OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
“IQTISODIYOT (TARMOQLAR VA SOXALAR) ” FAKULTETI
“IQTISODIYOT VA MENEJMENT ” KAFEDRASI
KURS ISHI Mavzu: Global moliyaviy bozorlar va ularni tartibga solish vositalari 5230100-Iqtisodiyot (tarmoqlari va sohalari bo’yicha) ta’lim yonalishi 2-OT
Bajardi: 4-kurs (kechki) 417-guruh talabasi
Xalilov Jamshitdin
Ilmiy rahbar: _____________________________ Termiz 2022 GLOBAL MOLIYAVIY BOZORLAR VA ULARNI TARTIBGA SOLISH VOSITALARI MUNDARIJA KIRISH……………………………………………………………………..…...3 ASODSIY QISM I BOB. Moliyaviy globallashuv sharoitida moliya bozorining rivojlanish tendensiyalari……………………………………………………………….…...6 1.1. Global moliyaviy bozorlar va ularning xususiyatlari…………………….….6
1.2. Xalqaro savdoning rivojlanish tendensiyalari……………………………....11
II BOB. GLOBAL MOLIYAVIY BOZORLAR VA ULARNI TARTIBGA SOLISH VOSITALARI…………………………………………………….…18 2.1. Global bozorning shakllanishi ………………………………………….….18
2.2. Global bozorlar faoliyatida yuzaga keladigan muammolar……………..….24
2.3. Global moliya bororlarda muammolarning yechimlari…………………….28
XULOSA………………………………………………………………………..36 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YHATI…………………….….38
Kirish Kurs ishining dolzarbligi. Mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni izchil amalga oshirish, milliy iqtisodiyotni yangi davr darajasiga ko’tarish, eksportga yo’naltirilgan ishlab chiqarish tarmoqlarini vujudga keltirish va jahon iqtisodiyoti integratsiyasiga jadal kirib borish xalqaro moliya munosabatlarini barqaror rivojlantirishni taqozo etadi. Hozirgi vaqtda mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti iqtisodiyotni modernizatsiyalash, ishlab chiqarishda tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish, iqtisodiyot tarmoqlarida zamonaviy texnika-texnologiyalarni joriy qilish va shu asosda raqobatbardoshlikka erishish, jahon bozorlaridan mustahkam o’rin egallash, mamlakatimizning eksport salohiyatini oshirish kabi vazifalarni amalga oshirish bilan bevosita bog’liq. Mazkur masalalarni ijobiy hal qilishda mamlakatning xalqaro moliya bozoridagi ishtiroki muhim o’rin tutadi.
Ma’lumki, olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo’yicha ustuvor yo’nalishlarni amalga oshirish maqsadida, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni bilan “2017- 2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi” qabul qilindi.
Xalqaro moliya – xalqaro moliyaviy resurslar majmuini va ularning harakatlanishini ifodalovchi tushuncha hisoblanadi. Xalqaro moliya munosabatlari muayyan maqsadlarni amalga oshirish uchun xalqaro darajada shakllantirilgan moliyaviy resurslarni taqsimlash va ulardan foydalanish jarayonidagi iqtisodiy munosabatlarni ifodalaydi. Xalqaro moliya munosabatlari o’ziga xalqaro valyuta munosabatlari, xalqaro kredit munosabatlari, xalqaro investitsiya munosabatlari, xalqaro savdo munosabatlari, xalqaro soliq munosabatlari, xalqaro lizing munosabatlari, mamlakatlar to’lov balansini boshqarish, xalqaro moliya tashkilotlari bilan aloqalar kabi munosabatlarni qamrab oladi. Globallashuv jarayoni – jahon savdosining o’sishi, ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi va kengayishi, kapitalning xalqaro oqimini rivojlanishi, xizmatlar va mahsulotlarning xalqaro xarakati xalqaro moliyaning rivojlanishiga zamin yaratdi. Shuningdek, mazkur 6 holat jahon moliya bozorlarining, xalqaro moliyaviy korporatsiyalarning yuzaga kelishiga, davlatlararo moliyaviy munosabatlarning va xalqaro moliyaviy faoliyatning boshqa jihatlarini murakkablashuviga olib keldi. Xalqaro moliya doimiy o’zgaruvchan xalqaro pul tizimlarining holati va rivojlanishini, alohida mamlakatlar to’lov balansining o’zgarishini, xalqaro moliya bozorlari, xalqaro moliyaviy korporatsiyalar, xalqaro bank va investitsion faoliyatni namoyon etadi. Xalqaro moliya tizimining asosiy ishtirokchilar bo’lib quyidagilar hisoblanadi: banklar, transmilliy korporatsiyalar, portfel investorlar va xalqaro rasmiy karzdorlar. Xalqaro moliyaviy operatsiyalar alohida mamlakatlarning moliya tizimiga jiddiy ta’sir ko’rsatuvchi kuch hisoblanadi.
O‘tgаn аsrning so‘nggi yillаridа jаhоn ekspоrti yalpi mаhsulоtgа nisbаtаn 1,7 mаrtа tеzrоq ko‘pаydi. Bu аlоhidа mаmlаkаtlаrning milliy хo‘jаligi tоbоrа ko‘prоq dаrаjаdа tаshqi bоzоrgа ishlаyotgаnligini, ekspоrt esа glоbаl mаhsulоtning chоrаk qismidаn оshib kеtgаnini ko‘rsаtаdi.
Jahon xo‘jaligi rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri — bu xalqaro iqti- sodiy munosabatlarning intensiv rivojlanib borishi hisoblanadi. Bu mamlakatlar, mamlakatlar guruhi, alohida firma va korxonalar o‘rtasida savdo-iqtisodiy aloqa- larning kengayishi tobora chuqurlashuvi bilan izohlanadi. Ushbu holatni xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi, xo‘jalik hayotining globallashuvi, milliy iqtisodiyot ochiqligining kuchayishi, mamlakatlarning iqtisodiy integratsiyalashuvi va hududiy xalqaro iqtisodiy aloqalar strategiyasining chuqurlashib borayotgan- ligida ko‘rish mumkin
Bu bаynаlmilаl o‘zаrо bоg‘liqlik vа kооpеrаtsiyaning yangi sifаt dаrаjаsi bo‘lib, zаmоnаviy dаvrning аlоhidа hоdisаsi sifаtidа glоbаl iqtisоdiyot to‘g‘risidа gаpirishgа imkоn bеrаdi.