Kurs ishi mavzu: muammoli ta’lim texnologiyasi va uni qo’llash usullari



Yüklə 206,88 Kb.
səhifə3/11
tarix25.12.2023
ölçüsü206,88 Kb.
#195594
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
KURS ISHI 2

Kurs ishining predmeti: Umumta`lim muassasalarida muammoli ta’lim texnalogiyasini yangi pedagogik texnologiya metodlar orqali tashkil etish mazmuni, tamoyillari, bosqichlari.
Kurs ishining ilmiy yangiligi:
1. Umumta’lim maktablarida darslarni muammoli ta’lim texnologiyasi asosida joriy etish orqali samaradorligini oshirishda yangi usullardan foydalanish muammosi ta’lim jarayonida birinchi bor tadqiq etildi.
2. Umumta`lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan o`qituvchilarini dars jarayonida muammoli ta’lim texnalogiyasidan foydalangan holda tashkil etish bo`yicha ilmiy – uslubiy manbaadan foydalanish imkoniyatlari yaratildi.
3. Umumta`lim muassasalarida dars jarayonini muammoli ta’lim texnalogiyasi orqali tashkil etish bo`yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqildi.
Kurs ishining metodologik asosi:
O`zbekiston Respublikasining “Ta`lim to`g`risida” gi qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Umumiy o`rta ta`limning musiqa fani bo`yicha Davlat Ta`lim Standarti va o`quv dasturi, O`zbekiston Respublikasining O`zbekistonda ta`limni yangicha asoslarda qayta qurish, takomillashtirishga oid farmonlari, qarorlar, Prezidentimiz asarlari, nutqlari, Umumiy o`rta ta`limning musiqa faniga oid darsliklari, shuningdek, pedagogika, psixologiya, estetikaga oid ilmiy – uslubiy manbalar.
Kurs ishining hajmi:Kurs ishi kirish, asosiy qism, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat bo`lib, umumiy hajmi 30 sahifani tashkil etdi.
I.BOB. Muammoli ta'lim texnologiyasi haqida tushuncha
Muammoli ta'lim texnologiyasining vujudga kelish tarixi

Respublikamizning hozirgi davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish tamoyillari jahondagi taraqqiy etgan mamlakatlar qatoridan munosib o'rin olish uchun ma'naviy salohiyatimizni va iqtisodiy qudratimizni yanada oshirish, ularni XXI asr ilmiy-texnika taraqqiyoti talablariga javob beradigan tarzda qayta qurishni talab qiladi. Buning uchun yoshlarimiz dunyoqarashini o'zgartirish, ularning bilim va ma'naviyatlarini jahon andozalari darajasiga ko'tarish zarur.


Respublikamizning hozirgi davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish tamoyillari jahondagi taraqqiy etgan mamlakatlar qatoridan munosib o'rin olish uchun ma'naviy salohiyatimizni va iqtisodiy qudratimizni yanada oshirish, ularni XXI asr ilmiy-texnika taraqqiyoti talablariga javob beradigan tarzda qayta qurishni talab qiladi. Buning uchun yoshlarimiz dunyoqarashini o'zgartirish, ularning bilim va ma'naviyatlarini jahon andozalari darajasiga ko'tarish zarur. Muammoli ta'lim texnologiyasi– bu mantiqiy fikrlash operatsiyasi (tahlil, umumlashtirish) va talabalarning izlanishli faoliyati qonuniyatlarini (muammoli vaziyat, bilishga qiziqish, ehtiyoj) hisobga olib tuzilgan ta'lim va o’qitishning ilgari ma'lum bo'lgan usullarini qo’llashi qoidalarining yangi tizimidir. Shuning uchun ham muammoli ta'lim ko'proq talaba fikrlash qobiliyatining rivojlanishini, uning umumiy rivojlanish va e'tiqodining shakllanishini ta'minlaydi. Didaktikaning barcha yutuqlarini istisno qilmay, balki ulardan foydalangan holga muammoli ta'lim ilmiy bilim va tushunchalarni, dunyoqarashni shakllantirish, shaxs va uning intellektual faolligini har tomonlama rivojlantirish vositasi sifatida rivojlantiruvchi ta'lim bo'lib qoladi. Muammoli o’qitish texnologiyasini amerikalik faylasuv, psixolog va pedagog Dj.Dionning nazariy qoidalariga asoslanadi va XX asrning 20-30 yillarida tarqala boshladi.Didaktikada muammoli o’qitish yangi yo'nalish sifatida XX asrning 70-80 yillarida yuzaga keldi. A.M. Matoshkin, T.V. Kudryashv, M.I.Maxmutov, I.Ya. Lernerlar muammoli o’qitish qonuniyatlarini chuquro'rgandilar.

Yüklə 206,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin