1.2. Sharq musiqa merosida maqom san’atida qadimgi bastakorlik ijodiyoti
XIV-XVI asrlar bastakorlik san’atining yuksalgan davri edi. Bu davrda ko‘plab sozanda va xonandalar qatori ajoyib bastakorlar yetishib chiqdi. Ular maqom jamming rivojlanishida muhim ishlar olib bordilar.
Bastakor so‘zi tojikcha (“basta” bogdangan, “kor” ish, ishlovchi ma’nolarida) kuyni tashkil etadigan unsurlami bir-biriga bog‘lovchi - demakdir; hozirda “kompozitor” (kompozitsiya etuvchi, kuy yaratuvchi) ma’nosida ishlatiladi.
Bastakor o‘tmishda turli vazifalami bajargan. Dastlab u yangi, original kuy va ashulalar yaratuvchidir. Ikkinchidan, bastakor tayyor kuylar mavzuida ulaming ritmik va kuy variantlarini ham yaratgan. Bunda bastakor kuy yo‘llariga yangi- yangi epizodlar, tayyor holdagi avjlar (“Namudlar haqida” qismiga qarang) kiritgan. Ashula yo‘llariga yangi she’rlami ustalik bilan bog‘lab, tushira bilgan san’atkorlar ham bastakor nomiga mansub bo‘lgan.
Bastakorlikka taalluqli bo‘lgan musiqa asarlari - kuy va ashula yo‘llari o‘tmish olimlar yaratgan nazariy risolalarda “alhon” (arabcha “lahn” so‘zining ko‘pligi) atamasi bilan ataladi. Manbalarda kohsatilishicha, alhon (kuy) - uzunligi jihatidan cheklangan vaqt (zamon) o‘lchovlarida tartiblangan turli balandliklardagi nag‘ma (tovush)lar birikmasidir. X-XIII asrlarda alhon turlari ruhiy ta’sir etish xarakteri nuqtai nazaridan uch xil, deb ko‘rsatiladi.
Alhoni mulazza (lazzatbaxsh alhon). Bunday musiqa asarlari go‘zallikni ifodalaydi va inson kayfiyatini ko‘taruvchi ta’sir kuchiga egadir.
Alhoni muxayyila - xayoliy musiqaviy, tasviriy xarakterdagi asarlar. Bu yerda hozirgi zamon musiqasidagi “fantaziya” xarakteridagi asarlar tushunilmasligi kerak. Bu yerda kishini xayolga cho‘mdirib qo‘yadigan va kuchli tasviriy kuchga ega bo‘lgan kuy va ashulalar ko‘zda tutiladi. Unda ko‘proq tabiat, jonivorlar tasvirlanadi.
Alhoni infioliyya (g‘amgin kuylar), kishiga gcamgin kayfiyat bag‘ishlaydi. O‘rta asr musiqasidagi alhoning bu turlariga oid faktlar umuman Sharq xalqlarida mavjud bodgan musiqa asarlarining xususiyatlarini ifodalaydi.
Alhoning bunday turlari o‘zbek-tojik xalqlari musiqasida, ayniqsa, maqom yo‘llarida ham ko‘p uchraydi. Bizgacha yetib kelgan xalq musiqa asarlari - To‘rg‘ay, Suvora, Sarbozcha kabilarda to‘rgcayning uchishi, otliq kishi va askarlami otda yurish harakati tasvirlanadi. O‘n ikki maqomdagi Raqb sho‘’basining nomini ham Suvoraning arabcha ifodasi, deb aytish mumkin. Bunday musiqa asarlari “Alhoni muxayyila”ning bizning kungacha yetib kelgan turlaridan deyish mumkin. Ayniqsa xalq orasida mashhur bodgan dostonlarda, xalq qo‘shiqlarida tuma, qarg‘a, ot va boshqa jonivorlar hamda tabiat manzaralarining go‘zal tasvirlanishi buning dalilidir.
So‘nggi vaqtlarda yaratilgan va xalq orasida mashhur bodib ketgan ajoyib o‘shiqning kichik bir qismini olaylik. Bunda so‘z bilan ohang bahordagi tabiat manzaralarini, hayvonot dunyosini yuksak badiiy qilib tasvirlaydi:
Yuqoridagidek tarzda musiqa asarlarining turlarga ajratilishi, shubhasiz, bastakorlar diqqatini kuylarning ruhiy holatini anglab olishga jalb etgan va ashulalarga mos she’rlar tanlashda ham yordam bergan.
Sharq olimlarining nazariy qarashlari musiqa tajribasi asosida shakllangan bo’lib, ular o’z risolalarida musiqa cholg’usini jamiyatda tutgan o’mi va ahamiyati haqida atroflicha ma’lumot berganlar. Abu Nasr Muhammad Forobiyning (873-950) “Musiqa haqida katta kitob” (“Kitob al-musiqa al- kabir”), Abu Ali Ibn Sinoning (980-1037)
“Davolash kitobi” (“Kitob um-shifo”) qomusidagi “Musiqa haqida risola”, Al Xorazmiyning X asr “Bilimlar kaliti”, Safiuddin Urmaviyning (1216- 1294) “Oliyjanoblik haqida kitob” yoki “Sharafiy kitobi”, Abdurahmon Jomiyning (1414-1492) “Musiqa haqida risola” kitoblarida musiqa ijrochiligi va halq cholg’u asboblari haqida muhim ma’lumotlar berilgan.
Safiuddin Urmaviy istedodli ud cholg’uchisi Urmiya shaxrida tug’ilgan (Ozarbayjonlik) mashhur xonanda, uning eng katta yutug’i “Modius” ladning mukammal yo’nalishlarini ishlab chiqqanligidir. Ibn Zaylning VI asr “Musiqa xaqida to’liq kitobi” va “Kitob ul-kabi fil-musiqiy” uning musiqa ilmidagi yagona va bebaho kitobdir.
U yangi usulni, musiqada ladlami harflar bilan ifodalash usulini ishlab chiqdi. Abduqodir Marog’iy XV asr, Ozarbayjonning Marog’ shahrida tug’ilgan bo’lsada, hayotining ikkinchi yarmi Temur saroyida Samarqandda o’tgan va Hirotda vafot etgan. “Musiqa ilmda ohanglar to’plami” (“Jami al-alhon fi-ilm al- musiqiy”) risolasida musiqa haqidagi ta’limotni kamoncha, yetti torli g’ijjak kabi bir turdagi musiqa cholg’ulari borligi haqidagi maTumotlar bilan boyitdi.
Al-Husayn XV asr asosan O’rta Osiyo xalqlari orasida keng tarqalgan torli musiqa asbobi dutor haqida ma’lumot bergan. Qutbiddin ash-Sheroziy (1236- 1310) eronlik musiqa nazariyotchisi sifatida tanilgan bo’lib, o’z risolasida kamonchali tanbur (sato) haqida ibratli mulohazalar bildirgan hamda inson ovozining musiqa asboblari ichida eng yoqimlisi deb hisoblagan.
Al Forobiy (IX asr) mohir ijrochi sifatida ham tanilgan. U damli cholg’u nay asbobini, torli mizrobli cholg’u tanbur vaud musiqa asboblarini juda zo’r mahorat bilan ijro etgan. Forobiy mohir ijrochi sifatida musiqa cholg’u asboblarining jamiyat hayotidagi rolini o’rganishga ahamiyat beradi va u “Jangu jadallarda, raqslarda, to’y-tomoshalarda, ko’ngil ochar bazmlarda hamda ishq va muhabbat qo’shiqlarini kuylashda chalinadigan cholg’ular bor”, deb yozgan edi. Kitobning ikkinchi qismida halq cholg’ulari lyutnya, tanbur, ud, nay, rubob, chang, shoxrux, qonun, dutor va boshqa cholg’ular izchil va batafsil ta’riflanadi. Lyutnya-torli mizrobli cholg’usi o’sha davrda eng keng tarqalgan bo’lib, o’ziga xos mizrob (chertma) vositasida chalingan, dastasida esa ligatura (lada) lar joylashgan. IX-X asrlarda lyutnya arabcha ud nomini oladi. Bu cholg’u asbobi ko’pgina Sharq mamlakatlarida, Kavkazorti xalqlari orasida, O’zbekiston va Tojikiston cholg’uchiligida hozirgi kungacha saqlanib kelayapti. (Zamonaviy ud namunalari T.D.K. ning sohaviy-tajribaviy sinovxonasida mavjud)
“Musiqa xaqida katta kitob” da Forobiy yana bir cholg’u asbobi tanburni ta’riflaydi. Olimning fikricha, tanbur forscha tan-bur ya’ni (Dilni timash) ud cholg’usiga yaqin turadigan cholg’udir deydi.
Forobiy shuningdek nayni ham ta’riflaydi. U turli xil damli musiqa cholg’ularini ovoz hosil qilish uslubiga ko’ra naysimon guruhga kiritadi, ya’ni nay quvurida havoning damli harakati orqali, tovush hosil bo’ladi. Ulardan biri oddiy nay, yoki bir yo’nalishda joylashgan ko’p teshikli nay. Bu turdagi bo’ylanma naylar yoki turlicha ataluvchi naylar hozirgi kunda ham Sharq xalqlari orasida mavjud. Uning Vetnamliklar sao, tojiklar tutek, tatarlar kaval, qozoqlar sibizg’a, Ozarbayjonliklar nay (juda kam uchraydi), qirg’izlar uo, choor (cho’ponlarning cholg’u asbobi) o’zbeklar nay deydi.
Olim va mashhur cholg’uchi Forobiy sumay musiqa asbobi haqida bir qator ma’lumot beradi. Uning o’rik yoki tut daraxtidan ishlanganligi va o’sha davrda keng tarqalgan musiqa asbobi ekanligi haqida to’xtalib o’tadi.
Forobiy, shuningdek, Dunay, (Mizmar) ni ham alohida tilga oladi. Dunay hozirda qo’shnay yoki turkman cholg’usi gosha-dilli tyuy dyuk (qo’sh qamishdan yasalgan cholg’u) ga o’xshatadi.
Forobiy o’z risolasida o’zi yashagan davrda mavjud bo’lgan rubobni ham batafsil ta’riflaydi. O’sha davrdagi rubob ham hozirgi qashqar rubobiga o’xshash bo’lib, pardalari dutor pardalariga o’xshagan, dastasi ancha uzun bo’lganligini, asosiy qismini yog’och dekali pastki qismi esa charmdan ishlangan, dekali musiqa cholg’usi deb ta’riflaydi. Shuningdek, musiqa asbobi changni ham ta’riflaydi. O’sha vaqtgacha changning 15 ta tori bo’lgan, ular diatonik sozlangan va ikki oktava oralig’iga teng tovush Qatorga ega deydi. Yana Forobiyning guvohlik berishicha ud cholg’usi ansambl ijrochiligida XV asrda yetishib chiqqan shoirlar, san’at ahllariga Navoiy va Jomiy homiylik qilganlar hamda ulami tarbiyalaganlar. Navoiy o‘zining “Majolisun- nafois” asarida musiqaning nazariy ham amaliy jihatlaridan xabardor shoirlami maqtaydi.Chunki u aruz san’atini egallashda, shoirdagi estetik hisni tarbiyalashda musiqaning roliga katta ahamiyat berardi.
yetakchi rol o’ynagan “Cholg’u asboblari haqida kitob” ida olim tanbur, rubob, chang, cholg’u asboblarini udda chalayotgan kuyga yoki yakka navoz xonandaga, uyg’un jo’r bo’lish, uchun sozlash usullarini tushuntiradi.
Shunday qilib, Sharqning ulug’ allomasi Al-Forobiy musiqa ilmining bir bo’limi sifatida cholg’u asboblarini o’rganuvchi cholg’ushunoslik sohasiga asos soladi.
Abu Ali ibn Sino (980-1037) o’z davri musiqa cholg’ularini ikki guruhga bo’ladi: Mizrobli, noxunli, (Borbad, tanbur, rubob) va butun rezanator qapqog’i bo’ylab tortilgan ochiq cholg’u asboblari (shohrux, chiltor, lira), chang (arfa). Olim, ohangi inson ovoziga yaqin turadigan cholg’u asboblari ud, rubobni batafsil ta’riflagan.
O’sha davrda yashab ijod etgan Safiuddin Urmaviy musiqa ilmini tizimini (sistemasi) ni rivojlantiradi. U “Taqvadorlik kitobi” da ud cholg’usini ta’riflaydi: “Bilginki, cholg’u asboblari ichida ud asbobi eng mashhur va zamonaviydir”. Udning dastasining to’la chizmasi, uni sozlash haqida tasawur beradi. A. Navoiyning tasdiqlashicha, mavjud 12 maqom qadimiy musiqaning asosidir.
Marog’iy (XIV asr) g’ijjakning ipak yoki pay torlari jez torlariga nisbatan ancha yaxshi va mayin ohang beradi deydi, o’zining g’ijjak yasash usuli haqida bergan ma’lumotlarida.
Qo’sh torli cholg’u asbobi dutor haqida ilk ma’lumotlar Al-Husayniy (XV asr) ning musiqa kononlarida uchraydi. “Dutor” atamasining pay do bo’lishiga, uning shaklan o’xshash, ko’p torli boshqa cholg’u asboblaridan (Ozarbayjoncha soz, ud, tanbur kabi) farqlash asosiy sabab bo’lgan.
XVII asming mashhur ud va chang cholg’usi ijrochisi Darvish Ali o’zining risolasida o’sha davrda qo’llanilgan cholg’u asboblari haqida batafsil ma’lumot bergan. U udni cholg’ular “Shohi” deb ataydi. Udning juft sozlagan o’n ikki tori bo’lgan. Farobiy davridagi dastlabki uddan bir muncha farq qilgan. Risolada yozilishicha chang cholg’ular homiysi Zuhroga bag‘ishlangan
XIV asr musiqa madaniyatimiz tarixi hali durustroq o‘rganilmagan. Shu
sababli bu davrdagi bastakorchilik, bastakorlar hayoti va ijodi haqida hozircha ma’lumotga ega emasmiz. Darvish Alining mazkur risolasida faqat Xo‘ja Abdulqodir Maroghyning ijodi haqida qisqacha eslatib o‘tilgan. U Sohibqiron Temur saroyida xizmat qilgan davrda kuy va ashulalar ham yaratgan. Ulardan biri “Amali tarona” deyilib, Iroq maqomi yoTlari asosida yuzaga kelgan. U Zarbul-fath, Chorzarb va Miatayn deb atalgan nog‘ora usullarini ham ixtiro etgan. Temur davrida va undan so‘nggi vaqtlarda Xo‘ja Abdulqodir kabi ko‘plab bastakorlar ijod etganliklari aniqdir.
Musiqa madaniyatimiz tarixida Navoiy va Jomiy zamonida ijod etgan juda ko‘p bastakorlaming nomlari saqlanib qolgan. Ulaming hayoti va ijodi haqida o‘sha davrlarga oid tazkiralarda, tarixiy, adabiy, memuar xarakteridagi asarlarda qimmatli ma’lumotlar keltiriladi. Shunday manbalar jumlasidan Avfiyning “Lubobul-albob”, Navoiyning “Majolisun-nafois”, Davlatshoh Samarqandiyning “Tazkiratush-shuaro” va boshqa olimlaming tazkiralari, Bobuming “Bobumoma”si, Vosifiyning “Badoyeul-vaqoye”’si, Darvish Ali Changiyning “Risolai musiqiy” asari kabi ko‘plab tarixiy manbalami ko‘rsatib o‘tish mumkin.
O‘sha zamonda Hirot, Samarqand, Xiva va boshqa markaziy shaharlarda ko‘plab musiqa nazariyotchilari, iste’dodli sozanda, xonanda hamda bastakorlar ijod etganlar. Ular O‘rta Osiyo va Xuroson xalqlari musiqa madaniyatida, maqom turkumlarining taraqqiyotida alohida o‘rin tutadilar. Lekin bu davrda qoTlangan kuy va ashulalaming turi va shakllari masalalarini yoritib beradigan, bu haqda maxsus yozilgan asarlar bizgacha yetib kelmagan. Bu masalalami tasavvur etishda musiqaga bevosita aloqasi bodmagan manbalar alohida ahamiyatga ega. Ular tarixiy, adabiy xarakterdagi asarlar boTib, ba’zan bunday manbalarda musiqachi-bastakorlar, sozanda va xonandalar nomi keltiriladi, xon saroylaridagi bazm, o‘yin-kulgilar, xalq shodiyonalari va sayillarida ijro etilgan musiqa asarlari va raqslar haqida gapiriladi.
maqtaydi. Chunki u aruz san’atini egallashda, shoirdagi estetik hisni tarbiyalashda musiqaning roliga katta ahamiyat berardi. Shuning uchun Navoiy tarbiyalagan shoirlaming ко‘pi musiqachi, musiqachilar esa shoir ham edilar. Navoiy shu tazkirada she’r vaznlarini buzib yozgan shoirlami tanqid qilarkan, musiqa ilmida ulaming iste’dodi yo‘qligini ham ko‘zda tutgan, albatta.
Navoiyning tazkirasida musiqa va advor (musiqa va ritm doiralari) ilmida risolalar yaratgan ko‘pgina olimlar eslatib o‘tiladi. Xo‘ja Abulvafoyi Xorazmiy, Mavlono Alishoh, Muhammad Jomiy, Binoiy, Muhammad Ali G‘aribiy, Mavlono Shayxiy, Pahlavon Muhammad, Amir Murtoz, Xo‘ja Shahobiddin Marvorid, Mavlono Sohib va boshqa musiqa nazariyachilari shular jumlasidandir Bu olimlar va ulaming asarlari bastakorlarga nazariy bilim berish bilan birga, bastakorlik san’atining eng nozik tomonlarini chuqur bilib olishga yordam berdi va umumiy musiqa madaniyatining yuksalishi uchun zarur sharoitlar yuzaga keltirdi. Xuddi shu sharoitda Xo‘ja Yusuf Burhon, Hofizi Sharbatiy, Ho‘ja Kamoliddin Husayn, Ustod Qulmuhammad Udiy, Xo‘ja Abdulloh Sadriy, Mir Habibulloh Udiy, Shayhi Noyi, Ustod Qutbi Noyi, Husayn Udiy, Ustod Shodiy, Darvish Ahmadi Qonuniy, Hisomiy, Abul Baraka, Mir Hoshim, Abu Qosim Ishratiy, Mavlono Yusuf Badiiy, Mahmud Shayboniy kabi yuzlab musiqachi va bastakorlar yetishib chiqdi Bu bastakorlar maqom yodlariga naqshlar, peshravlar, amallar va savtlar bastalaganlar. Bunday ishlar esa maqom janrining rivojlanishi va takomillashuvida hal etuvchi omillaridandur
Bastakorlik san’ati so‘nggi davrlarda yashab ijod etgan ko‘pgina mualliflaming asarlarida ham ma’lum darajada yoritib berilgan. Bu olimlarning asarlarida shoir yoki musiqachi bastakorlar xaqida ma’lumot berilganda, ulami turli maqomlarga naqsh, peshrav, savt va amallar bog‘lagan mohir san’atkor, deb ko‘rsatiladi. Bu masala ayniqsa Mavlono Kavkabiy va Darvish Ali Changiyning musiqa risolalarida va XVI-XVIII asrlarda ijod etgan boshqa noma’lum mualliflaming risolalarida nisbatan ishonarli qilib yoritilgan. XVI-XVII asrlardagi musiqa amaliyoti Shashmaqomga muvofiqroq bo‘1 gam uchun shu davrda yaratilgan musiqa risolalaridagi kuy va ashula yo‘llari haqidagi fikrlar bu yerda qisqacha qilib keltirildi. Lekin bu ta’riflami hozirgi kunda to‘liq deb bo‘lmaydi. Darvish Ali bu masalani o‘z tushunchasi doirasidagina izoxlagan. Shuning uchun maqom yo‘llari kohinishda ham bunday kuy shakllarini aniq tasawur etish mushkul. Chunki bizgacha yetib kelgan maqom yodlari XVII asrdagi ko‘rinishdan tubdan farq qilishi tabiiydir.
O‘n ikki maqom bilan Shashmaqom, garchi O‘rta Osiyoda mavjud umumiy an’ana va qoidalar asosida yashab kelgan bo‘Isa-da, bizgacha ular juda katta o‘zgarishlar bilan yetib kelgan. Maqom yo‘Harming ratilish qoidalari yuqorida aytilgan kuy va ashula shakllarining ko‘pida ishlatilgan nomlar hozirgi kunda musiqachi-bastakorlar tomonidan butunlay esdan chiqarib yuborilgan. Masalan, XVII asrdagi Savt yo‘llari bilan bizgacha yetib kelgan Shashmaqomdagi Savtning ishlanish yo‘li juda katta farqlarga ega bodishi tabiiy bir hoi. Lekin birorta bastakor - sozanda savtning asl shakli haqida tasavvurga ega emas. Shunday bo‘lsa-da, XV-XVII asrlarda joriy etilgan kuy shakllari va ularning nomlanishidagi xarakterli atamalar maqomlargagina xosdir Tarixiy va adabiy xarakterdagi asarlarda, ayniqsa musiqaga doir XV- XVII asrda yozilgan risolalarda kuy va ashula shakllarining yaratilishi va ularning ijodkorlari haqida avvalgi davrlarga nisbatan boy material yetib kelganligi bejiz emas, albatta.
Bu narsa hatto XIV asrdan boshlab maqom shakllarining rivojlanishida hal etuvchi rol o‘ynagan bastakorlik an’anasining yanada kuchayganidan, XV- XVII asrlarda esa bu an’ana davom etibgina qolmay, bastakorlikda yangi-yangi ixtiro vositalari topilib borganidan dalolat beradi. XIV-XVIII asrlar davomida Shashmaqomning uzil-kesil shakllanib, qaror topishi uchun zamin yaratilgan.
Shashmaqom esa yuqorida izohlab o‘tilgan Naqsh, Peshrav, Amal, Savt, Qavl, Kor kabi kuy va ashula turlarining hamda ulaming yaratish uslublarining yanada rivojlanishi natijasida bastakorlik an’anasining mahsuli sifatida yuzaga keldi. XVI-XVII asr musiqa risolalarida ko‘plab uchraydigan xona (sarxona, miyonxona), bozgo‘y, zil kabi kuy va ashula jumlalari, doyra usullari nomlarining Shashmaqomda ham saqlanib qolganligi kuy va ashulalaming ishlanishida qandaydir bir umumiy uslub va prinsipga asoslanilganidan darak beradi Shashmaqom tarkibida O‘n ikki maqom tizimida uchraydigan maqom va sho‘’ba hamda o‘sha davrlarda qodlanilgan doyra usullarining nomlari saqlanilganligi, Shashmaqomning O‘n ikki maqom musiqa materiallari bazasida yaratilgan deb taxmin qilishga imkon beradi. Qadimgi manbalarda sharh etilgan kuy va ashula shakllarini Shashmaqom yodlariga tadbiq etish, ilmiy o‘rganish juda katta tarixiy, ilmiy va amaliy ahamiyatga egadir. Bu masalani yechib berish o‘zbek-tojik xalqlari musiqashunoslik fani oldida turgan eng yaqin va zarur vazifalardan biri bodishi kerak. Shunday qilib, bastakorlik an’anasi faqatgina O‘n ikki maqom turkumining rivojlanishidagina emas, balki Shashmaqomning shakllanishi, paydo bo‘lishi va so‘nggi davrlardagi taraqqiyotida ham hal etuvchi ahamiyat kasb etdi. Yuqoridagidek tarzda musiqa asarlarining turlarga ajratilishi, shubhasiz, bastakorlar diqqatini kuylaming ruhiy holatini anglab olishga jalb etgan va ashulalarga mos she’rlar tanlashda ham yordam bergan.
XIV asr musiqa madaniyatimiz tarixi hali durustroq o‘rganilmagan. Shu sababli bu davrdagi bastakorchilik, bastakorlar hayoti va ijodi haqida hozircha maTumotga ega emasmiz. Darvish Alining mazkur risolasida faqat Xo‘ja Abdulqodir MarogTyning ijodi haqida qisqacha eslatib o‘tilgan.
U Sohibqiron Temur saroyida xizmat qilgan davrda kuy va ashulalar ham yaratgan. Ulardan biri “Amali tarona” deyilib, Iroq maqomi yoTlari asosida yuzaga kelgan. U Zarbul-fath, Chorzarb va Miatayn deb atalgan nog‘ora usullarini ham ixtiro etgan. Temur davrida va undan so‘nggi vaqtlarda Xo‘ja Abdulqodir kabi ko‘plab bastakorlar ijod etganliklari aniqdir.
Musiqa madaniyatimiz tarixida Navoiy va Jomiy zamonida ijod etgan juda ko‘p bastakorlaming nomlari saqlanib qolgan. Ularning hayoti va ijodi haqida o‘sha davrlarga oid tazkiralarda, tarixiy, adabiy, memuar xarakteridagi asarlarda qimmatli maTumotlar keltiriladi. Shunday manbalar jumlasidan Avfiyning “Lubobul-albob”, Navoiyning “Majolisun-nafois”, Davlatshoh Samarqandiyning “Tazkiratush-shuaro” va boshqa olimlaming tazkiralari, Boburning “Bobumoma”si, Vosifiyning “Badoyeul-vaqoye”’si, Darvish Ali Changiyning “Risolai musiqiy” asari kabi ko‘plab tarixiy manbalami ko‘rsatib o‘tish mumkin.
O‘sha zamonda Hirot, Samarqand, Xiva va boshqa markaziy shaharlarda ko‘plab musiqa nazariyotchilari, iste’dodli sozanda, xonanda hamda bastakorlar ijod etganlar. Ular O‘rta Osiyo va Xuroson xalqlari musiqa madaniyatida, maqom turkumlarining taraqqiyotida alohida o‘rin tutadilar. Lekin bu davrda qo‘llangan kuy va ashulalaming turi va shakllari masalalarini yoritib beradigan, bu haqda maxsus yozilgan asarlar bizgacha yetib kelmagan. Bu masalalami tasavvur etishda musiqaga bevosita aloqasi boTmagan manbalar alohida ahamiyatga ega.
Ular tarixiy, adabiy xarakterdagi asarlar bo‘lib, ba’zan bunday manbalarda musiqachi-bastakorlar, sozanda va xonandalar nomi keltiriladi, xon saroylaridagi bazm, o‘yin-kulgilar, xalq shodiyonalari va sayillarida ijro etilgan musiqa asarlari va raqslar haqida gapiriladi.
XV asrda yetishib chiqqan shoirlar, san’at ahllariga Navoiy va Jomiy homiylik qilganlar hamda ulami tarbiyalaganlar. Navoiy o‘zining “Majolisun- nafois” asarida musiqaning nazariy ham amaliy jihatlaridan xabardor shoirlami maqtaydi.
Chunki u aruz san’atini egallashda, shoirdagi estetik hisni tarbiyalashda musiqaning roliga katta ahamiyat berardi. Shuning uchun Navoiy tarbiyalagan shoirlaming ko‘pi musiqachi, musiqachilar esa shoir ham edilar. Navoiy shu tazkirada she’r vaznlarini buzib yozgan shoirlarni tanqid qilarkan, musiqa ilmida ulaming iste’dodi yo‘qligini ham ko‘zda tutgan, albatta.
Bastakor ham musiqaning nazariy - amaliy tomonlarini bilishi bilan birga aruz ilmidan bexabar bo‘lsa, bastakorlik san’atining muhim tarmog‘i - ashulaga she’r bog‘lashda xatolikka yo‘l qo‘yadi. Shu sababli ham bu davrda ulug‘ shoiming topshirig‘i bilan aruz ilmi va musiqa nazariyasiga doir risolalar yaratilgan edi.
Navoiyning tazkirasida musiqa va advor (musiqa va ritm doiralari) ilmida risolalar yaratgan ko‘pgina olimlar eslatib o‘tiladi. Xo‘ja Abulvafoyi Xorazmiy, Mavlono Alishoh, Muhammad Jomiy, Binoiy, Muhammad Ali G‘aribiy, Mavlono Shayxiy, Pahlavon Muhammad, Amir Murtoz, Xo‘ja Shahobiddin Marvorid, Mavlono Sohib va boshqa musiqa nazariyachilari shular jumlasidandir.
Bu olimlar va ulaming asarlari bastakorlarga nazariy bilim berish bilan birga, bastakorlik san’atining eng nozik tomonlarini chuqur bilib olishga yordam berdi va umumiy musiqa madaniyatining yuksalishi uchun zarur sharoitlar yuzaga keltirdi. Xuddi shu sharoitda Xo‘ja Yusuf Burhon, Hofizi Sharbatiy, Ho‘ja Kamoliddin Husayn, Ustod Qulmuhammad Udiy, Xo‘ja Abdulloh Sadriy, Mir Habibulloh Udiy, Shayhi Noyi, Ustod Qutbi Noyi, Husayn Udiy, Ustod Shodiy, Darvish Ahmadi Qonuniy, Hisomiy, Abul Baraka, Mir Hoshim, Abu Qosim Ishratiy, Mavlono Yusuf Badiiy, Mahmud Shayboniy kabi yuzlab musiqachi va bastakorlar yetishib chiqdi.
Bu bastakorlar maqom yodlariga naqshlar, peshravlar, amallar va savtlar bastalaganlar. Bunday ishlar esa maqom jamming rivojlanishi va takomillashuvida hal etuvchi omillardandir.
Bastakorlik san’ati so‘nggi davrlarda yashab ijod etgan ko‘pgina mualliflaming asarlarida ham ma’lum darajada yoritib berilgan. Bu olimlarning asarlarida shoir yoki musiqachi bastakorlar xaqida ma’lumot berilganda, ulami turli maqomlarga naqsh, peshrav, savt va amallar bog‘lagan mohir san’atkor, deb ko‘rsatiladi. Bu masala ayniqsa Mavlono Kavkabiy va Darvish Ali Changiyning musiqa risolalarida va XVI-XVIII asrlarda ijod etgan boshqa noma’lum mualliflaming risolalarida nisbatan ishonarli qilib yoritilgan.
XVI-XVII asrlardagi musiqa amaliyoti Shashmaqomga muvofiqroq bo‘lgani uchun shu davrda yaratilgan musiqa risolalaridagi kuy va ashula yo‘llari haqidagi fikrlar bu yerda qisqacha qilib keltirildi. Lekin bu ta’riflami hozirgi kunda to‘liq deb bodmaydi. Darvish Ali bu masalani o‘z tushunchasi doirasidagina izoxlagan. Shuning uchun maqom yo‘llari ko‘rinishda ham bunday kuy shakllarini aniq tasawur etish mushkul. Chunki bizgacha yetib kelgan maqom yo‘llari XVII asrdagi ko‘rinishdan tubdan farq qilishi tabiiydir.
O‘n ikki maqom bilan Shashmaqom, garchi O‘rta Osiyoda mavjud umumiy an’ana va qoidalar asosida yashab kelgan bo‘lsa-da, bizgacha ular juda katta o‘zgarishlar bilan yetib kelgan. Maqom yodlarining ratilish qoidalari
yuqorida aytilgan kuy va ashula shakllarining ko‘pida ishlatilgan nomlar hozirgi kunda musiqachi-bastakorlar tomonidan butunlay esdan chiqarib yuborilgan. Masalan, XVII asrdagi Savt yo‘llari bilan bizgacha yetib kelgan Shashmaqomdagi Savtning ishlanish yo‘li juda katta farqlarga ega bo‘lishi tabiiy bir hoi. Lekin birorta bastakor - sozanda savtning asl shakli haqida tasavvurga ega emas. Shunday bo‘lsa-da, XV-XVII asrlarda joriy etilgan kuy shakllari va ulaming nomlanishidagi xarakterli atamalar maqomlargagina xosdir.
Tarixiy va adabiy xarakterdagi asarlarda, ayniqsa musiqaga doir XV- XVII asrda yozilgan risolalarda kuy va ashula shakllarining yaratilishi va ulaming ijodkorlari haqida avvalgi davrlarga nisbatan boy material yetib kelganligi bejiz emas, albatta. Bu narsa hatto XIV asrdan boshlab maqom shakllarining rivojlanishida hal etuvchi rol o‘ynagan bastakorlik an’anasining yanada kuchayganidan, XV-XVII asrlarda esa bu an’ana davom etibgina qolmay, bastakorlikda yangi-yangi ixtiro vositalari topilib borganidan dalolat beradi. XIV-XVIII asrlar davomida Shashmaqomning uzil-kesil shakllanib, qaror topishi uchun zamin yaratilgan.
Shashmaqom esa yuqorida izohlab o‘tilgan Naqsh, Peshrav, Amal, Savt, Qavl, Kor kabi kuy va ashula turlarining hamda ulaming yaratish uslublarining yanada rivojlanishi natijasida bastakorlik an’anasining mahsuli sifatida yuzaga keldi. XVI-XVII asr musiqa risolalarida ko‘plab uchraydigan xona (sarxona, miyonxona), bozgo‘y, zil kabi kuy va ashula jumlalari, doyra usullari nomlarining Shashmaqomda ham saqlanib qolganligi kuy va ashulalaming ishlanishida qandaydir bir umumiy uslub va prinsipga asoslanilganidan darak beradi.
Shashmaqom tarkibida O‘n ikki maqom tizimida uchraydigan maqom va sho‘’ba hamda o‘sha davrlarda qo‘llanilgan doyra usullarining nomlari saqlanilganligi, Shashmaqomning O‘n ikki maqom musiqa materiallari bazasida yaratilgan deb taxmin qilishga imkon beradi. Qadimgi manbalarda sharh etilgan kuy va ashula shakllarini Shashmaqom yo‘llariga tadbiq etish, ilmiy o‘rganish juda katta tarixiy, ilmiy va amaliy ahamiyatga egadir. Bu masalani yechib berish o‘zbek-tojik xalqlari musiqashunoslik fani oldida turgan eng yaqin va zarur vazifalardan biri bo‘lishi kerak.1 Shunday qilib, bastakorlik an’anasi faqatgina O‘n ikki maqom turkumining rivojlanishidagina emas, balki Shashmaqomning shakllanishi, paydo bo‘lishi va so‘nggi davrlardagi taraqqiyotida ham hal etuvchi ahamiyat kasb etdi.
Dostları ilə paylaş: |