31
massasining miqdori va strukturasini tartibga solib turuvchi idora
hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki belgilangan tartibda
tasdiqlanadigan
Davlat pul-
kredit siyosatining bosh yo‘nalishlari
asosida pul
massasi hajmi va strukturasini tartibga soladi.
Muomaladagi pul massasini tartibga solish tijorat banklariga beriladigan
kreditlarning miqdorini o‘zgartirish, qimmatli qog‘ozlarni va chet el
valyutasini xarid qilish va sotish
, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy
banklarida joylashtiriladigan tijorat banklarining majburiy rezervlari
normasini hamda foiz stavkalarini o‘zgartirish yo‘llari orqali amalga
oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki tijorat banklari uchun oxirgi
bo‘g‘in kreditor bo‘lib hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi
jamlama pul oboroti hajmlarini, pul
va davlatning
boshqa qimmatbaho qog‘ozlar emissiyasini mustaqil belgilaydi.
Naqd pul muomalasi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Mark
aziy banki hududlarda naqd pullarning
zaxirasini shakllantirish hamda muomalaga
chiqarilmagan naqd pullarni
saqlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining
Qoraqalpog‘iston
Respublikasi
, viloyatlar va Toshkent shahar bo‘yicha Bosh
boshqarmalarida (bundan buyon matnda Bosh boshqarmalar deb yuritiladi)
zaxira jamg‘armalarini tashkil etadi.
2. Tijorat banklari va ularning filiallari (bundan buyon matnda
banklar deb
yuritiladi) mijozlarning naqd pullarga bo‘lgan talabini o‘z vaqtida qondirish
uchun majburiy tartibda aylanma kassalarini, shuningdek
naqd pullar
zaxirasini tashkil etadilar.
3. Ushbu Yo‘riqnomada quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
naqd pullar
—
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki
tomonidan
muomalaga kiritilgan banknotlar va tangalar;