Markaziy turkumdagi vulkanlar. Bu effuziv magmatizmning eng keng tarqalgan turkumidir. Markaziy vulkanlar doimo bir kanaldan otilib turadi. Ular konus shaklida, yonbag'ri 30 - 40°li qiyalikka ega bo'ladi . Markaziy vulkan kraterlarining diametri ko'pincha 500 - 2000 m bo'lib, ba'zan 25 - 75 km gacha (Afrikada), chuqurligi esa bir necha 100 m ga boradi.
Hozirgi vaqtda yer sharida rivojlangan harakatdagi va so'ngan vulkanlarning ko'pchiligi markaziy turkumdagi vulkanlardir.
Vulqon xodisalari tabiat kuchlarining eng zo'ri va dahshatli ko'rinishlaridan biridir. Aholi yashaydigan erlarda joylashgan ko'pgina vulqonlar atrofidagi aholiga katta ofatlar keltirgan. Shuning uchun vulqonlar qadimdan beri diqqatni jalb qilgan va hatto uzoq o'tmishdagi vulqonlarning faoliyati to'g’risida ham juda ko'p ma'lumotlar to'plangan.
Bunga Apenin yarim orolidagi Neapol’ qo'ltig’i qirg’og’ida joylashgan va vulqonlardan eng mashhuri bo'lgan Vezuviy misol bo'lishi mumkin. Solnomachilarning ko'rsatishicha, bu vulqonning ancha tekis bo'lgan kraterida harbiy komandalar mashg’ulot o'tkazib turgan, yon bag’irlari esa o'rmonlar bilan qoplangan. Eramizning 73-yilida vulqon to'satdan harakatga kelgan, ko'p miqdorda lava oqimlari Yer yuzasiga oqib chiqqan va havoga kul massasi otilib chiqqan.
Bu kulning bir qismi quruq, bir qismi esa kul atrofga yoqqan, chunki bu vulqon otilgan vaqtda kuchli yomg’ir (sel) yoqqan. Natijada bir necha ming kishi halok bo'lgan: Vulqonga Yaqin bo'lgan Gerkulanum va Pompeya shaharlari lava natijasida buzilgan, bir qismi esa kul ostida ko'milgan. Vulqon ba'zan 100 yildan ortiq vaqt davomida jim tursa ham o'sha davrdan boshlab to hozirgi kunga qadar uning faoliyati to'xtagani yo'q, so'nggi 100 -150 yil davomida vulqon faoliyati ayniqsa kuchli bo'lgan. So'nggi kuchli otilish 1944 yilda, Amerika qo'shinlari Neapol’ qo'ltig’i qirg’oqlariga kelgan vaqtda yuz bergan edi. Martinka orolidagi Pele (Takir) tog’i ham bunga misol bo'la oladi. Bu tog’ ham burundan o'chgan vulqon hisoblanar edi, lekin 1902 yilda u qaytadan faoliyatini ko'rsatadi, natijada Sen-P’er shahri vayron bo'ldi va uning butun aholisi (29000 kishi) bir necha minut davomida halok bo'lgan.
So'nggi vaqtdagi vulqonlar qatoriga, masalan, Meksikada 1943 yilda vujudga kelib deyarli 5 yil harakatda bo'lgan va hozir esa vaqtincha yoki butunlay faoliyati keskin kuchsizlangan Perikutin vulqon kiradi.
Odatdagi vulqonlar balandligi bir necha metrdan bir necha kilometrgacha bo'lgan konussimon tog’lardan iboratdir. Vulqon cho'qqisida otilish yuz beradigan chuqurlik - krater deyiladi. Eng yirik vulqonlardan biri bo'lgan (balandligi 4810 m) Klyuchi sopkasi (Kamchatka); Vezuviy (Italiya), Fudziyama (Yaponiya) va boshqalar ana shunday tug’ri konuslardan iborat.
Boshqa hollarda esa vulqonlar kesik konuslardan iborat. Ba'zan vulqonlarning tuzilishi juda assimetrik bo'ladi. Ba'zan, diametri bir necha o'n kilometrga boradigan katta krater kal’dera deb ataladi. Vezuviyni yarim xalqa shaklida o'rab turgan kal’dera qoldiqlari Sopka deb ataladi.
Vulqon otilishi doimo bir xil intensivlikda yuz bermaydi. Deyarli har bir vulqon boshqalardan o'z faoliyatining xarakteri bilan farq qiladi: bundan tashqari, bu faoliyatning kuchayishi va pasayishi bosqichlarini kuzatish mumkin.
Yuqoridagi misollardan ko'rganimizdek, vulqon faoliyatlarining ayrim portlashlari o'rtasida, ba'zan bir necha asrlar o'tib ketadi. Vulqonlar shiddatli otilganlaridan so'ng butunlay uchadi yoki axyon-axyonda sal tutab turadi: boshqalari esa doimo tutab turadi va axyon-axyonda tosh va ko'llar otiladi, so'ngra, ayrimlari juda jim holda vaqti-vaqti bilan lava chiqarib turadi, lekin krater otilishlar o'rtasida doim harakatda bo'lgan lava bilan to'lgan bo'ladi.
Vezuviyni vulqonni kuzatishlar uning otilishi tutun paydo bo'lishi bilan boshlanishini, ba'zan undan oldin yoki u bilan bir vaqtda ozmi - ko'pmi sezilarli zilzilalar bo'lishini ko'rsatadi. Tutun kraterdan tobora balandlashib va kattalashib ustun shaklida ko'tariladi. Ba'zan, tutun ustuni 10 km va undan ortiq balandlikka tik ko'tariladi. Tutunning mayda zarrachalari cho'kib, ko'p joylarni qalin qatlam qoplaydi.
Magmaning Yer ichidan Yuqoriga harakatlanishi ikkita omilga bog’liq:
1. Magmani siqib chiqarish uchun etadigan gidrostatik bosim.
2. Suyuqlik-gaz hajmining ortishi.
Greyton hisoblariga ko'ra 40 km chuqurlikda hosil bo'lgan magmaning tarkibida 9,4% gaz bo'lsa, u Yer yuzasiga Yaqinlashganda hajmi 1155 marotaba ortar ekan. Bu hajmning kattalashishi asosan Yer yuzasiga 5 km qolganda boshlanar ekan.
Vulqon harakati 3 bosqichdan iborat:
1. Yer ostidan tovushning chiqishi, gaz va chang zarralarining otilishi.
2. Portlashning kuchini ortib borishi.
3. Lavaning Yer yuzasiga chiqishi.
Lava sekin Yer betiga quyilishi mumkin yoki favvora bo'lib otilishi mumkin (300 m balandlikkacha va 30 m diametrli bo'lishi mumkin).
Vulqonlar krater holatiga qarab 4 xil bo'ladi:
1. Qadimgi vulqonlar, erroziya natijasidi krater umuman yo'q bo'lib ketgan.
2. Hozirgi so'ngan vulqonlar.
3. Hozirgi so'nayotgan vulqonlar.
4. Harakatdagi vulqonlar.
Ko'p yilgi kuzatishlar natijasida vulqonlar lava harakatiga ko'ra ikkita gruxlarga ajratiladi:
1. Qalqonli vulqonlar.
2. Portlovchi vulqonlar.
Birinchi guruxga Gavayi turkumidagi vulqonlar kiradi. Bu turkum vulqonlar - Mauna-Loa, Kilauea va boshqalar (Gavayi orollari)- asosan, o'z lavalarining (bazal’tli lavalarning) harakatchanligi va oquvchanligi bilan hamda gaz va bug’larning ko'p ajralib chiqmasligi, haroratining 13000C ligi bilan harakterlanadi.
Ikkinchi guruxga Stromboli, Etno-vezuvi, Volkan, Pele va Bandaysan turkumidagi vulqonlar kiradi.
Stromboli turkumidagi (Stromboli-O'rta dengizdagi vulqon), bu vulqon Gavayi orollaridagi kabi to'lqinlanib, suyuq bazal’tli lava chiqaradi, biroq uning Gavayi tipidagi vulqonlardan farqi shundaki, bu Yerda juda ko'p gazlar ajralib chiqadi va shunga binoan bomba va kullar tez-tez otilib turadi.
Vezuviy turkumidagi vulqonlarning otilishi shu bilan farq qiladiki, ulardan lavada kremnezem ko'proq va ancha yopishqoq bo'lganligidan ko'pincha kraterdan Yerning chuqur joylariga boradigan kanalni berkitib qo'yadi.
Pele tipidagi (Mon-Pele - taqir tog’ vulqoni nomidan) vulqon lavasining juda ham yopishqoqligi bilan farq qiladi.
Bu vulqonlardan chiqadigan gazlar ba'zan 7000 va undan ham ortiq temperaturaga ega. Gazlar va ko'llarning atmosfera tsikloni tezligida tog’ yon bag’irlari bo'ylab tushadigan va o'z yo'lidagi hamma narsalarni emiradigan bunday bulutlar qizdiruvchi bulutlar deb nom olgan. Martinika orolidagi Sen-P’er shahrining vayron bo'lishiga Pele vulqonidan otilib chiqqan bunday bulutlardan biri sabab bo'lgan natijada shaharning butun aholisi bir necha minut davomida halok bo'lgan edi.
Uy va ko'chalardan topilgan kishilarning murdalari issiq bo'ron ta'sirida kuyib, kiyimlari juda yirtilib ketgan edi. Bu bo'ron temperaturasining qanchalik Yuqori bo'lganligini shundan bilish mumkinki, ayrim uylardagi stollardan og’izlari egilgan shishalar topilgan.
Nixoyat, lavalari juda ham yopishqoq bo'lganligidan gaz va bug’larning chiqishiga yo'l qo'ymaydigan Bandaysan (Yaponiyadagi eng yirik vulqonlardan biri) tipidagi vulqonlar ajraladi. Kuchli otilish vaqtida vulqonning hammasi emirilib ketadi. Vandaysan vulqoni, Krakatov, Katmai va boshqa vulqonlarda ana shunday bo'lgan.
Yuqorida ko'rsatilgan tiplardagi vulqonlar markazli vulqonlar deb ataladi, chunki ular ma'lum bir markazdan otilib chiqadi. Gaz va lavalar o'rtada joylashgan kraterdan emas, balki ancha uzunlikka ega bo'lgan yoriqlardan chiqadigan yoriq vulqonlar markazli vulqonlardan farq qiladi. Qalin muzliklar o'lkasi bo'lgan Islandiyadagi vulqonlar bu jihatdan ayniqsa xarakterlidir. Islandiyada uzunligi 40 km ga boradigan erlar bor va ulardan oqib chiqadigan lavalarning ko'p massalari bu yorliqlarning har ikkala tomoni bo'ylab katta joylarni qoplaydi. Ko'pincha yoriqlar bo'ylab bir qancha vulqon konuslari bo'ladi. Shuning uchun ham Islandiyani haqli ravishda muzlar va o'tlar o'lkasi deb ataydilar.
Vulqon mahsulotlari uch xil bo'lib, ular qattiq, suyuq va gaz holatida bo'ladi. Vulqonning qattiq mahsulotlariga vulqon bo'mbalari, lapillalar, vulqon qumlari va ko'llari kiradi. Mayda changlarning tushgan massalari vulqon kuli deb nom olgan. Ancha yirik zarrachalar (bir necha yoki bir necha o'n metr parchalar) lapilli yoki rapilli (toshchalar) deb ataladi.
Vulqondan chiqqan kulning miqdori to'g’risida Alyaskadagi Katmai vulqonining otilishidan bo'lishi mumkin: bu vulqondan otilgan kul qatlamining qalinligi 4 m dan ortiq bo'lgan; shamolga teskari bo'lgan tomonida 100 m gacha masofada kulning qalinligi 10 sm dan ortiq bo'lgan. Agar Katmai vulqonining Moskva markazida deb tasavvur qilsak, bu otilib chiqishning kattaligini ko'z oldimizga keltirgan bo'lar edik. Butun shahar bir necha metr qalinlikdagi kul qatlami ostida ko'milgan bo'lur edi. Kul Smolensk, Gor’kiy shaharlariga tushgan bo'lur edi, Kaluga shaxri esa 30 sm qalinlikdagi kul qatlami bilan qoplangan va 6O soat davomida qorong’ilikda qolgan bo'lar edi. Dast avaal vulqon kuli va qumlari qorga o'xshash g’ovaksimon bo'ladi, keyinchalik o'zining og’irligi ta'siri ostida sekin-asta jichlashad va so'ngra vulqon tufi deb ataluvchiancha zich qatlamga aylanadi. Vulqon tufida qotgan lava parchalari ko'p miqdorda bo'lsa zichlashgan kul bilan tsimentlangan vulqon brekchiyasi hosil bo'ladi. Kichik hajmdagi (1-3 sm) kraterdan otilib chiqqan qattiq maxsulot lapilla deb nomlanadi. Katta hajmdagi bo'laklarning qotishi natijasida aglomerat qatlami vujudga keladi. Vulqondan juda ko'p gazlar ajralib chiqishi vaqtida quyuq lava parchalari ham ba'zan bir necha yuz metrlarga otilib chiqadi. Bunda lava bombalari hosil bo'ladi. Vulqon bombalari 5-10 sm dan bir necha metrgacha bo'lishi mumkin. Ba'zan krater chetidagi qoyalardan og’irligi bir necha o'n tonnaga boradigan katta palaxsalar ajralib, havoga bir necha yuz metr otilib ketadi, so'ngra tog’ning yon bag’irlariga va uning etagiga yumalanib tushadi.
Vulkan mahsulotlari
Vulkandan otilib yoki quyulib chiquvchi mahsulotlar fizik va kimyoviy xossalariga qarab gazsimon, qattiq va suyuq bo'ladi.
Gazsimon vulkan mahsulotlari fumarollar va sofionlar bo'lib, vulkan faoliyatida muhim ahamiyatga ega. Magmaning kristallanish jarayonida ajralib chiquvchi gazlar bosimni kritik nuqtagacha ko'taradi va atrofga qaynoq suyuq lavning bo'laklarini sachratib, portlashga olib keladi. Vulkanlar otilishida atmosferada ulkan zambrug'simon gaz bulutlari vujudga keladi. 1902 yili Mon-Pele vulkani otilishida hosil bo'lgan bunday qaynoq bulutning kul va gaz tomchilari Sen-P'er shahrini vayron qilgan va uning 28000 aholisi qurbon bo'lgan. Fumarollarning quyidagi turlari ajratiladi:
2-rasm. Kamchatkadagi vulkan konusi. www.phonokamchatka.au
- a) quruq – harorati 500ºC ga yaqin, deyarli suv bug'lari bo'lmaydi; xlorli birikmalar bilan to'yingan,
- b) nordon yoki xlor-vodorod-oltingugurtli – harorati taxminan 300-400ºC,
- c) ishqorli yoki ammiakli – harorati 180ºC dan ortiq,
d) oltingugurtli yoki sol'fatarlar - harorati 100ºC ga yaqin, asosan suv bug'lari va vodorodsul'fiddan tarkib topgan,
- e) karbonat angidritli yoki moferlar – harorati 100ºC dan past.
Fumarol gazlar tarkibida suv bug'lari, , HCl, HF, S, CO, C va ozroq galogenlar bo'ladi. Fumarol gazlar lava yoki piroklast jinslardan ajralgan gazlar, atmosfera gazlari va ularning lava qoplamalari tagidagi organik moddalar bilan reaktsiyaga kirishishidan hosil bo'lgan gazlar aralashmasidan iborat bo'ladi.
Ko'pincha nordon fumarol tarkibida suv bug'lari bilan aralash xlorid va sul'fat kislotasi uchraydi. Ularning issiqligi 200 - 400°C bo'ladi. Vulkan konusi kraterida vujudga kelgan sul'fat kislotali ko'llar ham mavjud (3-rasm). Nordon fumaroldan sof oltinguturt va qizil temir oksidi (gematit) kristallari cho'kmaga o'tadi (4-rasm).
3-rasm. Vulkan krateridagi kislotali ko'l.www.ekosystema.ru
4-rasm. Kraterda hosil bo'lgan oltingugurt kristallari. www.ekosystema.ru
Dostları ilə paylaş: |