о’rtasidagi tenglik hisoblanadi. Investitsiyalar miqdori mamlakatdagi
jamg’armalar miqdoriga bog’liq bо’ladi. Bu ikki kо’rsatkich о’rtasidagi
tenglikka erishish makroiqtisodiy barqarorlikka erishishning muhim shartidir.
Agarda, milliy iqtisodiyot tashqi dunyo bilan hech qanday aloqaga ega
emas (Xn = 0) va davlatning iqtisodiyotga aralashuvi nolga teng (G = O), deb
faraz qilinsa, unda YAIM orqali ifodalangan ishlab chiqarish hajmi SHTD ga
teng bо’ladi. Ya‘ni:
YAIM=SHTD=C+S YAIM= C+I
Bu yerda makroiqtisodiy ayniyat quyidagi kо’rinishga ega bо’ladi:
C+I =C+S yoki
I=S
Ushbu ayniyatdan kо’rinib turibdiki, uy xо’jaliklarining jamg’arishga
bо’lgan istaklari tadbirkorlikning qancha
miqdorda investitsiyalash
xohishlariga mos tushsa, unda daromadlar hajmi (C+S)
va yalpi xarajatlar
(S+I) hajmiga tengligiga yoki ishlab chiqarishning muvozanat darajasiga
erishish mumkin.
Aytaylik,
mamlakat iqtisodiyoti ochiq, ya‘ni eksport-import aloqalari
yо’lga qо’yilgan, soliq solish va transfert tо’lovlari kо’rinishida
davlat
aralashuvi mavjud bо’lsin. Bunday holatda jamg’arish tushunchasi
murakkablashib, quyidagi kо’rinishga ega bо’ladi:
S= Sp+Sg+Sx
Bu yerda: Sp - xususiy jamg’armalar;
Sg - davlat jamg’armalari;
Sx - boshqa mamlakatlar jamg’armalari.
Bunda xususiy jamg’armalar daromadlar (Y), transfert tо’lovlari (TR),
davlat zayomlari bо’yicha foizlar yig’indisidan (N), soliqlar (T) va iste‘mol
(C) xarajatlari yig’indisini ayirish natijasiga teng bо’ladi:
Dostları ilə paylaş: