Kurs ishi mundarija kirish bob. Nogironligi bor shaxslarni jamiyat taraqqiyotidagi oʻrni


II.BOB. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING NOGIRONLARNI IJTIMOIY HIMOYA QILISH TIZIMI



Yüklə 97 Kb.
səhifə4/6
tarix19.12.2023
ölçüsü97 Kb.
#186965
1   2   3   4   5   6
Kurs ishi mundarija kirish bob. Nogironligi bor shaxslarni jamiy-fayllar.org

II.BOB. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING NOGIRONLARNI IJTIMOIY HIMOYA QILISH TIZIMI
2.1. Nogironlarni huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari
Nogironlar O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va boshqa qonun hujjatlarida mustahkamlab qo‘yilgan ijtimoiy-iqtisodiy, shaxsiy huquq va erkinliklarining to‘liq majmuiga egadirlar. Nogironlarni kamsitish taqiqlanadi va qonun bilan jazolanadi.
Davlat nogironlarning ijtimoiy himoyasini ta’minlab, tegishli davlat dasturlarida nogironlarning ehtiyojlarini hisobga olgan holda ularning individual rivojlanishi, ijodiy va ishlab chiqarish imkoniyatlari va qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratadi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan shakllarda ijtimoiy yordam ko‘rsatadi. Nogironlarning sog’liqni saqlash, mehnat qilish, ta’lim va o’qitish, uy-joy va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarini amalga oshirishdagi to’siqlarni bartaraf etish maqsadida qonun. Davlat nogiron bolalarga alohida g’amxo’rlik qiladi.Respublika va viloyatlarda nogironlarga yordam ko‘rsatish maqsadida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish uchun soliq solinmaydigan fondlar tashkil etilmoqda. Jamg‘armalarni tashkil etish tartibi, ularning faoliyati va ta’lim manbalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Bolalikdan nogiron bo‘lganlarning hamda boshqa I va II guruh nogironlarining uy-joy sharoitini yaxshilash chog‘ida uylar ularning ish joylariga hamda davolash-profilaktika muassasalariga va transport yo‘llariga yaqin bo‘lishi zarurligini hisobga olgan holda beriladi. Nogironlarga va a’zolaridan biri nogiron bo‘lgan oilalarga uy-joy berish, uy-joy sotib olish, qurish va ulardan foydalanish yuzasidan yengilliklar O‘zbekiston Respublikasining uy-joy to‘g‘risidagi qonunlarida belgilab beriladi.
Fuqaro vakolatli davlat idorasi (TMEK)ning uni nogiron deb topgan yoki nogiron deb topmaganligi xususidagi qaroriga norozilik bildirib, TMEKning yuqori idorasiga murojaat qilishga haqlidir. Agar shu qaror ham nogironni qoniqtirmasa, unda u sud yo‘li bilan e’tiroz bildirishga haqlidir. Nogironlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini buzishda aybdor bo‘lgan mansabdor shaxslar va boshqa fuqarolar qonunda belgilangan moddiy, intizomiy, ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortiladilar
Davlat idoralari, korxonalar, birlashmalar, muassasalar va tashkilotlar nogironlarga (shu jumladan o‘rindiqli aravacha va yetaklovchi itlardan foydalanuvchi nogironlarga) uy-joylardan, jamoat va ishlab chiqarish binolaridan, inshootlar va xonalardan foydalanishlari, jamoat transporti va transport kommunikatsiyalari, umumiy foydalanishdagi aloqa va axborot vositalaridan to‘sqinliksiz foydalanishlari, bemalol yo‘l tanlash va yurishlari uchun shart-sharoit yaratib berishga majburdirlar
Xalq deputatlari Kengashlari, ularning boshqarmalari va bo‘limlari, boshqa tarmoq bo‘linmalari nogironlar madaniy-tomoshagoh muassasalariga va sport inshootlariga bemalol kirishi va madaniy kamol topish, jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish maqsadida ulardan bemalol foydalanishi uchun zarur sharoitlarni yaratib berishga, shuningdek ularga maxsus sport anjomlari berilishini ta’minlashga majburdirlar. Nogironlar mazkur xizmatlardan bepul yoki yengil shartlar bilan foydalanadilar.
Korxonalar, birlashmalar, muassasalar va tashkilotlar nogironlar uchun ijtimoiy-madaniy obyektlar hamda sport inshootlari qurishni pul bilan ta’minlashga, jihozlar sotib olishga va ularni ta’minlashga mablag‘ ajratishga haqlidir. Mazkur maqsadlarga ajratilgan mablag‘dan soliq olinmaydi.
Davlat nogironlarning ilm olishi va kasb tayyorgarligi uchun zarur shart-sharoit yaratishga kafolat beradi10.
Xalq ta’limi idoralari sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot idoralari bilan birgalikda nogiron bolalarning maktabgacha va maktabdan tashqari tarbiyasini, nogironlarning kasb tayyorgarligini, nogironlarni tiklashning yakka tartibdagi rejasiga muvofiq ular umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va oliy ta’lim olishini ta’minlashga majburdirlar.
Salomatligi tufayli umumiy yo‘sindagi maktabgacha tarbiya muassasalariga qatnay olmaydigan nogiron bolalarni tarbiyalash hamda salomatligini tiklash uchun eng qulay imkoniyatlarni yaratish maqsadida xalq deputatlari Kengashlari korxonalar, birlashmalar, muassasalar va tashkilotlarni jalb etgan holda maxsus maktabgacha tarbiya muassasalarini, shu jumladan internat-uylarni tashkil etadilar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017 yil 1 dekabrdagi PF-5270-son Farmoniga muvofiq 2018 yil 2- iyunda 417-sonli Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilindi. Ushbu qaror bilan I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarni O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga qo‘shimcha davlat granti kvotalari asosida o‘qishga qabul qilish tartibi belgilab berildi. Qabul jarayonida oliy ta’lim muassasasi va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining hududiy boshqarmasi vakillaridan iborat tarkibda oliy ta’lim muassasasida nogironligi bo‘lgan shaxslardan hujjatlar qabul qilish komissiyasi tashkil etiladi.Nogironligi bo‘lgan shaxslardan hujjatlar qabul qilish komissiyasi tarkibiga O‘zbekiston nogironlar jamiyati vakili ham kiritilishi mumkin. Nogironligi bo‘lgan shaxslar barcha darajalardagi ta’lim tashkilotlarida ta’lim olish va o‘z qobiliyatini yanada to‘liqroq rivojlantirish uchun butun umri davomida ta’lim olish hamda jamiyat va davlat hayotida ishtirok etish huquqiga ega. Quyidagilar nogironligi bo‘lgan shaxslardan hujjatlarni qabul qilish komissiyasining asosiy vazifalari etib belgilanadi:
  • nogironligi bo‘lgan shaxslar bilan kasbga yo‘naltirish bo‘yicha suhbatlar o‘tkazish;


  • nogironligi bo‘lgan shaxslardan ariza va hujjatlarni qabul qilish.


Abituriyent oliy ta’lim muassasasining qabul komissiyasiga taqdim etishi lozim bo‘lgan hujjatlarga qo‘shimcha ravishda nogironligi bo‘lgan shaxslar nogironlikni tasdiqlovchi hujjatning aslini shaxsan (yoki ishonchli vakili tomonidan) ko‘rsatgan holda, nusxasini taqdim etishi talab etiladi.Barcha abituriyentlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining (keyingi o‘rinlarda Davlat test markazi deb ataladi) abituriyentlar bazasiga kiritiladi.Davlat test markazi har yili 16 iyulga qadar nogironligi bo‘lgan abituriyentlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Sog‘liqni saqlash vazirligiga o‘rganib chiqish uchun taqdim etadi.


O‘rganish natijalari Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan har yili 20-iyulga qadar Davlat test markaziga ma’lum qilinadi.O‘rganish natijalariga ko‘ra nogironligi tasdiqlanmagan shaxslar oliy ta’lim muassasalariga nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘shimcha ikki foizli davlat granti kvotalari asosida o‘qishga qabul qilish bo‘yicha kirish imtihonlari (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon)ga qo‘yilmaydi.
Kirish imtihonlarida to‘plash mumkin bo‘lgan eng yuqori ballning 30 foizidan kam bo‘lmagan ball (56.7 ball) to‘plagan nogironligi bo‘lgan shaxslar ballar ketma-ketligiga qat’iy rioya etilgan holda, qo‘shimcha ikki foizli davlat granti kvotalari doirasida talabalikka tavsiya etiladi.
Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ajratilgan qo‘shimcha kvotalar asosida qabul qilinmagan abituriyentlar to‘plagan ballari bilan mazkur ta’lim yo‘nalishida umumiy tartibda tanlovda ishtirok etadi.Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun oliy ta’lim muassasalarida davlat granti asosida abiturientlarni qabul qilish umumiy sonining 2 foizi miqdorida qo‘shimcha qabul kvotasi ajratiladi.
  • Nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘shimcha kvota asosida oliy ta’lim muassasalariga qabul qilish kirish imtihonlari natijalari bo‘yicha amalga oshiriladi.


  • Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ajratilgan qo‘shimcha kvotalar bo‘yicha o‘qishga qabul qilinmagan abiturientlar to‘plagan ballari bilan ta’limning ushbu yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda umumiy asoslarda ishtirok etadi.


  • Ko‘zi ojizlar toifasiga kiruvchi sifatida hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarga ajratilgan kvota doirasida davlat granti asosida tahsil olayotgan talabalar o‘qishini oliy ta’limning mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlari hamda mos mutaxassisliklariga davlat granti asosida ko‘chirilishiga ruxsat etiladi.


Doimiy ishlaydigan davolash profilaktika yoki salomatlikni tiklash muassasalarida davolanayotgan nogiron bolalar uchun ham o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etiladi.


Nogiron bolalarga umumiy yoki maxsus maktabgacha tarbiya muassasalarida va o‘quv yurtlarida tarbiya va ta’lim berish imkoni bo‘lmagan taqdirda, ota-onalarining istaklari hisobga olinib, bunday bolalarga uyida tarbiya va ta’lim beriladi. Bunda ota-onalardan biriga yoki ularning o‘rnini bosuvchi kishiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilab qo‘yiladigan tartibda va shartlar asosida moddiy ta’minot va imtiyozlar beriladi.Nogironlarning ilm olishi, kasb tayyorgarligi va malakasini oshirish turli shakllarda, shu jumladan, kunduzgi hamda kunduzgi-sirtqi shakllarda, o‘zicha mustaqil tayyorlanish yo‘li bilan, maxsus guruhlarda, sinflarda hamda yakka tartibdagi o‘quv dasturlari asosida, shu jumladan uyda o‘qish yo‘li bilan ro‘yobga chiqariladi.
Nogironlarning ijodiy va ishlab chiqarish qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish maqsadida hamda tiklanishning yakka tartibdagi dasturlarini hisobga olib, ularga mehnat sharoiti odatdagicha bo‘lgan korxonalar, birlashmalar, muassasalar va tashkilotlarda, nogironlar mehnati qo‘llaniladigan ixtisoslashtirilgan korxonalarda, sexlarda va uchastkalarda ishlash huquqi, shuningdek yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan hamda qonun bilan taqiqlanadigan o‘zgacha mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish huquqi ta’minlanadi.
I va II guruh nogironi bo‘lgan xodimlar uchun ularning yoshi, sog‘lig‘i holati, mehnatning shartlari, mehnat vazifalarining o‘ziga xos xususiyatlari va o‘zga holatlarni inobatga olib, mehnat to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlar, shuningdek mehnat shartnomasi shartlariga binoan mehnatga to‘lanadigan haqni kamaytirmasdan, ish vaqtining qisqartirilgan muddati belgilanadi.
  • Ishlayotgan I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga ularning yoshi va sog‘lig‘i holatini hisobga olib, 30 kalendar kun yillik uzaytirilgan asosiy ta’til beriladi.


  • Yillik asosiy ta’til birinchi ish yili uchun 6 ishlangandan keyin beriladi.


  • Yillik asosiy ta’til I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga ularning xohishi bo‘yicha 6 oy o‘tmasdan oldin beriladi.


Ish beruvchi mehnat shartnomasi tuzish chog‘ida dastlabki tarzda va keyinchalik (ish davomida) vaqti-vaqti bilan nogironligi bo‘lgan xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni tashkil qilishi shart.


Nogiron bilan mehnat shartnomasi tuzishdan yoki xizmat yuzasidan uni yuqori lavozimga ko‘tarishdan bosh tortishga, ma’muriyat tashabbusi bilan ishdan bo‘shatishga, nogironligi uchun uni o‘z roziligisiz boshqa ishga o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi. Tibbiy-ijtimoiy ekspertizaning xulosasiga ko‘ra nogironning salomatligi bu kasb vazifalarini bajarishga monelik qilgan yoki nogironning yoxud boshqa kishilarning salomatligi va mehnat xavfsizligiga tahdid qilgan hollar bundan mustasnodir.Nogiron o‘z mehnat qobiliyatini tiklaganidan keyin avvalgi ishiga yoki shunga teng ishga joylashish huquqi ega.
Nogironlar mehnatini muhofaza qilishning qo‘shimcha choralari
Ish beruvchi belgilangan minimal ish joylari hisobidan ish joylariga ishga joylashtirish tartibida mahalliy mehnat organi tomonidan yo‘llangan nogironlarni ishga qabul qilishi shart.
  • TMEKning nogironlarga to‘liqsiz ish vaqti rejimi o‘rnatish, ularning vazifasini kamaytirish va mehnatning boshqa shartlari haqidagi tavsiyalarini bajarish ish beruvchi uchun majburiydir.


  • I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga mehnatga haq to‘lash kamaytirilmagan holda ish vaqtining haftasiga 36 soatdan oshmaydigan qisqartirilgan muddati belgilanadi.


  • I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga 30 kalendar kundan kam bo‘lmagan muddat bilan yillik uzaytirilgan asosiy ta’til beriladi.


  • Nogironligi bo‘lgan shaxslarni tungi vaqtdagi ishlarga, shuningdek ish vaqtidan tashqari ishlarga va dam olish kunlaridagi ishlarga jalb qilishga ularning roziligi bilangina, basharti ular uchun bunday ishlar tibbiy tavsiyalarda taqiqlanmagan bo‘lsa, yo‘l qo‘yiladi.


Nogironlarni ish bilan ta’minlash maqsadida davlat idoralari nogironlarning kasaba uyushmalari va jamoat birlashmalari ishtirokida korxonalarda, birlashmalar, muassasalarda va tashkilotlarda ishlovchilar sonining kamida 3 foizi miqdorida nogironlar uchun ish joylarini band qilib qo‘yish normalarini belgilaydi (kamida 34 kishi).Nogironlar uchun ish joylarini band qilib qo‘yishni ta’minlamagan yoki ularni ishga joylashtirishdan bo‘yin tovlagan korxonalar, birlashmalar, muassasalar va tashkilotlar davlat hokimiyati mahalliy idoralariga O‘zbekiston Respublikasining qonunlarida belgilab qo‘yiladigan tartibda nogironlarni ishga joylashtirish va ularga moddiy yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq xarajatlarning o‘rnini qoplash uchun pul to‘laydi.


Nogironlarning mehnatidan foydalanish uchun nogironlarning ehtiyojlarini va mahalliy xususiyatlarni hisobga olib, maxsus korxonalar, sexlar va uchastkalar barpo etiladi. Ko‘zi ojiz nogironlar sharoiti o‘zlarining imkoniyatlariga mos keladigan ishlab chiqarishlarda qatnashishda ustunlik huquqiga ega.
Mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruv idoralari, korxonalar va birlashmalar uyda ishlovchi nogironlarga, shuningdek yakka tartibdagi mehnat faoliyati band bo‘lgan nogironlarga mazkur faoliyat uchun odam turmaydigan bino yoki xonalar ajratib berish, xomashyo sotib olish va mahsulotni sotishda zarur yordam beradi.
Nogironlarga ijtimoiy yordam pul to‘lovlari (pensiyalar, nafaqalar, bir yo‘la beriladigan to‘lovlar) shaklida, texnika vositalari hamda boshqa vositalar, shu jumladan avtomobillar, o‘rindiqli aravachalar, protez-ortopediya buyumlari, maxsus harfli matbaa nashrlari, ovoz kuchaytirgich apparatlar va signalizatorlar bilan ta’minlash shaklida, shuningdek tibbiy, ijtimoiy va kasb jihatidan tiklash hamda maishiy xizmat, transport xizmati ko‘rsatish yo‘li bilan beriladi.
Nogironligi bor shaxslarga ijtimoiy yordamning quyidagi turlari bor:
  • Pul to‘lovlari (pensiyalar, nafaqalar, bir yo‘la beriladigan to‘lovlar);


  • Reabilitatsiya qilishning texnik vositalari, surdotexnika, tiflotexnika vositalari yoki boshqa vositalar, shu jumladan o‘rindiqli aravachalar, protez-ortopediya moslamalari, maxsus harfli matbaa nashrlari, ovoz kuchaytiruvchi apparatlar va signalizatorlar, subtitrli yoki surdotarjimali videomateriallar, shuningdek avtomobillar bilan ta’minlash;


  • Tibbiy, ijtimoiy, kasbiy, jismoniy reabilitatsiya qilish bo‘yicha xizmatlar va maishiy xizmatlar;


  • Transport xizmatlari;


  • Dori vositalari bilan ta’minlash.


Nogironligi bo‘lgan shaxslarga ijtimoiy yordam


  • Nogironligi bo‘lgan, o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatish qobiliyatini qisman yoki to‘liq yo‘qotgan va o‘zgalarning doimiy parvarishiga muhtoj bo‘lgan shaxslarga ularning uyida hamda vakolatli davlat organlarining ixtisoslashtirilgan statsionar muassasalarida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xizmatlar ko‘rsatiladi. Bu muassasalarda ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish bilan bir qatorda hayot faoliyati uchun tegishli shart-sharoitlar ta’minlanadi, tibbiy xizmatlar ko‘rsatiladi, shuningdek mehnat faoliyati va dam olish tashkil etiladi.


  • Ish beruvchining aybi bilan mehnatda mayib bo‘lgan yoki kasb kasalligiga chalingan nogironligi bo‘lgan shaxslar tibbiy ko‘rsatmalarga binoan ish beruvchining (tashkilotning tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar) mablag‘lari hisobidan reabilitatsiya qilishning texnik va maxsus transport vositalari bilan ta’minlanadi.


  • Mahalliy davlat hokimiyati organlari nogironligi bo‘lgan shaxslarga mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan qo‘shimcha ijtimoiy kafolatlar belgilash huquqiga ega.


  • Nogironligi bo‘lgan shaxslar sanatoriy-kurortda bepul sog‘lomlashtirish, shuningdek dori vositalari, nogironligi bo‘lgan shaxslarni parvarish qilish uchun mo‘ljallangan tibbiy buyumlar va nogironligi bo‘lgan bolalar uchun maxsus shifobaxsh oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlanish huquqiga ega.


  • Nogironligi bo‘lgan shaxslarning sanatoriy-kurortda sog‘lomlashtirilishini ta’minlash tartibi hamda dori vositalarining, nogironligi bo‘lgan shaxslarni parvarish qilish uchun mo‘ljallangan tibbiy buyumlarning va nogironligi bo‘lgan bolalar uchun maxsus shifobaxsh oziq-ovqat mahsulotlarining ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.


Nogironlarni pensiyalar va nafaqalar bilan ta’minlash tartibi pensiya va ijtimoiy ta’minot to‘g‘risidagi qonunlarda belgilab qo‘yiladi.


Nogironlarga bepul maxsus tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi O‘zbekiston Respublikasining sog‘liqni saqlash to‘g‘risidagi qonunlarida belgilab qo‘yiladi. Nogironlarni dori-darmonlar bilan ta’minlash, ularga texnik vositalar va o‘zga vositalarni berish, shuningdek, maishiy xizmat va transport xizmati ko‘rsatish bepul yoki O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilab qo‘yilgan tartibda yengil shartlar asosida amalga oshiriladi.
Nogironlarning internat uylarda yoki boshqa doimiy ishlaydigan ijtimoiy yordam muassasalarida bo‘lish sharoiti nogironlar o‘z huquqlari va qonuniy manfaatlarini amalga oshirishlari uchun imkoniyatni ta’minlashi hamda shaxsning ehtiyojlari mumkin qadar to‘la-to‘kis qanoatlantirilishiga ko‘maklashishi lozim.
Salomatligini tiklash choralari yordamida nogironning internat uyda yoki o‘zga doimiy ishlaydigan ijtimoiy muassasada bo‘lishiga zarurat qolmagan taqdirda davlat hokimiyati mahalliy idorasi unga ushbu Qonunning 11-moddasi talablariga muvofiq ravishda qulay turar joy maydoni berishi kerak.
Boshqalarning parvarishiga va yordamiga muhtoj bo‘lgan nogironlarga ijtimoiy yordam idoralari uyga borib yoki doimiy ishlaydigan muassasalarda tibbiy yoki maishiy xizmat ko‘rsatadi.Davlat boshqalarning parvarishiga muhtoj bo‘lgan nogironlarga ijtimoiy yordam beruvchi doimiy muassasalar tarmog‘ini rivojlantirishga ko‘maklashadi
Ijtimoiy yordam respublika budjeti va mahalliy budjetlar, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi, nogironlarni ijtimoiy himoya qilish jamg‘armalari mablag‘lari hisobidan, shuningdek korxonalar, birlashmalar, tashkilotlar va fuqarolarning ixtiyoriy badallari hisobidan beriladi.
Nogironlar va ularning nomidan ish olib boruvchi shaxslar o‘z huquqlari va manfaatlarini himoya qilish, o‘zaro qo‘llab-quvvatlash va xizmat ko‘rsatish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining qonunlarida belgilab qo‘yilgan tartibda jamoat birlashmalarini, shu jumladan turli jamg‘armalarni tashkil etish huquqiga egadirlar.
Davlat idoralari nogironlarning jamoat birlashmalariga hamda ularning manfaatlarini himoya qiluvchi tashkilotlarga har tomonlama madad, moddiy va gumanitar yordam beradi.Davlat idoralari, shuningdek mulkning o‘z xo‘jalik yuritishning shaklidan qat’i nazar, korxonalar, birlashmalar, muassasalar va tashkilotlar nogironlar manfaatlariga taalluqli masalalarni hal etish chog‘ida bu masalalarni nogironlarning jamoat birlashmalari bilan birgalikda hal etishlari shart.
Nogironlar va ularning qonuniy vakillari o‘z manfaatlariga bevosita daxldor bo‘lgan masalalar muhokama qilinayotganda hamda ular yuzasidan qarorlar qabul qilinayotganda qatnashish, shuningdek zarur axborot olish huquqiga egadirlar.
Nogironlarning jamoat birlashmalari hamda ularning korxonalari, birlashmalari, muassasalari va tashkilotlari soliq to‘lashda O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilab qo‘yilgan tartibda imtiyozlar va yengilliklardan foydalanadilar.
Nogironlarning jamoat tashkilotlari, ularning tarkibiy bo‘limlari va bo‘linmalari binolar olishda, xomashyo resurslari, ishlab chiqarish-texnika uskunalarini sotib olishda birinchi navbat huquqidan foydalanadilar va O‘zbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiq imtiyozli suratda pul va kredit bilan ta’minlanish huquqiga egadirlar.
Nogironligi bo‘lgan shaxslarga nisbatan jinoiy jazolarni qo‘llashdagi cheklovlar
Majburiy jamoat ishlari I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga nisbatan qo‘llanilmaydi.
  • Shartli hukm o‘ta og‘ir jinoyati uchun hukm qilinganlarga, shuningdek ilgari qasddan sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum etish jazosiga hukm qilingan shaxslarga nisbatan qo‘llanilmaydi, 18 yoshga to‘lmagan shaxslar, I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar, ayollar, shuningdek 60 yoshdan oshgan shaxslar bundan mustasno.


  • Nogironlik belgilari aniq ko‘rinib turgan shaxslarga nisbatan maxsus vositalar ishlatish taqiqlanadi, ular tomonidan qurolli qarshilik ko‘rsatilgan yoki fuqarolar hayoti va sog‘lig‘iga tahdid etib, guruh bo‘lib hujum qilingan hollar bundan mustasno.


  • Hukm qilingan I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarning tibbiy xulosada belgilanadigan miqdorda va xillarda qo‘shimcha posilkalar, yo‘qlovlar va banderollar olishiga ruxsat etiladi.


Hukm qilingan I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar mehnatga o‘z xohishlariga ko‘ra jalb etiladilar.


Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun soliq imtiyozlari, quyidagilar qisman soliq solishdan ozod etiladi:
  • Urush nogironlari va ishtirokchilari, shuningdek ularga tenglashtirilgan va doirasi qonun hujjatlarida belgilanadigan shaxslar;


  • Bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslar, shuningdek I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar;


  • Bolaligidan nogironligi bo‘lgan shaxs, doimiy parvarishni talab etadigan farzandi bilan birga yashab, uni tarbiyalayotgan ota yoki ona.


Ushbu soliq imtiyozlari tegishli hujjatlar taqdim etilgan taqdirda qo‘llaniladi.


Qat’iy belgilangan soliq stavkasi to‘lovchisi I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan shaxs hisoblanganida faoliyat turidan va uni amalga oshirish joyidan qat’i nazar, oyiga qat’iy belgilangan miqdordagi soliqning 50 foizini, biroq BHMning 50 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda to‘laydi11.
  • Urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek doirasi qonun hujjatlari bilan belgilanadigan ularga tenglashtirilgan shaxslar mulkida bo‘lgan mol-mulk soliq solishdan ozod etiladi.


  • I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar mulkida bo‘lgan mol-mulk 60 kvadrat metr doirasida soliq solishdan ozod qilinadi. Mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki tibbiy-mehnat ekspert komissiyasining ma’lumotnomasi asosida beriladi.


  • Urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek doirasi qonun hujjatlari bilan belgilanadigan ularga tenglashtirilgan shaxslar hamda I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar er solig‘idan ozod etiladi. Mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki tibbiy-mehnat ekspert komissiyasining ma’lumotnomasi asosida beriladi.


  • Ishlab chiqaruvchi zavod tomonidan qo‘l bilan boshqarishga moslashtirilgan yengil avtomobilni va (yoki) motoaravachani sotib oluvchi barcha guruhlardagi nogironligi bo‘lgan shaxslar avtotransport vositalarini sotib olish va (yoki) O‘zbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirish uchun yig‘imni to‘lashdan quyidagilar ozod qilinadi.


Nogiron farzandi bor ota yoki onaga soliq imtiyozlari


Bolaligidan nogironligi bo‘lgan shaxs, doimiy parvarishni talab etadigan farzandi bilan birga yashab, uni tarbiyalayotgan ota yoki ona. Bu imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki sog‘liqni saqlash muassasasining doimiy parvarish zarurligini tasdiqlovchi tibbiy ma’lumotnomasi asosida beriladi.
  • Soliq to‘lovchilar qisman (daromadlar qaysi oyda olingan bo‘lsa, o‘sha oyda har bir oy uchun mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 1,41 baravari miqdoridagi daromadlar bo‘yicha) soliq solishdan ozod etiladi.


  • Bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslar, shuningdek I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun esa mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 3 baravari miqdoridagi daromadlar bo‘yicha ozod etiladi. Bu imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasining ma’lumotnomasi asosida beriladi.


  • Soliq imtiyoziga bo‘lgan huquq kalendarь yil davomida vujudga kelgan taqdirda, soliq imtiyozi unga bo‘lgan huquqlar vujudga kelgan paytdan e’tiboran qo‘llaniladi.


Agar soliq to‘lovchi ushbu moddada nazarda tutilgan bir nechta asos bo‘yicha soliq imtiyoziga doir huquqqa ega bo‘lsa, unga xohishiga qarab faqat bitta soliq imtiyozi beriladi.Soliq imtiyozini qo‘llash soliq to‘lovchining asosiy ish (xizmat, o‘qish) joyi bo‘yicha, asosiy ish joyi mavjud bo‘lmagan taqdirda esa — yashash joyidagi soliq organlari tomonidan jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiya asosida soliqni hisoblab chiqarish chog‘ida amalga oshiriladi. Soliq imtiyoziga bo‘lgan huquq yo‘qotilgan taqdirda, soliq to‘lovchi imtiyozga bo‘lgan huquqni yo‘qotgan paytidan e’tiboran o‘n besh kun ichida bu haqda undan soliqni ushlab qoladigan yuridik shaxsga ma’lum qilishi kerak.





Yüklə 97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin