talabaga notanish faktning mavjud bo'lishi;
vazifalarni bajarish uchun talabaga beriladigan ko'rsatmalar, yuzaga kelgan bilish mashaqqatini hal qilishda ulaming shaxsiy manfaatdorligi. Muammoli vaziyatdan chiqa olish, hamma vaqt muammoni, ya'ni nima noma'lum ekanligini, uning nutqiy ifodasi va yechimini anglash bilan bog’langan bo'ladi. Muammo uch tarkibiy qismdan iborat: ma'lum (berilgan vazifa asosida), noma'lum (ularni topish yangi bilimlarni shakllantirishga olib keladi) va avvalgi bilimlar (talabalar tajribasi). Ular noma'lumni topishga yo'nalgan qidiruv ishlarini amalga oshirish uchun zarurdir. Avvalo talabaga noma'lum bo'lgan o’quv muammosi vazifasi belgilanadi va bunda uning bajarilish usullari hamda natijasi ham noma'lum bo'ladi, shunda talabalar o'zlaridagi avval egallangan bilim va ko'nikmalarga asoslanib turib kutilgan natija yoki echilish yo'lini izlashga tushadi.
Muammo uch tarkibiy qismdan iborat: ma'lum (berilgan vazifa asosida), noma'lum (ularni topish yangi bilimlarni shakllantirishga olib keladi) va avvalgi bilimlar (talabalar tajribasi). Ular noma'lumni topishga yo'nalgan qidiruv ishlarini amalga oshirish uchun zarurdir. Avvalo talabaga noma'lum bo'lgan o’quv muammosi vazifasi belgilanadi va bunda uning bajarilish usullari hamda natijasi ham noma'lum bo'ladi, shunda talabalar o'zlaridagi avval egallangan bilim va ko'nikmalarga asoslanib turib kutilgan natija yoki echilish yo'lini izlashga tushadi. Shaxs bilish faoliyatining izlanish davrini maxsus sxemalarda ifodalash mumkin: muammoli vaziyat — o’quv muammosi — o’quv muammosini echish uchun izlanish — muammoning echilishi. Muammoli o’qitish mashg’ulotlarini tashkil etish va o'tkazishning muhim tomoni shundaki, bunda o’qituvchi uning ham ta'limiy, ham tarbiyaviy funktsiyasini yaxshi anglab olgan bo'lishi talab qilinadi. O’qituvchi hech qachon talabalarga tayyor haqiqatni (yechimni) berishi kerak emas, balki ularga bilimlarni olishga turtki berishi, mashg’ulotlarda va hayot faoliyatlarida zarur bo'lgan axborot, voqea, vaqt va hodisalami ongida qayta ishJashlariga yordam berishi lozim bo'ladi. Muammoli vaziyatlardan o’quv jarayonining barcha bosqichlarida: yangi mavzu bayoni, mustahkamlash va bilimlarni nazorat qilishda foydalanish mumkin. Muammoli vaziyatlar tizimi muvaffaqiyatli yaratilgan hollarda mazkur mavzuni muammoli dars shaklida o'tish tavsiya etiladi. O’qitish jarayoniga muammoli darslarni qo’llashi uchun o’qituvchi (pedagog) quyidagi masalalarni hal qilishi kerak bo'ladi:
Muammoli vaziyatlardan o’quv jarayonining barcha bosqichlarida: yangi mavzu bayoni, mustahkamlash va bilimlarni nazorat qilishda foydalanish mumkin. Muammoli vaziyatlar tizimi muvaffaqiyatli yaratilgan hollarda mazkur mavzuni muammoli dars shaklida o'tish tavsiya etiladi.
O’qitish jarayoniga muammoli darslarni qo’llashi uchun o’qituvchi (pedagog) quyidagi masalalarni hal qilishi kerak bo'ladi:
o’quv dasturi bo'yicha qaysi mavzularni muammoli dars shaklida o'tish mumkinligini;
mavzu matnidagi masalalar bo'yicha muammoli vaziyatni keltirib chiharadigan savollar, topshiriqlarni aniqlash, bunda didaktikaning ilmiylik, sistemalilik, mantiqiylik, ketma-ketlik, izchillik printsiplariga amal qilishi;
talabalarning bilish faoliyatini faollashtirish va boshqarishni ta'minlaydigan vosita va usullarni aniqlashi, ulardan o'z o'rnida va samarali foydalanish.