Kurs ishi mavzu: O‘qish darslarida topishmoqlarni o‘rganish metodikasi



Yüklə 52,46 Kb.
səhifə5/8
tarix24.12.2023
ölçüsü52,46 Kb.
#192143
1   2   3   4   5   6   7   8
Kurs ishi mavzu O‘qish darslarida topishmoqlarni o‘rganish meto-fayllar.org

Izohli o'qish boshlang‘ich sinf o'quvchilarining yoshi va saviyasiga mos bo'lgan, ularning asta-sekin o'sishini ta'minlaydigan metod ekanligi uzoq yillik tajribalarda sinaldi.
Izohli o'qish ongli, tushunib, o'ylab o'qishga o'rgatadi, u o'qilayotgan asar matni ustida o'ylashga majbur qiladi, yozuvchi ifoda etayotgan voqea-hodisalarni his etishni, asar mazmunini o'zlashtirishni ta'minlaydi. Izohli o'qishning tamoyillari, o'qishni hayot bilan bog‘lab tashkil etishni, o'qishning ongli va ta'sirchan bo'lishi uchun o'quvchilarning hayot tajribasiga, taassurotlariga asoslanishni, o'qishni ko'rgazmali tashkil etishni taqozo etadi. Izohli o'qish o'quvchiga bilim berishdan tashqari ularni tarbiyalaydi, o'qish malakalarini takomillashtiradi. Izohli o'qish darslarida o'qitilayotgan asar mazmunini yoritish, lug‘at ustida ishlash, o'qilgan matnni qayta hikoyalash asosiy ish usullaridan hisoblanadi. Izohli o'qish tarixiy mavzudagi asarlarni o'rganishda, asardagi badiiy til vositalarining vazifalari va ma'nolarini ochishda katta ahamiyat kasb etadi.
Izlanish metodidan ham foydalaniladi. Bu asar syujeti yuzasidan o'quvchilarga savol tuzdirishda, qahramonlarga tasvir berishda o'z ifodasini topagi.
Dars davomida reproduktiv metoddan ham foydalaniladi. Masalan, o'qituvchi dastlabki o'qish darslarida o'zi asar matnini qismlarga bo'ladi, yozuvchining aytmoqchi bo'lgan muhim fikriga o'quvchilar diqqatini tortib, uni aniqlab ko'rsatadi, uni sarlavha shakliga keltiradi, yozuvchi voqeani ifodalashda foydalangan so'z, ibora, ifodalarni aniqlab ko'rsatadi, ularga yuklatilgan ma'noni o'quvchilar bilan birga aniqlaydi. Bular o'quvchilar uchun bir ko'rsatma vazifasini bajaradi. Shundan so'ng o'quvchilar o'qituvchining yo'llovchi savollari yordamida bu vazifalarni o'zlari bajaradilar.
3. Topishmoqlar ustida ishlashning samarali yo‘llari.
Topishmoqlar narsa yoki hodisalarning ataylab yashirilgan belgisi, shakli, xatti-harakati, holati va vazifasini boshqa narsa yoki hodisalarga qiyoslash asosida topishga asoslangan she'riy yoki nasriy tuzilishdagi savol va topshiriqlardir. Topishmoqlar xalq turmushi bilan chambarchas bog‘liq holda yaratiladi. Ularning zaminida kishilarning qadimiy e'tiqod va tasavvurlari, olamni bilish va idrok etishga bo'lgan intilishlari yotadi.
Topishmoqda yashirilgan narsalar uning javobi hisoblanadi. To-pishmoqning javobini topish uchun topishmoq matnini e'tibor bilan o'qish, nimaga ishora qilinayotganligini fahmlash, topishmoqning asosiy xususiyat va belgilari aynan nimaga qaratilganligini taxmin qi-lish bilan ham topishga harakat qilish kerak.
Topishmoq o'quvchilarni topqirlik va hozirjavoblikka o'rgatadi. Shu sababli xalq og‘zaki ijodining bu janridan darsliklafda ham keng qo'llanilgan. 1—2-sinf “O'qish kitobi” da topishmoqlar ko'proq, har bir matn ostida keltirilgan. Bundan ko'zlangan maqsad matn mazmunini topishmoqlar asosida ham o'zlashtirilishiga erishishdir. Masalan, 1-sinf „O'qish kitobi" da “Kitobga mehr” matni ostida “Qat-qat qatlama, Aqling bo'lsa tashlama” topishmog‘i keltirilgan va mavzuga juda mos tanlangan. Topishmoqlar bunday shaklda berilganda ularning javobi oson topiladi. 1-4-sinf o'qish darsliklarida „Topishmoqlar» mavzusi ostida har xil topishmoqlar ham berilgan bo'lib, ular o'quvchilarning topqirligini yanada oshiradi, tafakkurini o'stiradi. 2-sinf “O‘qish”darsligida topishmoq javoblari ularning ostiga yozib qo'yilgan yoki rasmlar orqali berilgan.
 Osti tosh, usti tosh
O‘rtasida jonli bosh. (Toshbaqa)
 Zuv-zuv borar, zuv-zuv kelar,
Doston o‘qir, g‘alvir to‘qir. (O‘rgimchak)

 To‘rttir uning oyog‘i,


Temir mixli tuyog‘i.

Manzilga yetishtirar,


Toshdan qattiq tuyog‘i. (ot)
 Yorug‘i bor, dovrug‘i bor,
O‘zi yo‘q, ovozi bor. (Momaqaldiroq)

3-4-sinflarga o'tgach esa javoblar qayd etilmagan. Buning sababi shuki, bu davrga kelib o'quvchilar topishmoqlar ustida ishlash ko'nikmalarini hosil qilgan bo'ladi.


Topishmoqlar bolalar shoirlari tomonidan ham yaratilib kelinmoqda. Bunday topishmoqlar sho'x, qiziqarli bo'ladi. Masalan, 4-sinf „O'qish kitobi» da „Buni toping, qizlarim» (G‘. G‘ulom) topishmoqlari keltirilgan.
O‘tda yonmaydi,
Suvda botmaydi.
Ayoz bobo novvot sotdi,
Olgan edim qo‘lim qotdi.
Osmondan par tushadi,
Par emas zar tushadi.
Eritadi muzni
Qamashtirar ko‘zni.
“Chiq-chiq” ishlab tolmaydi,
Tunda uxlab qolmaydi.
Pichoq kessa qon chiqar,
Po‘choq ketsa don chiqar.
Bolalarni nutqini o‘rgatishda topishmoqlar alohida o‘rin tutadi. Ma’lumki, topishmoqlar narsa yoki hodisalarning qisqacha ta’rifi bo‘lib hisoblanadi. «Topishmoq, — deb yozadi adabiyotshunos M. Abdurahmonov, — narsa yoki voqelik tushunchasini ongli ravishda yashirishga, sir tutishga asoslangan kichik poetik asardir.»
Topishmoqlarda insonning turmushi bilan bog‘liq bo‘lgan, uning tevarak-atrofdagi narsa va hodisalar, buyumlar, o‘simlik va hayvonot dunyosi kabilar ta’riflanadi. Ko‘pincha topish moqlarda narsa va hodisalarning hajmi, shakli, rangi, tovushi, mazasi, harakati kabi belgilari beriladi.
Topishmoq bolalarni obrazli va aniq so‘zlashga o‘rgatishni osonlashtiradi. Topqirlik, aqliy faollik kabi holatlarini rivojlantirish imkonini beradi.
Maktab yoshidagi bolalar uchun tanlangan topishmoqlar sodda, qisqa va tushunarli bo‘lishi kerak. Shu bois topishmoqlarni tanlashda o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini, ayniqsa, o‘zga tilni o‘zlashtirish imkonini hisobga olishi lozim.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun tanlangan topishmoqlarda narsa va hodisalarning eng muhim belgilari ifodalanishidan unumli foydalanish zarur. Masalan, hayvonlar haqidagi topishmoqlarda bunday belgi ularning ovozi hisoblanadi:
Vov-vov deydi, baqiradi,
Tug‘ishganin chaqiradi. (It)
Topishmoqlarni tanlashda, albatta, bolaning tarbiyasi va yoshi hisobga olinishi kerak. Chunki umrida eshitmagan yoki ko‘rmagan narsasi haqida aytilgan topishmoqni bola hech qachon topa olmaydi. Shuning uchun ham topishmoqlar asosan, nomi o‘zlashtirib olingan narsa va hodisalar haqida boradi. Topishmoqlar orqali bolalarning mavjud bilimlari mustahkamlanadi.
— Topishmoqlar o‘qish darsi mashg‘ulotida o‘tilayotgan mavzuga ham muvofiq bo‘lishi kerak. Aks holda bolaning diqqati chalg‘iydi va ko‘zlangan maqsadga erishish qiyin kechadi. Topishmoqlar ustida quyidagi tarzda ish olib borgan ma’qul: topishmoqda ko‘rsatilgan narsa va hodisa belgilarini tushunib olish, ya’ni tahlil qilish;
— bu belgilarni bir-biriga taqqoslash va umumlashtirish;
- aniqlangan belgilar asosida xulosa chiqarish, ya’ni topishmoqning javobini topish.

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari topishmoq matni ustida ishlashda quyidagilarga e’tibor berishi lozim:


1. Ko‘pincha bolalar javob berishga shoshilib, topishmoqni oxirigacha eshitmaydi, uni har tomonlama batafsil tushunib yetmaydi. Ularning diqqati matndagi birorta belgiga bog‘lanib qoladi. Xulosani ular faqat shu yagona belgi asosida, qolganlarini e’tiborga olmagan holda chiqaradilar. Topishmoqni topish uchun muhim bo‘lgan belgi esa e’tiborga olinmaydi. Bunday vaqtda topishmoqni topish qiyinlashadi.
2. Topishmoq yechishda uning ma’nosini bolalarning yaxshi tushunib olishiga, izchillik va tartib bilan fikr yuritishiga harakat qilish kerak. Bunda fikr yuritish tartibi quyidagicha bo‘lishi mumkin:
— umumiy ko‘rinishda nimani qidirishni aniqlash;
— qolgan hamma belgilarni aniqlash;

— taxmin qilinayotgan yechimni keltirish;


— aniqlangan belgilarni birlashtirish;
— xulosa chiqarish.
O‘qituvchi topishmoqlarni ifodali tarzda bayon etadi, bolalar aytilayotgan narsa-buyumning hamma belgilarini eslab qolishlari uchun matnni qaytaradi. Savollar yordamida bolalarning e’tiborini belgilarga va ular orasidagi aloqaga qaratish kerak.
Bir narsa haqida turli topishmoqlar aytilishi bolalar lug‘atini boyitish imkonini beradi.
Topishmoq topishni yengillashtirish uchun o‘qituvchi bolalarga topishmoq yuzasidan quyidagicha savoilar berishi mumkin:
«Topinglar-chi, bu mevami yoki sabzavotmi?
U qaerda o‘sadi?
Bu qanday faslda bo‘ladi?
Bu qaysi hayvon ekan?» kabi. So‘ng topishmoqni ifodali o‘qib, rasmga qarab uning javobini topishni taklif qiladi. Masalan, «Stolni bezatish» o‘yinida stol tasvirlangan rasm tanlab olinadi, idishlar hamda oziq-ovqat rasmlari va ular haqida topishmoqlar tayyorlanadi. Topishmoqqa javob bo‘lgan rasmni bolalarning o‘zlari tanlaydilar. Topishmoqni rasmga qarab topish uni topishda yordamchi savoilar berish yaxshi samara beradsh Ba’zan fasllarga bog‘liq she’rlar, tez aytishlar, topishmoqlarni ham o‘rgatib borish kerak. Yuqorida aytilganidek, bolalarni qiyin tovushlarni to‘g‘ri talafruz qilishga, topishmoqlar orqali ularning fikrlash qobiliyatini o‘stirishga erishiladi. O‘quvchilarga:
Qishin-yozin bir xil kiyimda (Archa);
U tushganda dala-qir,
Kuladi qiqir-qiqir (Yomg‘ir) —
kabi kichik va qiziq topishmoqlarni o‘rgatish maqsadga muvofiqdir. TOPISHMOQ O'TISH DARSI NAMUNASI

Yüklə 52,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin