2.4.“Klaster” – erkin fikrlashning asosiy metodi Bugungi kunda bir qator rivojlangan mamlakatlarda ta'lim-tarbiya jarayonining samaradorligini kafolatlovchi zamonaviy pedagogik tehnologiyalarni qo'llash borasida imkoniyat yaratilmoqda. Ta'lim muassasalarida keng qo'llanayotgan Klaster ta'lim-tarbiya jarayonini bir butun holatda amalga oshirishda muammolarni yechishda dars jarayonini oqilona tashkil qilishda, ta'lim beruvchi tomonidan ta'lim oluvchilarning qiziqishini orttirishda, o'quv materialini kichik-kichik bo'laklarga bo'lib, ularning mazmunini ochishda, aqliy hujum, kichik guruhlarda ishlash, bahs-munozara, muammoli vaziyat, loyiha, rolli o'yinlar kabi metodlarni qo'llashda amaliy mashqlarni mustaqil bajarishda biror faoliyat yoki muammo o'zaro muloqot, o'zaro bahs- munozarada fikrlashda hamjihatlik bilan masalalarning yechimida o'z samarasini ko'rsatadi. Bu usulning afzalligi shundaki, talabani mustaqil fikrlashga o'rgatib, mustaqil hayotga tayyorlaydi. O'qitishning klaster usullarini tanlashda ta'lim maqsadi, ta'lim oluvchilarning soni va imkoniyatlari, o'quv muassasasining o'quv-moddiy sharoiti, ta'limning davomiyligi, o'qituvchining pedagogik mahorati va boshqalar e'tiborga olinadi.
Klaster metodi deganda – ta'lim oluvchilarni faollashtiruvchi va mustaqil
fikrlashga undovchi, ta'lim jarayonining markazida bo'lgan ta'lim beruvchi va ta’lim oluvchini faol ishtirok etishga chorlaydi. Ta'lim oluvchi o'qitish jarayoni davomida faol ishtirok etadi. Ushbu jarayonda ta'lim oluvchilar o'qib-o'rganishni
yuqori darajada bo'lishini, egallagan bilimlarni maqsad va ehtiyojlariga muvofiqlashtirishda tashabbuskorligi va mas'uliyat, qo'llab-quvvatlash amalda bajarish orqali fikr- mulohazalar qilish qobiliyatini rivojlantiradi.
O'qitish jarayonida klaster metodlardan foydalanish o'ziga hos hususiyatga ega. Ta'lim amaliyotida foydalanilayotgan klaster metodi talabalarning fikrlashini kengaytiradi hamda muammoning to'g'ri yechimini topishga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Klaster metodi orqali talabalarning bilim, ko'nikma, malakalari, ijodkorligini va faolligi nazariy va amaliy mu'ammolarga bo'lgan qarashlari rivojlanadi.
«Klaster» metodini o'tkazish tehnologiyasini amalga oshirishda- Talaba nimani o'ylagan bo'lsa, shuni qog'ozga yozadi. U o'z fikrlarining sifati to'g'risida o'ylab o'tirmay, ularni shunchaki yozib boradi. Yozuvining orfografiyasi yoki boshqa jihatlariga e'tibor bermaydi. Belgilangan vaqt nihoyasiga yetmaguncha, yozishdan to'xtamaydi. Agar talaba ma'lum muddat biror-bir g'oyani o'ylay olmasa, u holda qog'ozga biror narsaning rasmini chiza boshlaydi. Bu harakatni yangi g'oya tug'ilgunicha davom ettiradi. Ma'lum bir tushuncha doirasida imkon qadar ko'proq yangi g'oyalarni ilgari surish hamda ular o'rtasidagi o'zaro aloqadorlik va bog'liqlikni ko'rsatishga harakat qiladi. G'oyalar yig'indisining sifati va ular o'rtasidagi aloqalarni ko'rsatish cheklanmaydi.
«Klaster» metodi puhta o'ylangan strategiya bo'lib, undan ta'lim oluvchilar bilan yakka tartibda yoki guruh asosida tashkil etiladigan mashg'ulotlar jarayonida amalga oshiriladi.
Klaster inglizcha so'z bo'lib (kluster) – bir butun holatda ma'lum mavzu
bo'yicha erkin va ochiq fikrlashning notekis shaklidni namoyon etadi.
Klaster metodini amalga oshirishda yangi mavzuning asosiy tushunchasi aylanma shaklidagi chizma ichida yoziladi. Masalan yangi mavzu pedagogik qobiliyatlar bo'lsa talabalar u haqida ko'z oldiga kelgan fikrlarni yozish taklif etiladi. Bunda talabalar tomonidan yozilgan fikrlar umumlashtirib aytib beriladi. Bu fikrlarni doskada bo'r yoki plakatda flomasterlar bilan yozish mumkin.
Yangi mavzu o'rganishda darsni mustahkamlash bosqichida talabalarga quyidagi topshiriq beriladi. Qizil rangli ruchkalarini (yashil, qora bo'lsa ham bo'ladi) olib yangi o'rganilgan tushunchalar bilan boyitiladi.
Talabalar yozilganlarni (o'qib) aytib beradilar. Doskada (boshqa rangli bo'r bilan) yoki plakatda boshqa rangli flolmasterlar bilan aytilgan fikrlari yozib boriladi.
Klaster metodi pedagogik, didaktik strategiyaning muayyan shakli sifatida ta'lim oluvchilarga muammo (mavzu) lar hususida ihtiyoriy, erkin, ochiq o'ylash va fikrlarni bemalol bayon etish imkoniyatini yaratadi.
Mazkur metod turli xil g'oyalar o'rtasidagi aloqalarni fikrlash, aniqlashda amalga oshiriladi. Ushbu jarayonlar ta'lim oluvchilar tomonidan chuqur hamda puhta o'zlashtirilguniga qadar fikrlash faoliyatining bir maromda bo'lishini ta'minlashga hizmat qiladi. Dars mashg'ulotlarida ushbu metod talabalar tomonidan bildirilayotgan g'oyalarning majmui tarzida nomoyon bo'ladi. Chunki, ushbu jarayonda har bir talaba tomonidan ilgari surilayotgan g'oyalarni uyg'unlashtirish hamda ular o'rtasidagi aloqalarni topa olish imkoniyatini yaratadi.
O'qituvchi ularning fikrlarini umumlashtiradi qo'shimcha adabiyotlardan foydalangan holda klasterga yana qo'shimcha kiritishi uning mahoratiga bog'liq.
“Klaster” metodi -- erkin fikrlashning asosiy omili hisoblanadi.
"Klaster" metodi talabalarga biror-bir mavzu to'g'risida erkin va ochiq tarzda fikryuritishga yordam beradigan pedagogik strategiyadir. Bu metod ko'p variantli fikrlashni o'rganilayotgan tushuncha (hodisa, voqea)lar o'rtasida aloqa o'rnatish malakalarini rivojlantiradi.
Klaster so'zi bog'lam ma'nosini anglatadi. Klasterlarga ajratish nida'vat, anglash va mulohaza qilish bosqichlaridagi fikrlashni rag'batlantirish uchun qo'llash mumkin. U asosan yangi fikrlarni uyg'otish,mavjud bilimlarga etib borish strategiyasi bo'lib, muayyan mavzu bo'yicha yangicha fikr yuritishga chorlaydi. Biror mavzu bo'yicha klasterlar tuzishdan bu mavzuni mukammal o'rganmasdan oldin foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Klaster metodi aniq ob'ektga yo'naltirilmagan fikrlash shakli sanaladi. Undan foydalanish inson miya faoliyatining ishlash tamoyili bilan bog'liq ravishda amalga oshadi. Ushbu metod muayyan mavzuning talaba tomonidan chuqur hamda puhta o'zlashtirilguniga qadar fikrlash faoliyatining bir maromda bo'lishini ta'minlashga hizmat qiladi.
O'qitish jarayonida amalga oshiriladigan bu metod puhta o'ylangan strategiya bo'lib, undan talaba bilan yakka tartibda yoki guruh asosida tashkil etiladigan mashg'ulotlar jarayonida foydalanish mumkin.
Dars mashg'ulotlarda ushbu metod guruh a'zolari tomonidan bildirilayotgan
g'oyalarning majmui tarzida namoyon bo'ladi. Bu esa guruhning har bir a'zosi tomonidan ilgari surilayotgan g'oyalarni uyg'unlashtirish hamda ular o'rtasidagi aloqalarni topa olish imkoniyatini yaratadi.
Muayyan tushuncha doirasida imkon qadar ko'proq yangi g'oyalarni ilgari surish hamda mazkur g'oyalar o'rtasidagi o'zaro aloqadorlik va bog'liqlikni ko'rsatishga harakat qiling. G'oyalar yig'indisining sifati va ular o'rtasidagi aloqalarni ko'rsatishni cheklamang.
Mazkur metodni mashg'ulotlarga quyidagicha qo'llash mumkin: