1.Pulningkelib chiqishi va mohiyati
Pulning vujudga kelishi kishilik jamiyati sivilizatsiyasining buyuk kashfiyotlaridan hisoblanadi. ”Pul” deb nomlangan maxsus tovarning paydo bo‘lishi natijasida odamlar o‘rtasida ayirboshlash bilan bog‘liq ziddiyatlar va «ehtiyojlarning bir – biriga mos kelmasligi» kabi muammolar barham topdi. Pulning vujudga kelishi, uning evolyutsion rivojlanishi, nazariyasi, mohiyati va funksiyalari haqida xorijiy va mahalliy iqtisodchi olimlar, nazariyachilar, mutaxassislar juda ko‘p ilmiy asarlar, maqolalar va tadqiqot ishlari yaratgan.
Hozirgi kunda ham ushbu jarayon davom etmoqda. Iqtisodiy adabiyotlarda pulning vujudga kelishi va uning hozirgi kundagi ko‘rinishi haqida yagona yondashuv mavjud emas. Pulning vujudga kelish sababini bilish uchun qadimda odamlar o‘rtasida ro‘y bergan ayirboshlash munosabatlarini amalga oshirish jarayoniga e’tibor qaratish lozim. Chunki, aynan mana shu tabiiy ayirboshlash jarayoni hozirgi kunda siz bilan biz kundalik hayotda va hisob–kitoblarda foydalanib kelayotgan pulning vujudga kelishiga zamin yaratgan. Xususan, pulning vujudga kelishiga quyidagi omillar asos bo‘lib xizmat qiladi:
qadimgi davrda odamlar o‘z ehtiyojidan ortib qolgan iste’mol mahsulotlari turib qolmasligi va saqlashning imkoniyati bo‘lmaganligi bois ularni o‘zlariga yaqinyoki tanish odamlarga bergan, bu o‘z–o‘zidan odamlar o‘rtasida stixiyali ravishda bir tomonlama ayirboshlash munosabatlari vujudga kelishiga sabab bo‘lgan;
odamlarning ongi, dunyoqarashi va hayot kechirish tarzi rivojlanganligi natijasida, ikki tomonloma ayirboshlash munosabatlari vujudga kela boshladi. Bu davrda, kishilarda o‘ziga zarur bo‘lmagan buyumning o‘rniga nimadir olish evaziga, ikkinchi kishiga berishi lozimligini anglay boshladilar. Bularning barchasi dastlab stixiyali ravishda sodir etilib, bu odamlarning kundalik uchun zarur bo‘lgan buyumlar, oziq–ovqatlar, kiyim–kechaklar va boshqa ehtiyojlarini qondirish natijasida ro‘y bergan. Bu davr ishlab chiqarish usulining natural xo‘jalik tuzumi davriga borib taqaladi. Ma’lumki, natural xo‘jalik tuzumidan ilgarigi davrda har bir kishi kunlik ehtiyoj uchun zarur bo‘lgan mahsulotni mustaqil ravishda ishlab topgan (yaratgan)ligi bois, ular o‘rtasida ayirboshlash munosabatlariga ehtiyoj mavjud bo‘lmagan. Yuqoridaqayd etilgan ikki omil, kishilar o‘rtasida ayirboshlash munosabatlarining shakllanishiga zamin yaratdi, natijada odamlar ixtiyoridagi ortiqcha mahsulotni o‘zi uchun zarur bo‘lgan boshqa mahsulotga ayirboshlashga ehtiyoj seza boshladi.
Ayirboshlash – bu kishilarning istak–xohishlari va ehtiyojlari mahsuli sifatida amalga oshiriladigan jarayon bo‘lib, buning natijasida, tomonlar ehtiyojini qondirish maqsadida ixtiyoridagi narsadan voz kechib, zarur bo‘lgan narsaning o‘rniga berishdir. Ayirboshlash kishining ehtiyoji bo‘lgan
buyumga ega bo‘lish imkoniyatini beradigan jarayondir.
Demak, ayirboshlash “A” va “B” tomonlar o‘rtasidagi o‘zaro kelishuv natijasida sodir bo‘ladigan jarayon bo‘lib, “A” o‘ziga tegishli tovar yoki xizmatini “B” tomonning tovar yoki xizmati uchun berishdir. Madomiki, ushbu almashuv jarayoni ikki tomonga ham iqtisodiy jihatdan foydali bo‘lib, “A” tomon voz kechgan tovar yoki mahsulot o‘rniga o‘zi uchun zarur bo‘lgan, undan ham foydaliroq tovar yoki xizmatni oladi. Shuningdek, natural xo‘jalikning rivojlanib borishi, jamiyatda mehnat taqsimotini shakllanishiga olib kelgan.
Vaqt o‘tishi bilan odamlar o‘rtasida mahsulot ayirboshlashjarayoni rivojlanib, ishlab chiqarishning ixtisoslashuv jarayoni ro‘y bera boshlagan. Xususan, pulning vujudga kelishida chorvachilikning dehqonchilikdan ajralib chiqishi, keyinchalik hunarmandchilikning shakllanishi juda muhim ahamiyat kasb etdi. Ushbu davrda, odamlar o‘rtasida mahsulotlarni faol ayirboshlash jarayoni boshlandi. O‘sha davrdagi ayirboshlash munosabatlarini faollashishiga asosiy omillar sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:
•
|
ishlab chiqarishning natural xo‘jalik shaklidan tovar ishlab chiqarish davriga o‘tishi;
|
•
|
ishlab chiqaruvchi sub’ektlarning bir–biriga o‘zaro bog‘liqligining vujudga kelishi;
|
•
|
ayirboshlash jarayonida tovarlar ekvivalentligining ta’minlanganligi.
|
K.Marks pulni pul - bu tovarlarning tovari deb ifodalangan va uning quyidagi xususiyatlarini izohlab bergan. Birinchidan, pulning iste’mol qiymatida boshqa tovarlarning qiymati o’z ifodasini topadi. Ikkinchidan, pulda ifodalanadigan aniq mehnatning asosini abstrakt mehnat tashkil qiladi. Uchinchidan, pulda ifodalanuvchi xususiy mehnat ijtimoiy mehnat sifatida namoyon bo’ladi. Shungaasoslangan holda pul ham tovar, lekin boshqa tovarlardan farq qiluvchi xususiyatlarga ega bo’lgan, maxsus tovardir degan xulosaga kelish mumkin. Uning maxsus tovar sifatida xususiyati shundaki, u barcha tovarlarning qiymatini o’ziga ifoda qiluvchi, umumiy ekvivalent hisoblanadi.
Umumiy ekvivalent rolini uzoq yillar davomida oltin bajarib kelgan bo’lsada, tovar xo’jaligining va pul muomalasining rivojlanishi qog’oz pullar, boshqa kredit vositalari yuzaga kelishiga, kredit va pul mablag’larining bankda bir schyotdan ikkinchi schyotga o’tkazilishi kabi jarayonlar bo’lishiga olib kelgan.
Pul qanday shaklda bo’lishidan qat’iy nazar - u pul bo’lib qoladi. Yuqoridalarga asoslangan holda pulning mohiyatini quyidagicha ta’riflashimiz mumkin. Pul - bu maxsus tovar, umumiy ekvivalent bo’lib, abstrakt mehnat xarajatlarini o’zida aks ettiradi va tovar xo’jaligidagi ijtimoiy ishlab chiqarish munosabatlarini ifodalaydi.
Bu ta’rif pulning barcha xususiyatlarini o’zida to’liq ifodalaydi deb aytishimiz mumkin. Bular:
Birinchidan, pulning boshqa tovarlardan ajralib turuvchi maxsus tovarligi; Ikkinchidan, pul bu umumiy ekvivalent - yagona tovar bo’lib, qolgan tovarlarning qiymatini o’zida ifoda qilishi (boshqa xohlagan bir tovar bu xususiyatga ega bo’la olmaydi);
Uchinchidan, pulning ekvivalent sifatida tovarni yaratishga ketgan mehnat va boshqa xarajatlarini o’zida ifoda qilishi;
To’rtinchidan, pulninghar bir iqtisodiy tizimda, tovar ishlab chiqarishda kishilar o’rtasida yuzaga keladigan iqtisodiy munosabatlarini ifoda qilishi va boshqalardir. Pul to’g’risidagi evolyutsion nazariya uning o’lchov birligi va muomala vositasi ekanligini ochib beradi.
Pulning muhim xususiyati shundaki, u ham boshqa tovarlar singari qiymatga va iste’mol qiymatga ega bo’lishi bilan birga boshqa barcha tovarlarga qarama-qarshi turadi. Bu bir tomonda pul, ikkinchi tomonda boshqa tovarlar.
Pulning iste’mol qiymati shuki u o’z funksiyasini bajarib iqtisodiyot mushkulini oson qiladi (vositachi sifatida).
Pulning qiymati (qadr qiymati) deganda pul birligining xarid qilish qobiliyati, ya’ni unga qancha tovar va xizmatlar xarid etish mumkinligi tushuniladi. Pulni qiymati metal pulni zabt etish yoki qog’oz pulni bosib chiqarish xarajatlarini bildirmaydi. Bu xarajatlar pul qiymati emas, balki pulni muomilaga kiritish sarflaridir. Pulni qiymati narxga bog’liq, narxlar ko’tarilib, ketsa, uni qiymati (qadri) pasayadi va aksincha.
Umuman pul insoniyat kashfiyotlari ichida eng oddiy, eng tushunarli bo’lib hisoblanadi.
Insoniyatning butun yutuqlari ham, fojialari ham pul bilan bog’liqdir. Inson faoliyatini eng muhim xarakatga keltiruvchi kuchlardan biri pul bo’lib kelgan va shunday bo’lib qoladi.
Taniqli davlat arboblaridan biri ta’kidlaganidek, «Davlatni o’rni uni qancha soldati yoki pushkalariniqudrati bilan emas, balki milliy valyutaning mustahkamligi bilan belgilanadi. Bunga shuni qo’shimcha qilish mumkinki, korxonaning mavqi unda necha kishini ishlashi, ishlab chiqariladigan mahsulot miqdori bilan emas, balki uning moliyaviy barqarorligi bilan belgilanadi».
Chet el iqtisodchilari pulning iqtisodiy kategoriya sifatida mohiyati va zarurligiga kam e’tibor berishgan. 1857 yillarda taniqli ingliz iqtisodchi U. Djevons Iqtisodiy fanlar uchun pul masalasi - bu geometriyadagi aylana kvadraturasiga teng demakdir degan ekan. Shuning uchun chet el iqtisodchilari bu bobni chetlab o’tishgan. 50 - yillardagi darsliklarning avtorlari pulning mohiyatidan ko’ra uning iqtisodga, ishlab chiqarish va bandlik, moddiy resurslar va ulardan foydalanishga ta’sirini o’rganish muhimroqdir deb ta’kidlashgan va ko’p chet el olimlari shu yo’nalishda ish olib borishgan.
Hozirgi vaqtda pul to’g’risida bizda mavjud chet el adabiyotlarida ko’rilgan masalalar bu fikrimizning isboti bo’lishi mumkin. Haqiqatda ham bozor iqtisodiga o’tish sharoitida pulning zarurligi, mohiyatini tadqiqot qilishdan ko’ra,pulning iqtisodga, ishlab chiqarishga, bandlikka ta’sirini tadqiqot qilish jamiyatimiz uchun ahamiyatliroq deb o’ylaymiz.
Ishlab chiqarish resurslari, ya`ni xom-ashyolar, jixozlar va mashinalar hamda ishchi kuchi bozorda pulga sotib olinadi. Ishlab chiqarish natijasida yaratilgan tovarlar yana pulga sotiladi. Pul ko`rinishida olingan daromad taqsimlanadi va qayta taqsimlanadi.
Pul bozor iqtisodiyotining «tili» dir. Har bir iqtisodiy axborot, tovarlar va xizmatlar bahosi, to`lovlar, daromad-u harajatlar, moliyaviytalablar va majburiyatlar, iqtisodiy aloqalar faqat pulda ifodalanadi.
Har bir korxona, tashkilot, muassasa, tadbirkorlar, alohida - alohida fuqarolar faoliyati natijasi ham pul bilan hisoblanadi.
Pul - bu shunday maxsus tovarki, u hamma boshqa tovarlar uchun umumiy ekvivalent vazifasini bajaradi va barcha tovarlarni sotib olish vositasi bo`lib xizmat qiladi. Pul har qanday buyumga aylanish sehriga qodir.
Kishilar har doim pul topishga harakat qiladilar,pul esa ular uchun xizmat qiladi.
Hozirgi vaqtda kredit pullarning zamonaviy turlari elektron pullar va kredit kartochkalardan foydalanilmoqda. Banklar faoliyatida EYoM lardan foydalanish, elektron pullar yordamida qarzlarni to’lashni tezlashtiradi. AQSh da pul mablag’larini elektron o’tkazish tizimi - EFTS (Electronie Funds Transfeht Sustem) oborotning samarali bo’lishini ta’minlamoqda. Hozirgi zamon amaliyotida qo’llanilayotgan kredit kartochkalar naqd pullar o’rniga hisob-kitoblarni olib borish uchun chiqarilgan bo’lib, ular juda qulay va afzalliklarga ega. Kredit kartochka bo’yicha barcha turdagi chakana savdo uchun va xizmatlar uchun to’lash mumkin. Hozirgi vaqtda kredit kartochkalarning bank, savdo xizmatlarni to’lash uchun mo’ljallangan.
Dostları ilə paylaş: |