Tafakkurning qaysi bir turi yaxshiroq?
Keling bolaga shunday masala bersak: "Qiz boladauchdonakonfetboredi, ona unga yana ikkita donani beradi. Qizaloqning endi nechta konfeti bor?" katta guruh bolasi ushbu misolni murakkab bo'lmagan fikr yuritish orqali yechishga harakat qiladi: "Uchga ikkini qo'shsa besh bo'ladi". Matematikani bilmagan bolakay esa ushbu masalani o'zga usul bilan hal qiladi.
U o'sha uch dona konfetni avval tasavvur etadi (uchtasi qizaloqniki va onasi bergan ikkita qolganini), tasavvur etgan holda, ularni rasmda ko'rgani kabi sanab chiqadi. Javob bir xil besh bo'ladi, lekin bolakay uning yechimini qanday topganligini ayta olmaydi. Boladan qanday bilding degan savolga, u "topdim" yoki oddiygina "bilmayman" deb javob berishi mumkin.
Odamlarning ehtiyojlari, hayotiy qiziqishlari va faoliyatlari juda xilma - xildir. Shusababli, odamning tafakkuri ham turli hollarda har xil turda namoyon bo‘ladi. Bilish uchun kerak bo‘lgan vazifalarni va har xil amaliy vazifalarni hal etishga to‘g‘ri kelib qolinganida, shuningdek, boshqa odamlarning fikrlarini nutq orqali va amaliy muomalada bilib olishga, tushunib olishga to‘g‘ri kelinganida odam o‘z fikrini ishlatadi. Mana shundan ijodiy tafakkur va tushunish deb ataladigan tafakkur kelib chiqadi.
Taqqoslash – shunday bir aqliy operatsiyadirki, bu operatsiya ayrim narsalar o‘rtasida o‘xshashlikni yoki tafovutni, tenglik yoki tengsizlik borligini, bir xillik yoki qarama-qarshilik borligini aniqlashda ifodalanadi.
Analiz – narsani (buyumlarni, hodisalarni, jarayonni) tarkibiy elementlarga, qismlarga yoki tarkibiy belgilarga bo‘lish demakdir. Analiz jarayonida butunning uning qismlariga uning elementlariga bo‘lgan munosabati aniqlanadi. Biror moddiy narsani uning moddiy elementlariga ajratib bo‘lish eng oddiy shakldagi analizdir. Stolni ayrim qismlarga bo‘lish – uning oyoqlarini, yashiklarini va boshqa shu kabilarni bir-biridan ajratib olish mumkin.
Sintez – analizning aksi yoki teskarisi bo‘lgan tafakkur jarayonidir.
Bu jarayon obyektning ayrim elementlarini, qismlarini, belgilarini bir butun qilib qo‘shishdan iboratdir. Sintez jarayonida murakkab bir butun narsa, yoki hodisa tarkibiga kirgan elementlar, yoki qismlar tariqasida olingan buyum yoki hodisalarning shu murakkab bir butun narsa yoki hodisaga bo‘lgan munosabati aniqlanadi. Sintez elementlarning, narsa va hodisalarning qismlarini bir butun qilib qo‘shishdan iboratdir, amaliy analiz bo‘lgani singari, sintez ham amaliy bo‘lishi mumkin.
Abstraksiya – shunday bir fikrlash jarayonidirki, bunda tafakkurda aks etilayotgan bir yoki bir necha obyektlarning biror belgisi (xususiyati, harakati, holati, munosabati) shu obyekt yoki obyektlardan fikran ajratib olinadi. Bu jarayonda obyektdan ajratilgan bir belgining o‘zi tafakkurning mustaqil obyekti bo‘lib qoladi. Abstraksiya, odatda, analiz jarayonida yoki analiz natijasida sodir bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |