Kurs ishi mavzu: muammoli ta’lim texnologiyasi va uni qo’llash usullari



Yüklə 206,88 Kb.
səhifə7/11
tarix25.12.2023
ölçüsü206,88 Kb.
#195594
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
KURS ISHI 2

Muammoli vaziyat-tinglovchi (bilim oluvchi)larga beriladigan fakt va ma'lumotlar, axborot va bilimlar bilan yangi dalillar, hodisalar, vaziyatlar orasidagi dialektik harshiliklar bo'lib, ularni tushunib olish uchun ilgari olgan bilimlarining etishmasligidir. Bu harama-harshiliklar (tushunmovchiliklar) ijodiy bilimlarni o'zlashtirish uchun harakatlantiruvchi kuch bo'lib xizmat qiladi.


Muammoli vaziyat-tinglovchi (bilim oluvchi)larga beriladigan fakt va ma'lumotlar, axborot va bilimlar bilan yangi dalillar, hodisalar, vaziyatlar orasidagi dialektik harshiliklar bo'lib, ularni tushunib olish uchun ilgari olgan bilimlarining etishmasligidir. Bu harama-harshiliklar (tushunmovchiliklar) ijodiy bilimlarni o'zlashtirish uchun harakatlantiruvchi kuch bo'lib xizmat qiladi.

Ta'lim jarayonida muammoli vaziyat xususiyati quyidagilardan iborat:


talabalar uchun noma'lum yangilik mavjudligi;
muammolarni o'zlari hal etishlari;
shaxsiy qiziqish va ehtiyojlari yuzaga kelgan tushunmovchiliklarni o'zlari o'rganishga harakat qilishlari;
nima noma'lum ekanligini bilib, ma'nosini tushunib, uni hal etishga intilish kabilar.

Muammoli vaziyatlarni vujudga keltirish turlari.


1. Talabalar qo’yilgan vazifaning echilish usulini bilmaydilar, muammoli savolga javob berolmaydilar.
2. Talabalar avval olgan bilimlarini yangi sharoitda, holatda foydalanish zaruriyatiga duch keladilar.
3. Vazifaning nazariy jihatdan echilishi mumkin bo'lgan yo'li va tanlangan usulning amaliy jihatdan qo’llashi qiyiniligi orasida ziddiyat yuz beradi.
4. Vazifaning bajarilishida natijaga amaliy erishish va talabalarda uni nazariy jihatdan asoslashga bilim etishmasligi o'rtasida ziddiyat yuz beradi.
II.BOB. Muammoli ta'lim b'yicha tadqiqot ishlari
Muammoli ta'lim b'yicha tadqiqot ishlari .
O'quvchilarda fanning turli sohalaridan iloji boricha kengroq ma'lumotlarni o'zlashtirishi bilan birga ularda mustaqillik, hayotga ijodiy munosabat malakalarini tarkib toptirishi kerak. Ana shu maqsadda o'qitishni o'quvchilarning u yoki bu shakldagi ta'limiy faoliyati tadqiqotni eslatadigan, o'quvchilar uchun “kashfiyotlar” bilan tugaydigan, ya'ni ular mustaqil holda xulosa chiqaradigan va qandaydir amaliy vazifani hal qiladigan metodlarga asoslanish taklif etiladi.
Muammoli ta'lim masalalari bo'yicha juda ko'plab tadqiqot ishlari amalga oshirilgan va bu ishlar hozirgi kunda ham doimiy ravishda amalga oshirilib borilmoqda. Hozirgi kunda kasbhunar kollejlarida мuammoli ta'lim metodlari orasida quyidagi beshta asosiy metodlar farqlanadi:
1. Tadqiqot metodi. Bu metod, birinchidan, bilimlarni ijodiy qo'llanishini ta'minlashga, ikkinchidan, ilmiy bilish metodlarini izlash jarayonida mazkur metodlarni va ularning qo'llanishini o'zlashtirishga qaratiladi. Uchinchidan, ijodkorlik faoliyati xislatlarini shakllantiradi, to'rtinchidan, ana shunday faoliyatga qiziqish hamda ehtiyojni tarkib toptirishning sharti hisoblanadi.
Ana shu xususiyatlarni nazarda tutib metodni o'quvchilarning o'zlari uchun yangi muammoni hal qilish bo'yicha ijodkorlik faoliyatini tashkil etish yo'li sifatida ta'riflash kerak. O'quvchilar o'zlari uchun yangi sanalgan muammolarni hal qiladilar. Tadqiqot metodida topshiriqlarning shakli har xil, masalan, sinfda va uyda tez bajariladigan topshiriqlar, dars jarayonini taqozo etadigan ishlar, ma'lum, lekin cheklangan muddatga mo'ljallangan uy vazifalaridan iborat bo'lishi mumkin. Chunonchi jamoa xo'jaligining, zavodning, mazkur aholi punktidagi tashkilotning tarixini o'rganishga doir topshiriqlar g'oyat foydali va samarali tadbirlardir.
Tadqiqot metodining bosqichlari:
1) faktlar va hodisalarni kuzatish hamda o'rganish;
2) tadqiqotga doir tushunarsiz hodisalarni oydinlashtirish;
3) gipotezani olg'a surish;
4) tadqiqotning rejasini tuzish;
5) rejani amalga oshirish;
6) echimni tuzish;
7) echimni tekshirish;
8) amaliy xulosalar.
Tadqiqot metodida ham og'zaki va matbuot so'zlari, ko'rsatmali vositalar, amaliy, yozma va grafik ishlar, laboratoriya ishi va hakazolardan foydalaniladi.
2. Qisman izlanish yoki evristika metodi. O'quvchilarni asta - sekin muammolarni mustaqil hal qilishga yaqinlashtirish uchun ularga avvalo echimning ayrim bosqichlarini bajarishni o'rgatish, ularda asta - sekin ko'nikma hosil qilish zarur. Tadqiqot metodining birinchi variantida o'quvchilarga ko'rsatilgan rasmga va so'zlab berilgan mazmunga savollar tuzishni tavsiya etish orqali muammolarni ko'ra olish, aytilgan faktlardan xulosa chiqarish o'rgatiladi.
Mazkur metodning boshqa bir varianti murakkab masalani tushunilishi oson va har qaysisi asosiy masalani echishga yaqinlashishni engillashtiradigan kichik masalalarga ajratishdan iboratdir.
O'zaro bog'liq savollardan tashkil topadigan evristik suhbatni tuzish tadqiqot metodining uchinchi varianti bo'lib, mazkur savollarning har biri muammoni hal qilish yo'lidagi qadam hisoblanadi va ko'plari o'quvchilardan faqat o'z bilimlaridan foydalanishni emas, balki izlanishlarni amalga oshirishni ham talab qiladi.
3. Tushuntirish, namoyish etish metodi. Bu metodning asosiy vazifasi o'quvchilarning axborotni o'zlashtirishini tashkil etishdir. Uni axborot – reseptiv metod, deb ham ataladi. (resepsiya - idrok ) va unda o'qituvchi bilan o'quvchi faoliyati davom etadi.Bu faoliyat shundan iboratki, o'qituvchi tayyor axborotni turli vositalar bilan beradi, o'quvchilar esa ana shu faoliyatni idrok etadilar va eslab qoladilar. O'qituvchi axborot berishni og'zaki so'z (hikoya), matbuot (darsliklar, qo'shimcha qo'llanmalar) dagi iboralar, ko'rsatmali qurollar va hokazolar yordamida amalga oshiradi.
O'qituvchilar bilimlarni o'zlashtirish uchun zarur ishlarni bajaradilar – yangi axborotni tinglaydilar, ko'radilar, o'qiydilar, kuzatadilar va uni ilgarigi o'zlashtirilgan axborot bilan taqqoslaydilar, xotiralarida olib qoladilar.
4. Muammoli bayon qilish. Ushbu metodning mohiyati o'qituvchi muammoni qo'yib, uni o'zi hal qilishi va echimning ahamiyatini o'quvchilarga tushunarli ziddiyatlar orqali ko'rsatishdan iboratdir.
O'quvchilar yechimga olib boradigan yo'lning mantig'ini, tavsiya etilgan gipotezalarning haqiqatga o'xshashligini, isbotlarning ishonchliligini kuzatadilar. Ular dastlabgi paytlarda xulosalarga ishonmasalar ham, lekin keyinchalik muammoli bayon bilan muammolarni mustaqil hal etish jarayoni asta – sekin muvofiqlashuvi natijasida xulosalar chiqaradigan, ehtimol o'z muhoqamalarining mantig'ini tuza oladigan bo'lib qoladilar. Shunga ko'ra o'qituvchi mustaqil hal eta oladigan muammolardan murakkabroq muammolarni tanlash mumkin.
5. Reproduktiv metod. O'quvchilar ko'nikma va malakalarni egallashi, shu bilan bilimlarni o'zlashtirishning ikkinchi darajasiga erishishi uchun o'qituvchi topshiriqlar tizimi orqali ularning o'zlariga berilgan bilimlarni bir necha marta eslatadi. U topshiriqlar beradi, o'quvchilar esa topshiriqlarni bajaradilar – o'xshash masalalarni echadilar, namunaga qarab turlaydilar va tuslaydilar. O'qituvchining necha marta va qanday oraliqlarda takrorlashi o'zining qobiliyatiga, topshiriqning qiyin yoki osonligiga bog'liq.

Yüklə 206,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin