24
shaxsning boshi kesilishi qayd etilgan, Frantsiyada 25 yil qamoq jazosi,
ba’zi hollarda o‘lim jazosi ham qo‘llanilgan. Angliyada chiqarilgan qog‘oz
pullarni to‘lov vositasi sifatida qabul q
ilmagan kishilarni davlatga qarshi
xiyonat darajasigacha olib chiqilgan.
Davlat tomonidan emissiya qilingan qog‘oz pullar bevosita va bilvosita
ta’minlangan edi. Bevosita ta’minlangani oltin tangalar bilan, davlatning
soliqlarni va boshqa majburiy to‘lovlarni shu qog‘oz pullarda qabul qilishi
bilvosita ta’minlanganligi sifatida belgilab qo‘yildi.
Iqtisodiy adabiyotlarda “emissiya qilish” va “muomalaga pul chiqarish”
tarzidagi ma’nosi bir –
biriga yaqin bo‘lgan iqtisodiy terminlarni uchratamiz.
Biroq bu ikki
iqtisodiy termin ma’nosi va iqtisodiyotga ta’siri jihatidan bir –
biridan tubdan farq qiladi.
Naqd pullarni muomalga emissiya qilinishi iqtisodiyotda pul massasining
hajmini oshiradi. Bu ishni mamlakat Markaziy banki amalga oshiradi.
Muomalaga naqd pullarni chiqarish esa mavjud pul massasi hajmini
o‘zgartirmagan holda tijorat banklari tomonidan amalga oshiradi.
Mamlakatda iqtisodiy inqirozlar, tabiiy ofatlar va urushlar ro‘y berganda
davlatning xarajatlari juda ortib ketardi. Ushbu xarajatlar davlatning
to
pshirig‘i bilan muomalaga chiqariladigan qo‘shimcha pul emissiyasi
orqali
hal etilar edi
, bu o‘z navbatida qog‘oz pullarning qadrsizlanishiga va pul
muomalasining izdan chiqishiga olib kelardi.
Shuning uchun ham qog‘oz pullar asl
qiymatga ega bo‘lmagan, o‘rinbosar
pullar hisoblanib, ularni doimiy ravishda tartibga solib borish va tegishli
nazoratni amalga oshirishni talab etadi.
Dostları ilə paylaş: