Kurs ishi mavzu: Milliy hisoblar tizimida Yalpi ichki mahsulot ko`rsatkichini hisoblash shartlari va usullari Bajardi



Yüklə 52,46 Kb.
səhifə13/14
tarix19.12.2023
ölçüsü52,46 Kb.
#184683
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Kurs ishi mavzu Milliy hisoblar tizimida Yalpi ichki mahsulot k-fayllar.org

Xulosa 
Makroiqtisodiy tahlilda YAIM, YAMD, SIM, SMD, SHD, SHTD, YAMTD,
C ,S, INI,YAIM deflyatori kabi kо’rsatkichlardan foydalaniladi.
YAIM - mamlakat rezidentlari tomonidan ma‘lum muddat davomida ishlab
chiqarilgan pirovard tovarlar va xizmatlar bozor baholarininng umumiy
yig’indisidan iborat.
YAIMni hisoblashning ishlab chiqarish, yakuniy iste‘mol va taqsimot usulari
mavjud bо’lib, ulardan dastlabki ikki turi keng qо’llaniladi.
YAIMni hisoblashda bir qiymatni ikki qayta hisoblashga yо’l qо’ymaslik
uchun uni qо’shilgan qiymatlar yig’indisi kо’rinishida hisoblanadi. Bu usul
YAIMni hisoblashning ishlab chiqarish usuli deyiladi.
YAIMni xarajatlar kо’rinishida tо’rt guruhdagi xarajatlar - iste‘mol,
investitsiya, davlat xaridi va sof eksport xarajatlari yig’indisi orqali hisoblanadi.
Har uchala usulda hisoblangan YAIM kо’rsatkichi hajmi statistik xatolar
istisno etilganda о’zaro teng bо’ladi.
Milliy hisobchilik tizimining barcha kо’rsatkichlarini hisoblashning uslubiy
bazasi bitta bо’lgani uchun ularni о’zaro taqqoslash imkoni mavjud.
Makroiqtisodiy tahlilda YAIM kо’rsatkichi bilan birgaYAMd kо’rsatkichidan
ham foydalaniladi. YAMD - mamlakat rezidentlari tomonidan, mamlakatda va
mamlakat tashqarisida, ishlab chiqarishda ishtirok etish va mulkdan olgan
boshlang’ich daromadlari yig’indisidir.
Soddalik uchun YAIM yalpi ishlab chiqarish, YAMD esa yalpi daromad deb
ham yuritiladi.
Nominal YAIM yakuniy tovarlar va xizmatlar hajmini joriy narxlarda, real
YAIM esa doimiy narxlarda baholaydi. Shunday qilib, real YAMM hajmi faqatgina
ishlab chiqarish hajmi о’sishi bilan oshadi, nominal YAMM esa tovar va xizmatlar
baho darajasining о’sishi natijasida ham oshishi mumkin. Milliy ishlab chiqarish va
daromad hajmining real о’zgarishini aniqlash uchun baholar indekslaridan: YAIM
deflyatori va INI kо’rsatkichlaridan foydalaniladi.







Yüklə 52,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin