13
dalolat beradi.
To’lov vositasida sotuvchi tovarning pulini olguncha tovar ist’emolchi
ixtiyoriga kelib tushadi va u o’z ehtiyojini qondirish uchun tovardan to’la
foydalanishi mumkin. Agar tovar uchun to’lov oldindan (avans) amalga
oshiriladigan bo’lsa, tovar ma’lum vaqtdan keyin iste’molchi
ixtiyoriga
tushishi mumkin.
Demak, ikkala holda ham tovar va pul harakati bir vaqtning o’zida amalga
oshmaydi. Chunki, tovar aylanishi (T-P-T) uziladi va pul harakati tovar
harakatiga nisbiy ravishda mustaqil bo’ladi. Pulning bu harakati to’lov deb
aytiladi va bu erda pul to’lov vositasi sifatida ishtirok qiladi. Pulning to’lov
vositasi vazifasi tovar ishlab chiqarish va muomala rivojlanishining yuqori
bosqichlari ma’suli bo’lib, u pulning qiymat o’lchovi va muomala vositasi
vazifalaridan keyinroq yuzaga kelgan deb xulosa qilish mumkin.
To’lov vositasi vazifasining
yana bir xususiyati shundaki, sotuvchi bilan
ist’emolchi o’rtasidagi munosabat muomala vositasidagiga o’xshab qisqa
muddatli bo’lib, tezda tugallanmaydi. To’lov vositasi vazifasida iste’molchi
tovarga ega bo’lganidan keyin ham u bilan mol sotuvchi o’rtasidagi
munosabat uzoq vaqt davom qiladi. Bu munosabat - kredit munosabati
hisoblanadi va iste’molchi - qarzdor, sotuvchi - kreditor sifatida ishtirok
qiladi. Ba’zi iqtisodchilarimiz veksel asosida o’tkaziladigan jarayonlarini ham
muomala vositasi vazifasiga kiritishadi. Bu bizning fikrimizcha to’g’ri emas.
Chunki veksel - ma’lum mablag’ni to’lash to’g’risidagi kredit majburiyat, u
qiymatga ega emas, demak ayirboshlashning ekvivalenti sifatida ishtirok
qila olmaydi. A sotuvchi bir million so’mlik tovarni B iste’molchining
vekseliga almashtirdi deylik. B bir mln. so’mlik tovarga ega bo’ldi. A bo’lsa
o’z qiymatiga ega bo’lmagan, sotib olish qobiliyati emitent tomonidan
belgilanadigan vekselga ega bo’ladi. Sotuvchi A qachonki bir mln. so’mlik
vekselni sotsagina pul mablag’iga ega bo’lishi mumkin. Shunga
asosan biz
veksel jarayonlarini muomala vositasiga kiradi deb to’liq ishonch bilan
uqtira olmaymiz. Bu jarayonlar ko’proq to’lov vositasi vazifasiga taalluqlidir.
Pulning to’lov vositasi vazifasi yana turli qarz va majburiyatlarni to’laganda:
- korxona, tashkilotlar o’rtasida tovar va xizmatlar uchun to’laganda;
- davlat byudjetiga va kredit tizimiga to’lovlarni amalga oshirganda
(foydadan to’lanadigan to’lovlar, kredit bo’yicha qarz va foizlarni to’lash va
boshqalar);
-ishchi xizmatchilariga ish xaqi to’lash va aholiga boshqa to’lovlarni to’lash
(nafaqa, stipendiya va boshqalar)da;
14
- boshqa har xil qarz va majburiyatlarni to’lash (masalan, kreditga olingan
uchun to’lov, uy-joy, elektroenergiya va boshqa xizmatlar uchun to’lovlar)
da amalga oshiriladi.
Pulning to’lov vositasi vazifasining yana bir xususiyati shundaki, bu vazifada
to’lovlar naqd pullik yoki naqd pulsiz shaklda amalga oshirilishi mumkin. Bu
xususiyati bilan ham pulning to’lov vositasi vazifasi muomala vositasi
vazifasidan farq qiladi. Pulning bu vazifasi yordamida amalga
oshiriladigan
naqd - pullik va na naqd pulsiz to’lovlar birgalikda to’lov oborotining
vujudga keltiradi.
Pulning to’lov vositasi vazifasini biz ikkinchi darajali deb qarashimiz mumkin
emas, chunki bu vazifaning bajarilmasligi to’lovlarning o’z vaqtida amalga
oshmasligiga, bu esa hozirgi kunda mavjud muammolar debitor-kreditor
qarzlarning ko’payishiga, kredit bo’yicha va boshqa moliyaviy
majburiyatlarning bajarilmasligiga, xo’jalik jarayonlarining normal borishiga
katta ta’sir ko’rsatishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: