Kurs ishi mavzu: Toshkent vohasi toponomikasi



Yüklə 66,05 Kb.
səhifə1/4
tarix16.12.2023
ölçüsü66,05 Kb.
#181862
  1   2   3   4
Kurs ishi mavzu Toshkent vohasi toponomikasi


O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta talim maxsus vazirligi

Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston milliy Universiteti tarix fakulteti tarix kafedrasi

KURS ISHI

MAVZU: Toshkent vohasi toponomikasi

Tayyorladi: AZAMOV .A
Qabul qildi: QO’YLIYEV. R
TOSHKENT-2022.
MUNDARIJA.

KIRISH.


I-bob. Toshkent vohasining hududiy bo’linishi joylashuv o’rni .
1.1. Toshkent shaharlariga tarif………………………..4
1.2. Toshkentning hududiy chegaralari…………...10
II-bob. .Toshkent shahri toponomikasi va bazi manbalarda Toshkent .
2.1. Toshkentning qadimi nomi……………………….12
2.2. Toshkent qadimgi va o’rta asr mualliflari manbalirda…………………………………………………….15


XULOSA

Foydalanilgan adabiyotlar ro’xati…………………24


Toshkent-2022.


KIRISH.

Mavzuning dolzarbligi-Toshkent vohasining tarixi uzoq o‘tmishga borib taqaladi. Bu yerda tosh davri odamlari manzilgohlarining izlari, bronza davri manzilgohlarining qoldiqlari va ko‘hna qalʼa, qo‘rg‘onlarning xarobalari, hamda qoyatoshga uyilgan rasmlar topilgan.Ammo bu o‘lka nafaqat qadimiy tarixi bilan balki, boy tog‘oldi tabiati bilan o‘ziga jalb etadi. Siz bu yerda dam oluvchilar uchun barcha sharoitlarga ega Chorvoq suv ombori qirg‘oqlarida quyoshda toblanishingiz, Ugam-Chotqol tabiiy parki bo‘ylab sayohat qilishingiz, sirli g‘orlar, tog‘li sharsharalar va oynadek toza ko‘llarni o‘zingiz uchun kashf etishingiz, shunindek Ugam, Chotqol va Pskom tezoqar soylarida suzib tushishingiz mumkin1.
Toshkent viloyati O‘zbekistonning shimoli-g‘arbida, Tyan-Shan tog‘i bilan Sirdaryo daryosi oralig‘ida joylashgan. Viloyatning maʼmuriy markazi Nurafshon shahri hisoblanadi
I-bob.Toshkent vohasining hududiy bo’linishi joylashuv o’rni.
1.1. Toshkent shaharlariga tarif
O`zbekistonning yirik iqtisodiy markazlaridan biri – Ohangaron Toshkent viloyatining yirik shaharlaridan biri. Ohangaron toponimi forscha-tojikcha – “ohangar” “temirchi” degani, - on - ko'plik affiksi (“Ohangaron” “temirchilar”).Ohangaron toponimi dastlab Xoja Ahrorning vaqf hujatlarida (XV – XVI asr boshlari) – Soyi Ohangaron, Daryo Ohangaron shakllarida tilga olingan. Zahiriddin Muhammad Bobur Ohangaron julg’asi (vodiysi) deb yozgan. Mo’g’ullar kelmasdan oldingi manbalarda Iloq daryosi deb atalgan. Bu vodiyda qadimdan temirchilik rivojlangani uchun daryo Ohangaron – “temirchilar” deb nom olgan. Keyinchalik vodiyda tashkil topgan shaharga ham Ohangaron nomi berilgan1.
Parkent – Toshkent viloyatining yirik shaharlaridan biri bo’lib, Parkent tumani markazi.
1Zahiriddin Muhammad Bobir, T., 1966; Yer tili, T
Mahalliy talaffuzi Parkat. Arab geograflari asarlarida (IX – XI asrlar) Barskat shaklida tilga olishgan. Yoqut Hamaviyning “Mu’jam ul-buldon” lug'atida (XII – XIII asrlar) qayd qilingan.shuningdek, sharqshunos V.V. Bar’told o’rta asrlarda tilga olingan Sarskat shahrini hozirgi Parkent bo’lsa kerak, deydi. O’z navbatida “Parkent” toponimi Bars (tog’ yo’lbarsi) nomidan olingan degan fikr ham bor. Parkent tarixiy manbalarda “Faraakas” holida ham uchraydi.Toshkent viloyatining shaharlaridan yana biri Piskent hisoblanadi. Dastlab arab geograflari Istahriy, Ibn Halqal, Muqaddasiy (X – XI asrlar) asarlarida Biskat shaklida tilga olingan, mahalliy xalq hozir ham Piskat deydi. U “bis” (tojikcha) “yigirma” so'zidan kelib chiqqan degan fikrlar ham bor. Bu xaqida mahalliy aholi orasida quyidagicha rivoyat bor: “Bobur Hindistonga yurishidan boshlashidan bir oz oldin qo`shni Piskent tumaniga kelib to`htaydi Bu yerda 20 kanizagini 20 nafar xizmatkorga nikohlab beradi. Bobur Hindistonga yo`l olgach, 20 nafar xizmatkor shu yerda qoladi va Piskent (forscha “bis” – “yigirma”, “kent” – “qo`rg’on”) vujudga kelishiga sababchi bo`ladilar.
Bekobod shahri – Toshkent viloyati tasarrufidagi yirik shahar, iqtisodiy markaz. Bekobod shahri qadimda Begovot deb yozilar edi. Begovot nomli qishloqlar O'zbekistonda bir nechta bo'lgan. Hozirgi o'zbek adabiy tilida bek shaklida talaffuz qilinadigan so’zning to'g'risida asli beg bo'lgan. Mahmud Qoshg'ariyning “Devonu lug’otit turk” asarida, Yusuf Xos Hojibning “Qutadg’u bilig” asarida bu so'z beg shaklida yozilgan2. . Bu kabi misollar toponimlaming hozirgi o’zbekcha yozilishi mukammal emasligini ko'rsatadi. Umumiy olganda “Bekobod” – “Bek obod qilgan maskan” deb izohlanadi.Angren – Toshkent viloyati tasarrufidagi yirik shahar, iqtisodiy markaz. Angren toponimi Ohangaron “temirchilar” so’zining buzilgan shakli. Ko’plar buni ruscha talaffuz oqibati deyishadi. Zomin tumanida xam Angren degan joy bor.Toshkent viloyati tasarrufidagi shahardan biri – Bo’ka hisoblanadi. Qadimgi turk tilida, hozirgi ba’zi bir turkiy xalqlar (qozoqlar, qirg'izlar) tilida “bo’ka” – “pahlavon” degan ma’noni

2Mahmud Qoshg'ariyning “Devonu lug’otit turk”
Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” asarida “Bo`ka” toponimi xaqida quyidagicha ma`lumot keltirgan: Sulton Ahmad Mirzoning eshik og’asi Jonibek Do`ldoy g’arib ahloq va atvorlik kishi bo’lib, u haqida xalq orasida turli rivoyatlar yurar edi. Kunlarning birida Samarqandga Sulton Ahmad Mirzo qoshiga o’zbek Shayboniyxondan elchi keldi. “O`zbek zo`r kishini bo`ka der emish. Jonibek derkim: Bo`kamusen. Bo`ka bo`lsang, kel kurashamiz”Shuningdek, Bo'ka degan unig’ ham bo'lgan. Masalan, qang’lilarning bo’ka-qangli urug’i qayd qilingan.
“Bo`ka” toponimi “qudratli”, “paxlavon” ma`nolarini bildirib, qadimgi turkiy qabila nomidan kelib chiqqanligi xaqiqatga yaqinroq.Chunki, bu hududda Bo’ka, Murotali, Achamayli kabi bir qator qabilalar yashagan. Xozir ularning nomi o`zlari yashagan joy nomlari bilan ataladi. Ya’ni etnonimlar yillar o`tishi bilan toponimga aylangan42.Shuningdek, tarixchi Ye. Shavanin “Bo`ka” toponimini “dono, bilimdon” deb tarjima qilgan bo`lsa, taniqli rus olimi L.N. Gumelev va xitoy olimi M.V. Xvan bir qator turkiy unvonlarni birga o’rganib, “Bo`ka” toponimi ma`nosini “qudratli” deb tarjima qilgan43.Chinoz – Toshkent viloyatidagi sahardan biri. Arab geograflari Istahriy, Ibn Havqal, Muqaddasiy asarlarida tilga olingan Jinanjkat (Chinochkat) shahrini V.V. Bar’told hozirgi Chinoz deb qayd etgan3. Manbalarda Chinos varianti ham uchraydi. Shuningdek, “Chinos” degan urug’ ham bo’lgan (mo’g'ulchada “chin”– “bo'ri”). Rashiduddin Fazlulloh (XIV asr)ning “Jome – ut-tavorih” tarixiy asarida yozishicha “Chinoz” atamasi mo’g’ullarning tayjuit qabilasi tarkibidagi urug’lardan birini anlatadiKeyinchalik chinozlar tayjuitlardan ajralib, mustaqil qabila bo`lganlar. XIII – XIV asrlarda Chinoz qabilasi ham boshqa bir qancha mo`g’ul qabilalari kabi Dashti Qipchoqning sharqiy tomoniga, so`ngra Qarshi va Toshkent vohasiga kelib o`troqlashganlar.Toshkent viloyatidagi shaharchalardan biri Qibray hisoblanadi. Qozoqlarning dulat qabilasining bir urug’i qibiray deb atalgan. Bu urug’ vakillari afsonaviy Qibiray botirdan tarqagan ekan.

3Бичурин Н.Я. (Иакинф). Собрания сведений о народах.Т. 2. С. 184
Sadir Sadirbekovning 1994 yilda “O'zbekiston” nashriyotida qozoq tiiida bosilgan “Qozoq shajarasi” kitobida shu haqda gap boradi
Qo'yliq – Toshkent shahri mavzelaridan biri. H. Xasanov Qo'yliqni “quyilik”, “pastlik” deb izohlagan. Yana shuni aytish mumkinki, o'zbeklarda ham, qozoqlarda ham qo'yli degan urug’ bo'lgan. Qo'yli keyinchalik Qo'yliq bo’lib ketgan bo'lishi ham mumkin.Bundan tashqari, mo'g'ul sarkardalaridan birining ismi Qo'yliq bo'lgan ekan. Mo'g'ul sarkardalarining nomlari O'rta Osiyo toponimiyasida uchrab turadi G’azalkent – Toshkent viloyatidagi shahar, Bo'stonliq tumani markazi. Ayrim olimlar arab geograflari asarlarida qayd qilingan Gazak shahri hozirgi G'azalkent bo'lsa kerak, degan fikr bildirishadi. Professor H. Xasanov G’azalkent toponimi “g’izol” – “ohu” so’zidan tarkib topgan degan fikrni bildirgan.Toshkent viloyatidagi mashhur hududlardan biri – Chimyon bo’lib, Chimyon toponimi va umuman Toshkent viloyatining tog’li qismidagi ko’pgina joy nomlari Farg’ona vodiysidan ko'chib kelgan aholi tomonidan qo’yilgan degan ma’lumot bor. Zarkat (Zarkent), Parkat (Parkent), Nanay,
Burchmulla kabi nomlar shular jumlasidan.
Farg'ona tumanida Chimyon shaharchasi,. Chimyonni esa o’zbekcha talaffuz asosida Chimgan yozib kelishadi. Chim-chem unsuri f o’zbekchada ko'p marta takrorlanadi. Chem (chim) sug'd tilida “g’ov”, “to’siq”, “ihota”, “qo’rg’on” degani.H. Xasanov Mahmud Qoshg’ariyning “Devonu lug’otit turk” asaridagi “o’tloq” ma’nosidagi “chim­gan” so’ziga nisbat berib, Chimyon toponimini “serchim joy” deb izohlagan.

Yüklə 66,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin