Kurs ishi mavzu: Milliy hisoblar tizimida Yalpi ichki mahsulot ko`rsatkichini hisoblash shartlari va usullari Bajardi



Yüklə 52,46 Kb.
səhifə4/14
tarix19.12.2023
ölçüsü52,46 Kb.
#184683
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Kurs ishi mavzu Milliy hisoblar tizimida Yalpi ichki mahsulot k-fayllar.org

Qо‘shilgan qiymat tovar va xizmatlarning sotish bahosi bilan ularni
ishlab chiqarish uchun foydalanilgan xom ashyo va materiallarni sotib olishga
qilingan xarajatlar о’rtasidagi farq kо’rinishida aniqlanadi.
Ishlab chiqarish usulida aniqlangan YAIM kо’rsatkichining tarkibini va
undagi siljishlarni tahlil qilish juda muhim xulosalar beradi. Alohida
tarmoqlarning mamlakat iqtisodiyotida yaratilgan yalpi qо’shilgan
qiymatdagi ulushi, bu ulushning о’zgarishi bu mamlakatning iqtisodiy
rivojlanish darajasi va kutilayotgan istiqboliga baho berish imkonini beradi.

YAIMni xarajatlar bо‘yicha hisoblash 
Bu usul yakuniy foydalanish usuli deb ham yuritilib, unda YAIMni
hisoblash uchun yakuniy mahsulotlarni sotib olishga qilingan barcha
xarajatlar о’zaro qо’shib chiqiladi. Bu xarajatlar quyidagicha guruhlanadi:
1. 
Uy xо‘jaliklarining iste’mol xarajatlari (С): 
a)
uzoq muddat foydalaniladigan iste‘mol buyumlari sotib olishga;
b)
kundalik foydalaniladigan iste‘mol buyumlari sotib olishga;
c)
iste‘mol xizmatlari tо’loviga.
Yakuniy tovarlar va xizmatlar deganda ularning 
ishlab chiqarish, yoki ichki ayirboshlash siklidan chiqqan
yakuniy iste’mol, jamg‘arish yoki

eksport uchun 
foydalaniladigan qismi tushuniladi.




2. 
Yalpi ichki xususiy investitsiya xarajatlari (I): 
a)
asbob-uskunalar, mashinalarni yakuniy sotib olishga;
b)
korxonalar, inshootlar, turarjoy binolarini qurishga sarflangan;
c)
tovar zahiralari о’rtasidagi farqlar yoki zahiralarning о’zgarishi.
3. 
Tovar va xizmatlarning davlat xaridi (G). Bu guruh xarajatlariga
mahalliy va markaziy boshqaruv hokimiyati idoralari tomonidan korxonalarning
pirovard mahsulotlari va resurslari xaridi (avtomobil yо’llari va pochta
muassasalari qurilishi, davlat korxonalarida tо’lanadigan ish haqi) xarajatlari
kiritiladi. Lekin shu о’rinda ta‘kidlash lozimki, bu xarajatlarga davlat transfert
tо’lovlari kiritilmaydi.

Yüklə 52,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin