Yalpi ichki mahsulot tushunchasi va uni hisoblashning asosiy shartlari Makroiqtisodiy statistika va tahlilda uzoq davr mobaynida yalpi milliy
mahsulot va yalpi ichki mahsulot kо’rsatkichlaridan baravar foydalanib
kelindi. Har ikkala agregat kо’rsatkich ham mamlakatdagi iqtisodiy faollik
darajasini ifodalasada kapital va ishchi kuchi migratsiyasi mavjudligi sababli
ular о’zaro farqlanadi.
Bugungi kunga kelib milliy hisobchilik tizimini qо’llaydigan deyarli
barcha davlatlarda yalpi ichki mahsulot kо’rsatkichi asosiy makroiqtisodiy
kо’rsatkich sifatida tan olinadi.
Kо’pgina iqtisodiy adabiyotlarda YAIMga ishlab chiqarilishda
qо’llanilgan resurslar qaysi davlatga tegishliligidan qat‘iy nazar,
mamlakatning jug’rofiy hududida yaratilgan pirovard tovarlar va
xizmatlarning bozor baholari yig’indisi deb ta‘rif berib kelingan.
1993 yilda BMT tomonidan qabul qilingan MHTning yangi talqiniga
kо’ra yalpi ichki mahsulot (YAIM) tushunchasiga aniqlik kiritildi. Yangicha
talqiniga kо’ra:
YAIMning «ichki» deb atalishiga sabab, uning mamlakat
rezidentlari
tomonidan
yaratilishidir.
Rezident
deganda
faqatgina
mamlakatning yuridik va jismoniy shaxslari tushunilmaydi. Chunki
mamlakat yuridik shaxsi boshqa mamlakat hududida bir yildan ortiq faoliyat
yuritsa о’sha mamlakat rezidenti deb qaraladi.
Elchixonalar va harbiy bazalar о’zlari tegishli bо’lgan mamlakatlarning
YAIM - mamlakat rezidentlari tomonidan ma’lum muddat davomida ishlab chiqarilgan
pirovard tovarlar va xizmatlar bozor baholarining umumiy yig‘indisidan Milliy tegishliligi va fuqaroliligidan qat’iy nazar, mazkur mamlakatning iqtisodiy
hududida iqtisodiy manfaat markaziga ega bо‘lgan (ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanadigan yoki mamlakat hududida bir yildan ortiq