsiz hodisalarning ZKni murakkablashtiruvchi hodisa sifatida qarash maqsadga muvofiq.
Zamon ma’nosiga boshqa ma’noning qorishuvini ham grammatik illyuziyaning bir ko’rinishi sifatida baholash mumkin.
O’tgan zamon shakli kesimning payt valentligini hol vazifasidagi o’tgan zamon ma’noli so’zshakllar bilan to’ldiradi: kecha keldi, o’tgan yili o’qigan, bultur bajargan edim kabi.

Yüklə 68,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin