Kurs ishi ob’ekti: Sharq xalqlari mumtoz musiqa merosida maqom ijodiyoti. Kurs ishi predmeti: Makom san’ati va uning Sharq xalqarim mumtoz mumiq merosidaig o‘mi Kurs ishi maqsadi


П-ВОВ SHARQ MUMTOZ MUSIQAS1 NAMOYONDALAR1



Yüklə 376,31 Kb.
səhifə4/7
tarix05.05.2023
ölçüsü376,31 Kb.
#108359
1   2   3   4   5   6   7
KIR1SH

П-ВОВ SHARQ MUMTOZ MUSIQAS1 NAMOYONDALAR1
2.1. Maqom va uning o‘ziga xos xususiyatlari
Buyuk Turon zaminida musiqa madaniyati va ijrochilik san’atining rivojlanishi qadim zamonlarga bogTanib ketadi. Buyuk sharq allomalari Muhammad Al- Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Ahmad al Farg‘oniy, Abu Ali ibn Sino, Paxlavon Mahmud, Umar Hayyom, Mirzo Ulug‘bek, Zaxiriddin Muhammad Bobur, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Paxlavon Muhammad, Najmiddin Kavkabiy, Darvish Ali Changiy va boshqa ulug‘ bobokalonlarimiz o‘zlarining risolalarida ijrochilik san’ati, musiqa ilmi va tarixi, cholg‘u sozlarining tuzilishi, ijroviy uslublari, san’atkorlik qonun - qoidalariga oid qimmatli maTumotlarni bayon etib ketganlar. Mashhur didaktik asar «Qobusnoma”da ham hofizlik va san’atkorlikning qoidalariga bag‘ishlangan alohida bob o‘rin olgan.
Zaminimizda oTkazilgan tarixiy qazilmalar natijasida topilgan dutorga, sumay, qonunga, nayga o‘xshash sozlar, toshlarga o‘yib bitilgan sozandalaming soz chalib turganidagi tasvirlari, minatyura asarlaridagi sozanda va hofizlaming rasmlari odkamizda ijrochilik san’ati qadimdan rivojlanib kelganligidan dalolat beradi. Sharq xalqlarining musiqiy merosi boTmish Maqom, Mo‘g‘om, Dastgox, Navba, Raga, Kyui kabi ijrochilikning murakkab turkumlari avloddan - avlodga og‘zaki ravishda o‘tib kelgan. Tarixiy manbalar, bilimdon ustoz san’atkorlaming fikri hamda ilmiy tadqiqotlarga qaraganda, XIII-XVII asrlarda O‘rta Osiyo, Xuroson va Ozarbayjon xalqlari musiqasida quyidagi o‘n ikki (davozdax) maqom mavjud boTgan. Bular «Ushshoq”, «Navo”, «Buzalik”, «Rost”, «Xusayniy”, «Xijoz”, «Rohaviy”, «Zangula”, «Iroq”, «Isfahon”, «Zirofqand”, «Buzurg”.
Yana bir tarixiy manbaga murojaat qiladigan bo‘lsak, ulug‘ olim Mirzo Ulug‘bek Tarag‘ayning «Risola dar ilmi musiqa” (Musiqa ilmi haqida risola) kitobining «Dar bayoni duvozdah maqom” (o‘n ikki maqom zikrida) bobida shunday fikrlar keltiriladi: Xoja Abdulqodir ibn Adurahmon Marog‘iy, Xoja Sayfidin Abdulmo‘min, Sulton Uvays Jaloiriylaming so‘zlariga qaraganda, avvalda maqomlar yettita bo‘lg‘on : «Maqomi rost”, «Maqomi Ushshoq”, «Maqomi Navo”, «Maqomi Roho’”, «Maqomi Xijoz”, «Maqomi Iroq”, «Maqomi Xusayniy”. Yana ushbu risolada ulug‘ bobomiz Ulug‘bekning o‘zi tanbur va nog‘orani juda yaxshi chalganligini, «Bulujiy”, «Shodiyona”, «Axloqiy”, «Tabriziy”, «Usuli ravon”, «Usuliy otlig”’ singari kuylami ixtiro qilganligini ta’kidlab o‘tadi.
Yuqoridagi fikrlarga suyangan holda, shunday xulosa qilish mumkinki, tarixiy sharoitda yangi ijro yoMlari sayqallangan koYinishlari bilan jilolanib kelgan. Keyinchalik xalqning etnik joylashishi, у ashash sharoitlari, turmush tarziga qarab ulaming turlicha madaniy rivojlanish davriga asoslanib har xil maqom yodlari ham o‘z o‘mini topganligi ehtimoldan holi emas Natijada XVIII asrga kelib Buxoroning «Shashmaqom” (Olti maqom)i: «Buzruk”, «Rost”, «Navo”, «Dugoh”, «Segoh”, «Iroq” maqomlari o‘zining nasr va mushkulot qismlari bilan rivojlangan bo‘lsa, Farg‘onaning «Chor maqom”i (Tocrt maqom), «Dugoh Xusayniy”ning yettita yo‘li, «Chorgoh”ning oltita ijrochilik yo‘li, «Shaxnozi Gulyor”ning oltita ijrochilik yo‘li hamda «Bayot” у о‘Harming savti va taronalari bilan jilolanib, ijro etib kelingan.
Xorazm maqomlarida ham yuqorida ta’kidlangan olti maqom ijrosini alohida uslubiy va o‘ziga xos yo‘nalishini kuzatish mumkin. Bunda faqat keyinchalik yettinchi maqom sifatida chertim yodidagi «Panjgoh” maqomi kiritilgan. Shuning uchun avloddan avlodga o‘tib kelgan bebaho musiqiy boyligi sanalmish Buxoro, Xorazm va Farg‘ona, Toshkent maqomlari, betakror ashula va katta ashulalar singari durdonalar bizga berilgan ulug‘ ne’mat sifatida ardoqlanad
Sharq mutafakkirlarining musiqa san’ati borasidagi qarashlariga oid Keyingi yillarda respublikamizning barcha sohalarda jadal islohotlar olib borilmoqda. Davlat miqyosidagi bunday islohotlami musiqa san’ati sohasida ham ko‘rishimiz mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 02.02.2022 y.
«Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora- tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-112 sonli Qarori madaniyat va san’at sohasiga davlat miqyosida e’tibor berilayotganlinining yorqin dalilidir. Mazkur Qarorga muvofiq
«...notalar to‘plamlari va maxsus musiqiy adabiyotlar bilan ta’minlash umumta’lim maktablarini darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalar bilan ta’minlash tizimiga kiritiladi». Musiqa san’atida savodxonlikni oshirish muayyan cholg‘uda chalishni 0‘rganish bilan bir qatorda milliy san’atimiz tarixini yanada chuqurroq o‘rganish, milliy musiqa san’atimiz, shu sohada faoliyat yuritgan allomalar qoldirgan noyob asarlami o‘zlashtirishni taqozo etadi.
Farobiy musiqashunoslik faniga katta hissa qo‘shdi. Ushbu sohada uning asosiy asari «Musiqa haqida katta kitob» bo‘lib, u Sharq musiqasi va Qadimiy yunon musiqa tizimi haqidagi muhim manba hisoblanadi. Unda Farobiy musiqaga keng tavsif beradi, uning toifalarini ochib beradi, musiqa asarini tashkil qiluvchi unsurlar haqida yozadi.
Musiqiy tovushlarni anglash masalasida, eshitish qobiliyatini inkor qiluvchi hamda bunda faqatgina hisob-kitob va o‘lchamlami asos qilib olgan Pifagor maktabi qarashlariga qarama-qarshi o‘laroq Farobiy faqatfina eshitish qobiliyati hal qiluvchi ahamiyatga ega deb hisoblaydi. Bunda u Aristoksen1 garmoniyasi maktabiga asoslanadi.
Dunyoda 4 nafar yirik olim bo‘lgan. Ulardan 2 nafari islomgacha bo‘lgan davrda ijod qilganlar. Ular Aristotel va buyuk Aleksandr (Afrodiziskiy), 2 nafari islom davrida yashagan Abu Nasr Al Farobiy va Abu Ali Ibn Sino. Abu Ali Ibn Sino Al Farobiyning asarlaridan juda ko‘p foydalangan. Ilk o‘rta asming buyuk olimi o‘z davrining ilg‘or falsafiy fikrining asosiy prinsiplarini o‘z ijodida aks ettirgan mutafakkir Abu Nasr Al Farobiydir. Abu Nasr Muhammad, Ibn Muhammad Ibn Uzlug‘, Ibn Tarxon Farobiy 872-873 yillarda Ariz suvi Sirdaryoga quyiladigan yerdagi Farob degan joy da tug‘ilgan. XIII- XIV asr tarixchilarining guvohlik berishicha Farob Shoshning (Toshkentning) shimolrog‘ida joylashgan nuqta. Turk manbalaridan birida yeming nomidir. Farobiyni «Abu Nasr» deb ham atashgan. Farobiyning yerli turkiy qabiladan kelib chiqqanligini ta’kidlash uchun uning nomiga ko‘pincha «at Turkiy» deb ham qo‘shib aytilgan. U Turkistonli qadimgi o‘zbeklar ichidan chiqqan harbiy xizmatchi oilasida dunyoga keldi. Abu Nasr boshlangTch ma’lumotni o‘z yurtida oldi. MaTumki Farobiy Bag‘dodga kelgunga qadar arab tilini bilmagan. Qadimgi bir manbada yozilishicha Mavorounnahrda bolalami 5 yoshidan boshlaboq turli hunar va ilmga o‘rgata boshlaganlar. Farobiy O‘rta Osiyodan chiqib ketgunga qadar Shosh va_Samarqandda boTganligi, markaz Buxoroda oiqib ishlaganligi haqida adabiyotlarda maTumotlar uchraydi. Bag‘dodga bora turib Eronning ko‘pgina shaharlarida - Isfahon, Xamadon, Rey (Fexron) va boshqa shaharlarda boTgan. Bag‘dod musulmon dunyosining turli oTkalaridan, xususan Eron va O‘rta Osiyodan kelgan ko‘plab adabiyotchi va olimlami o‘ziga jalb qilgan. 762-yilda asos solingan Bag‘dod hokimiyati savdo yoTlari va boyliklaming markazi boTibgina qolmay, balki butun halifalikning madaniy hayoti va ilmiy tafakkurining muhim markazlaridan biriga aylangan edi.
Halifalikda madaniyat va fanning rivojlanishida Eron va O‘rta Osiyodan kelgan olimlar faol ishtirok etadilar. Bag‘dodda Al Xorazmiy, Farg‘oniy, At Turkiy,
Battoniy, As Sufiy, Abu Mashar, Al Nazzam, Ar Ravandiy, Husayin Ibn Ashoq va boshqa ko‘plab tarixchilar, geograflar, filologlar va shoirlar mehnat qilganlar, ular o‘zlarining ilmiy tadqiqotlari bilan shuhrat qozonganlar. Farobiy ko‘proq nazariy fanlar matematika, mantiq, nazariy tibbiyot, musiqa nazariyasi va boshqalar bilan qiziqdi. Ayni vaqtda tabiatshunoslikni, huquqshunoslik asoslarini, filologiya, poetika va boshqa fanlarni ham muvaffaqiyatli o‘zlashtirdi. U o‘z ona tili - turk tilidan tashqari fors, yunon, arab, yana juda ko‘p tillami bilgan. Farobiyning musiqashunoslikka qo‘shgan hissasi beqiyosdir. U yangi musiqa asbobi yaratgan mohir sozanda, bastakor, yirik musiqa nazariyotchisi bolgan.
Farobiyning bastakorlik faoliyatiga kelganda uning ba’zi musiqa asarlari Eronda va Sharqning boshqa mamlakatlarida hozirga qadar ham ijro etilib kelinayotganligi haqida ma’lumotlar bor. Farobiy musiqa nazariyasi sohasida bir qator asarlar qoldirgan. Ular orasida «Musiqa haqida katta kitob»i keng tarqalgandir. Farobiy bu kitobida musiqaning keng ta’rifmi beradi, uning asosiy tushunchalarini hamda musiqa asarlari tarkib topadigan elementlarini ochib beradi. «Musiqa haqida katta kitob»ning mazmuniga to‘xtashdan oldin ayrim mutaxassislarning jahon musiqa san’ati taraqqiyotida Farobiy musiqa merosining roli haqida aytgan ba’zi fikrlarini keltirib o‘tamiz. Farobiy yashagan davrda qadimgi yunon mualliflarining musiqa haqidagi ba’zi g‘oyalari ma’lum edi. Farobiyga qadar musiqa nazariyasini o‘rganish bilan Al Kindiy shug‘ullangan. Fan tarixchisi K.Sarton «А1 Kindiy ilk musulmon musiqashunosi bodgan», - deb ko‘rsatadi. Farobiyning asari unga qadar yaratilgan asarlardan ustun bodibgina qolmay, balki Sharq va G‘arbda musiqa nazariyasi taraqqiyotini bir necha asrga belgilab berdi.
G‘arb olimlari Farobiyning musiqashunoslikka oid merosini Yevropada musiqa ilmining rivojlanishida katta ta’sir kodsatilganligini ta’kidlaydi. K.Sarton Farobiy musiqashunoslik sohasida ham «o‘z davrining Yevropa nazariyalaridan ancha oldinda edi» deb ko‘rsatadi. Fransuz arabshunos olimi Karra de Voo Farobiyni musiqa san’atidagi xizmatlarini ta’kidlab, «Farobiy yana buyuk musiqachi ham edi. Biz uning sharq musiqasi nazariyasi bo‘yicha eng muhim asarlari uchun undan minnatdormiz» - deb yozgan edi. Yana u, - «U ayni vaqtda ham ijrochi-musiqachi, ham bastakor edi. Uning qobiliyatiga Sayfutdavlat qoyil qolgan edi. Darvish Mavlonlar hozirga qadar ham muallifii Farobiy deb hisoblanadigan qadimgi qo‘shiqlami kuylab yuradilar», - degan edi. Farobiyning musiqa merosiga bagdshlangan asarlarida ta’kidlanishicha, «Kitob al musiqiy al kabir» asarining qiymati uning umumiy va chuqur g‘oyalaridagina emas, balki Farobiy davrida o‘rta asr musulmon Sharqi madaniyatining gullab yashnagan davrida musiqa san’atining holati haqida ham keng ma’lumot berilgan.
Jomiyning aruz bilan bir qatorda musiqa nazariyasi haqida «Risolayi musiqiy» asarini yozishi shu davr madaniy hayotida katta voqea boTdi. Jomiy o‘z risolasida Abu Nasr Farobiyning ko‘p jildlik «Musiqa haqida katta kitob» asaridagi g‘oyalami yanada rivojlantirdi, musiqani tovushlaming o‘zaro ohangdoshlik (ta’lif) va noohangdoshlik (manofarat) nuqtai nazaridan ohganuvchi, yangi kuy yaratish uchun ular orasidagi oraliq(ozmina)lami tekshiruvchi fan deb xarakterladi.
Musiqa, uning fikricha, insonga eng yuqori ma’naviy oziq beradigan mukammal go‘zal tovushlar haqidagi fandir. Bu fan insonlarga xizmat qilishi, ularning hayotini bezashi zarur.

Yüklə 376,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin