Kurs ishi Mavzu: Globallashuv sharoitida transmilliy korporatsiyalar Mundarija



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə2/7
tarix08.04.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#94855
1   2   3   4   5   6   7
Kurs ishi aaaaa

II. Asosiy qism
2.1. Transmilliy korporatsiyalarning mohiyati, belgilari va turlari.
Transmilliy korporatsiya (TMK) — xorijiy aktivlarga ega bo‘lgan, operatsiyalarining kamida 1/4 qismini mamlakat tashqarisida, o‘zi ro‘yxatga olingan chet mamlakatda amalga oshiradigan yirik korporatsiya. Tashkiliy jihatdan bosh kompaniya asosiy kapitalining sho‘‘ba korxonalar kapitalida qatnashuvi tamoyiliga asoslanadi. TMK ishlab chiqarish. ni uzluksiz o‘stirish hamda integratsiyalashuv siyosati, firma, kompaniyalarning bir maqsadni ko‘zlab qo‘shilishi (qo‘shilish, sotib olish, moliyaishlab chiqarish. guruhlarni tashkil qilish) hisobiga paydo bo‘ladi. Ixtisoslashuviga ko‘ra, sanoat, xizmat ko‘rsatish, savdosotiq, bank, sug‘urta va boshqa tarmoqdarda faoliyat olib boradi. Transmilliy korporatsiyalar xalqaro maydonda ilmiy-tadqiqot ishlari va kapitallar rivoji bo‘yicha siyosiy dinamika vazifasini o‘taydi. Masalan, «Elektrolyuks» transmilliy korporatsiyasini olaylik. U ayni paytda dunyo bozoridagi maishiy elektro mahsulotlar va sanoat texnologiyasining 25 %ini o‘z qo‘lida ushlab turibdi. 1912-yilda tashkil etilgan bu shved kompaniyasi XX asrning 20–yillardayoq Astraliya va Yangi Zerlandiya bozorini o‘z mahsuloti bilan egallab olgandi. So‘nggi o‘n yilda esa «Elektrolyuks» «Uayt Konsolideyted» kompaniyasini, AQSHda esa maishiy texnika ishlab chiqaradigan «Vestingauz», «Gibson» kompaniyasini, shuningdek, yirik elektr tovarlari ishlab chiqaradigan «Zanussi» (Italiya va barcha janubiy Yevropada mavjud) hamda elektr tovarlari ishlab chiqaradigan «AEG» (Germaniyada) kompaniyalarini o‘ziga qo‘shib oldi.
Transmilliy korporatsiyalar xalqaro maydonda ilmiy-tadqiqot ishlari va kapitallar rivoji bo‘yicha siyosiy dinamika vazifasini o‘taydi. Masalan, «Elektrolyuks» transmilliy korporatsiyasini olaylik. U ayni paytda dunyo bozoridagi maishiy elektro mahsulotlar va sanoat texnologiyasining 25 %ini o‘z qo‘lida ushlab turibdi. 1912-yilda tashkil etilgan bu shved kompaniyasi XX asrning 20–yillardayoq Astraliya va Yangi Zerlandiya bozorini o‘z mahsuloti bilan egallab olgandi. So‘nggi o‘n yilda esa «Elektrolyuks» «Uayt Konsolideyted» kompaniyasini, AQSHda esa maishiy texnika ishlab chiqaradigan «Vestingauz», «Gibson» kompaniyasini, shuningdek, yirik elektr tovarlari ishlab chiqaradigan «Zanussi» (Italiya va barcha janubiy Yevropada mavjud) hamda elektr tovarlari ishlab chiqaradigan «AEG» (Germaniyada) kompaniyalarini o‘ziga qo‘shib oldi.
Transmilliy korporatsiyalar o’rtasidagi birlashish va qo’shib olishlar kompaniyalarning mehnat, ilmiy-texnik va moliyaviy resurslarini birlashtirish hisobiga raqobat afzalliklariga erishishga yo’naltirilgan. Shuningdek, ishlab chiqarishni kengaytirish hisobiga iqtisodiy samaraga erishish, yangi bozorlarga kirish, ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash, yangi aktivlardan foydalanish va boshqalarga ega bo’lish imkoniyati yuzaga keladi. Shuningdek, transmilliy korporatsiyalar o’rtasidagi birlashish va qo’shib olishlar jarayoni jahon iqtisodiyoti hamda milliy iqtisodiyotlar rivojlanishiga ta’sir etuvchi muhim omil bo’lib hisoblanadi. Bu holat o’z navbatida transmilliy korporatsiyalarning barqaror faoliyat ko’rsatishiga ham ta’sir ko’rsatadi. Transmilliy korporatsiyalar xalqaro moliya munosabatlari rivojlanishida muhim o’rin egallaydi. Chunki, aynan transmilliy korporatsiyalarning faoliyati orqali butun dunyo bo’ylab investitsiyalar oqimi harakat qiladi.
Transmilliy korporatsiyalar tomonidan mamlakat iqtisodiyotiga kiritilgan investitsiyalar milliy iqtisodiyotning barqaror rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Xususan, mamlakatimiz iqtisodiyotiga ham keyingi yillarda dunyodagi etakchi transmilliy korporatsiyalar tomonidan investitsiyalar jalb etilmoqda. Bunday transmilliy korporatsiyalar jumlasiga, Coca Cola, Jeneral Motors, Mitsui, Hyundai, Nestle, Samsung va boshqalarni kiritishimiz mumkin. Transmilliy korporatsiyalar tomonidan mamlakatlar milliy iqtisodiyotiga kiritilayotgan investitsiyalar natijasida mazkur mamlakatning jahon xo’jaligi bilan aloqalari rivojlanib boradi. Bu holat esa, xalqaro moliya munosabatlari rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Chunki, transmilliy korporatsiyalar bir vaqtning o’zida, xalqaro investitsiya munosabatlari, eksport-import operatsiyalari, xalqaro valyuta munosabatlari, xalqaro lizing munosabatlari hamda xalqaro moliya bozorlaridagi operatsiyalar rivojlanishiga o’zining ta’sirini o’tkazadi. Mazkur munosabatlarning barchasini xalqaro moliya munosabatlari o’zida mujassam etadi. Korporatsiyalarning milliy va jahon iqtisodiyoti uchun muhimligi ular shakllanishi va faoliyat yuritishi jarayonlarining tegishli ilmiy tahlilini talab etadi. Kapital va ishlab chiqarishning keng ko’lamda bir joyga to’planishi asosida yuzaga keluvchi birlashgan korporativ tuzilmalar bugungi kunda milliy va jahon iqtisodiyotining muhim sub’ektlari bo’lib hisoblanadi. Biroq ularning milliy va jahon iqtisodiyotiga ko’rsatadigan ta’siri ijobiy hamda salbiy bo’lishi mumkin. Korporatsiyalarning yirik kapitalning afzalliklari bilan bog’liq bo’lgan ijobiy tomonlari iqtisodiy adabiyotlarda etarli darajada o’rganilgan. TMKlarning milliy iqtisodiyot uchun quyidagi ijobiy tomonlarini alohida ajratib ko’rsatish mumkin: aholi va sanoat uchun keng ko’lamda mahsulotlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatish imkoniyati; milliy iqtisodiyotga yangi fan-texnika yutuqlarining kirib kelishi; iqtisodiyotning turli tarmoqlarida barqaror rivojlanishni ta’minlash; mamlakat mintaqalarida iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash; yangi ish o’rinlarini yaratish; kadrlar malakasining oshishi; resurslardan samarali foydalanish tizimining vujudga kelishi; milliy ishlab chiqaruvchilarning xalqaro mehnat taqsimotiga qo’shilishini ta’minlash; yangi ish o’rinlarini yaratish; kadrlar malakasining oshishi; resurslardan samarali foydalanish tizimining vujudga kelishi; milliy ishlab chiqaruvchilarning xalqaro mehnat taqsimotiga qo’shilishini ta’minlash; investitsion faollikni oshirish; yirik loyihalarni moliyalashtirish imkoniyati va boshqalar.
Transmilliy korporatsiyalar tomonidan mamlakatlar milliy iqtisodiyotiga kiritilayotgan investitsiyalar natijasida mazkur mamlakatning jahon xo’jaligi bilan aloqalari rivojlanib boradi. Bu holat esa, xalqaro moliya munosabatlari rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Chunki, transmilliy korporatsiyalar bir vaqtning o’zida, xalqaro investitsiya munosabatlari, eksport-import operatsiyalari, xalqaro valyuta munosabatlari, xalqaro lizing munosabatlari hamda xalqaro moliya bozorlaridagi operatsiyalar rivojlanishiga o’zining ta’sirini o’tkazadi. Mazkur munosabatlarning barchasini xalqaro moliya munosabatlari o’zida mujassam etadi.
Transmilliy korporatsiyalar tushunchasi va xususiyatlar.
Jahon xo’jaligida ro’y berayotgan iqtisodiy jarayonlarning ob’ektiv natijasiga ko’ra vujudga kelgan transmilliy korporatsiyalar o’ziga xos hususiyatga ega. Jahon iqtisodiyotida transmilliy korporatsiyalar xalqaro mehnat taqsimotining faol ishtirokchisi bo’lib, uning rivojlanishiga o’z hissasini qo’shib kelmoqda.
Xorijiy mamlakatlar tajribasi shuni ko’rsatmoqdaki, transmilliy korporatsiyalar, transmilliy banklar, xalqaro moliyaviy markazlar faoliyati doirasining kengayib borishi davlatlar iqtisodiy rivojlanishida sezilarli rol o’ynamoqda.
Transmilliy korporatsiya deganda xorijiy aktivlarga va xalqaro miqyosda iqtisodiyotning biror-bir sohasiga kuchli ta’sir ko’rsatish qobiliyatiga ega bo’lgan yirik ishlab chiqarish birlashmalari tushuniladi.
Transmilliy korporatsiyalarning quyidagi asosiy xususiyatli belgilarini ajratib ko’rsatish mumkin:
– TMKlar jahon xo’jaligi rivojlanishining, xalqaro mehnat taqsimoti jarayonining faol ishtirokchisi bo’lib, aynan ular globallashuvni harakatga keltiruvchi kuch hisoblanishadi;
– milliy chegaralarda sodir bo’layotgan jarayonlardan birmuncha mustaqil holda kapitalni harakatlantirish imkoniyatining mavjudligi;
– dunyoning ko’pgina mamlakatlarida o’zining operatsiyalarini amalga oshirgan holda jahon xo’jaligi munosabatlarini tartibga solishda ishtirok etishi;
– TMKlar o’z tarkibiy tuzilmasiga ko’ra, ishlab chiqarish korxonalari, savdo yoki moliyaviy tashkilotlarning xalqaro majmuasi bo’lib, asosiy mamlakatdagi boshqaruv qarorlariga mos holda faoliyat yo’nalishini muvofiqlashtirib boradi;
– aktsionerlik kapitalining mulkchilik huquqi faqat ta’sis etuvchi mamlakat vakolatiga tegishli bo’ladi;
– xorijiy bo’linma va sho’’ba korxonalar milliy ishtirok darajasiga ko’ra aralash bo’lishi mumkin;
– TMK kapitalining harakati korporatsiya joylashgan mamlakatdagi sodir bo’layotgan jarayonlardan erkin bo’ladi;
– TMKlar asosiy masalalar bo’yicha yagona markazdan boshqariluvchi dunyoning ko’plab mamlakatlarida bo’linmalar, sho’’ba kompaniyalarini joylashtirishga asoslangan xalqaro ishlab chiqarish tizimini shakllantirishadi;
– TMKlar ularga yuqori darajada afzallik beruvchi ko’p millatli aktsionerlik kapitaliga egalik qilishadi;
– TMKlar dunyoning turli mintaqa va mamlakatlari o’rtasida turli xildagi resurslarni (kapital, ishchi kuchlari va boshq.) taqsimlashni samarali tarzda amalga oshiradi;
– TMKlar ilmiy tadqiqotlar va tajriba konstruktorlik ishlari, nou-xaular, yangi mahsulotlar va texnologiyalarni joriy etish hamda ommalashtirish, ilmiy tadqiqotlarni moliyalashtirish sohalarida uzluksiz faoliyat olib borishadi;
– mamlakatlar o’rtasidagi xalqaro iqtisodiy, ilmiy-tadqiqot va texnologik hamkorlik aloqalarining kengayishiga faol yordam ko’rsatadi;
Korporatsiyalar yuqoridagi xususiyatli belgilarga ega bo’lgan holda transmilliy korporatsiya maqomini oladi. Hozirgi kunda faoliyat ko’rsatayotgan ko’pgina korporatsiyalar mazkur xususiyatli belgilarning barchasini o’zida mujassamlashtirgan.
Zamonaviy jahon iqtisodiyotida transmilliy va oddiy korporatsiyalar o’rtasidagi chegara etarlicha farqlanmaydi, chunki iqtisodiyot globallashuvining rivojlanishi orqali ta’minot bozorlari, ishlab chiqarish hamda mulkchilik munosabatlarida baynalmilallashuv jarayonlari kuchaymoqda. Shuning uchun, tadqiqotchilar tomonidan TMKlarni ajratishda turli miqdoriy mezonlardan foydalaniladi.
Daslab 1960 yillarda Birlashgan Millatlar tashkiloti tomonidan yillik aylanmasi 100 mln. dollardan ortiq bo’lgan hamda kamida oltita mamlakatda o’zining filiallariga ega bo’lgan korporatsiyalarni TMKlar jumlasiga kiritildi. Keyinchalik esa TMKlarni ajratishda bir qator mezonlar qo’llanila boshladi. Hozirgi kunda BMT tomonidan quyidagi xususiyatli belgilarga ega bo’lgan korporatsiyalar TMK jumlasiga kiritiladi:
– markazlashgan boshqaruv tizimi asosida muvofiqlashtirilgan iqtisodiy siyosatni yuritishi;
– ishlab chiqarish bo’linmalarining majburiyatlar hamda resurslar almashinuvida bir biri bilan faol hamkorligi;
– yillik savdo hajmi 1 mlrd. dollardan kam bo’lmasligi;
– umumiy moliyaviy aylanma mablag’larining 1/5 qismidan 1/3 qismigacha xorijdagi operatsiyalarga to’g’ri kelishi;
– xorijdagi aktivlar ulushi 25 foizidan kam bo’lmasligi;
– filiallari oltitadan kam bo’lmagan mamlakatlarda mavjud bo’lishi.
Transmilliy korporatsiyalar yuzaga kelishining asosiy sababi milliy davlat chegaralaridan chiquvchi ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi asosida kapital va ishlab chiqarishning baynalmillashuvi hisoblanadi.
Kapital va ishlab chiqarishning baynalmillashuvi xorijda ko’p sonli bo’linmalariga ega bo’lgan yirik kompaniyalarni tashkil etish va milliy korporatsiyalarning transmilliyga aylanishi orqali xo’jalik aloqalarining ekspansiyasi xususiyatiga ega bo’ladi. Kapitalni xorijga chiqarish xalqaro korporatsiyalarni tashkil etish va rivojlantirishda muhim omil hisoblanadi.
Transmilliy korporatsiyalar yuzaga kelishining sabablari qatoriga, iqtisodiyot tarmoqlarida ishlab chiqarishning keng ko’lamligini ta’minlovchi yuqori iqtisodiy samaradorligini kiritish lozim. Kuchli raqobatlashuv sharoitida raqobat kurashiga dosh berish zaruriyati xalqaro ko’lamda kapital va ishlab chiqarishning bir joyga to’planishiga imkon yaratadi. Natijada yuqori foyda olish va ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish imkoniyati yuzaga keladi hamda global miqyosda oqilona faoliyat shakllanadi.
TMKlar rivojlanishining uchta asosiy bosqichini ajartib ko’rsatish mumkin:
Birinchi bosqich XX asrning boshlariga to’g’ri kelib, bu bosqichda TMKlar tomonidan iqtisodiy jihatdan kam rivojlangan xorijiy mamlakatlarning xom-ashyo tarmoqlariga investitsiya mablag’lari yo’naltirildi, shuningdek ta’minot va sotuv bo’linmalari tashkil etildi. B upaytda xorijda yuqori texnologiyali sanoat ishlab chiqarishlarini tashkil qilish foyda keltirmasdi. Chunki, bir tomondan qabul qiluvchi mamlakatlarda zaruriy malakali mutaxassislar etishmasdi, texnologiyalar esa hali yuqori darajada avtomatlashgan tizimga ega emasdi. Boshqa tomondan esa, korxonlarga yangi texnologiyalarni joriy etish natijasida ularning joriy ishlab chiqarish holatida yuzaga keladigan vaziyatni hisobga olish lozim edi. Ushbu davrda transmilliylashuv jarayoni turli mamlakatlar firmalarining birlashishi, ular tomonidan ta’minot bozorlarining bo’lib olinishi hamda kelishilgan narx siyosatining yuritilishida namoyon bo’ldi.


Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin