Kurs ishi mavzu: vulqon va uning mahsulotlari


Maydonli turkumidagi vulkanlar



Yüklə 1,13 Mb.
səhifə2/5
tarix11.05.2023
ölçüsü1,13 Mb.
#111797
1   2   3   4   5
Samandar kursavoy

Maydonli turkumidagi vulkanlar. Hozirgi vaqtda bunday vulkanlar uchramaydi yoki ular mavjud emas desa bo'ladi. Bunday vulkanlar yer po'sti hali uncha qalin bo'lmagan vaqtlarda vujudga kelgan. Bunda juda katta hajmdagi suyuq lavalar yer yuzasining yirik hududlarini qoplagan. Maydonli vulkanlar arxey va proterozoy akronlarida yerning protopo'sti rivojlanishida katta ahmiyatga ega bo'lgan.
Darzlik turkumidagi vulkanlari. Ular yer yuzasiga yirik yer yoriqlari bo'ylab otilib chiqadi. Vulkan apparati ochilib qolgan yoriq shaklida bo'ladi.
Darzliklardan chiqadigan asosli magma - bazal't mahsulotlari suyuq bo'lib, yer betiga bir tekisda quyilib, bora - bora qalqonsimon shaklni oladi.
Erning rivojlanishidagi muayyan bosqichlarida bu vulkanizm turi keng miqyoslarda sodir bo'lgan. Natijada yer yuzasiga juda katta miqdorda vulkan materiallari – lavalar oqib chiqqan. Hindistonda bunday maydonlar kengligi 5.105 km2 va o'rtacha qalinligi 1 dan 3 km gacha boradigan Dekan platosini tashkil etadi. Ular AQShning shimoliy-g'arbida va Sibirda ham mavjud. U vaqtlarda yer yoriqlaridan quyuladigan bazal't lavalari tarkibida kremnezem (50%) kam va ikki valentli temirga boy (8-12%) bo'lgan. Lava harakatchan, suyuq bo'lganligi sababli oqib chiqqan joyidan yuzlab kilometr uzoqlarga yoyilib ketgan. Ba'zi vulkan lavalarining oqimi 5-15 km ni tashkil etgan. AQShda, Hindistondagi kabi, ko'p yillar davomida juda katta qalinlikdagi effuziv jinslar to'plangan. Bunday yassi xarakterli pog'onasimon tuzilishga ega bo'lgan lava hosilalari platobazal'tlar yoki trapplar deb nom olgan.
Hozirgi vaqtda darzlik vulkanizmi Islandiyada (Laki vulkani), Kamchatkada (Tolbachi vulkani ), Yangi Zelendiyaning bitta orolida rivojlangan. Islandiya orolidagi eng yirik lava quyulishi uzunligi 30 km ga boruvchi Laki yer yorig'i bo'ylab 1783 yilda sodir bo'lgan. Bunda ikki oy maboynida yer yuzasiga lava quyulib turgan. Shu vaqt davomida 12 km3 bazal't lavasi oqib chiqib, atrofdagi 915 km2 maydonni 170 m qalinlikdagi qatlam bilan qoplagan.
Shunga o'xshash hodisa 1886 yili Yangi Zelandiya orollaridan birida kuzatilgan. Ikki soat davomida 30 km masofada diametri bir necha yuz metrni tashkil qilgan 12 ta kraterlardan lava otilib chiqib turgan (1-rasm). Vulkan otilishi portlash va kul chiqish bilan birga kechgan, natijada 10 ming km2 maydon vulkan mahsulotlari bilan qoplangan, darzlik yoqinida uning qalinligi 75 m ga yetgan. Portlash samarasi darzlikka tutashgan suv havzalaridan bug'lanish tufayli kuchaygan. Suv borligi tufayli bunday portlashlar freatik nomini olgan. Portlashdan so'ng ko'l o'rnida uzunligi 5 km va kengligi 1,5-3 km bo'lgan grabensimon botiqlik hosil bo'lgan.

Yüklə 1,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin