Kurs ishi pulning mohiyati va asosiy vazifalari reja: kirish



Yüklə 82,07 Kb.
səhifə8/15
tarix14.06.2023
ölçüsü82,07 Kb.
#129949
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
PULNING MOHIYATI VA ASOSIY VAZIFALARI

Natural pullar. Jamiyatning dastlabki davrlarida to‘lov vositasi sifatida foydalanilgan pullar buyum yoki natural ko‘rinishida bo‘lgan. Natural pullar – bu real ko‘rinishga ega bo‘lgantovarlardir, ushbu pullarning qiymati tovarning o‘zida aks ettirilgan bo‘lib, ularning sotib olish qobiliyati tovarlar qiymati bilan ifodalangan. Ma’lum bir tovarning pul o‘rnida foydalanishda uning iste’mol qiymati muhim ahamiyat kasb etgan.
Natural shakldagi pullarni uchta guruhga ajratgan holda tasniflash mumkin. 1. Hayvonlar shaklida. Ushbu pul tarkibiga tirik hayvonlar va ulardan tayyorlangan buyumlar kiradi. Masalan, qo‘y, buqa, jun, suyak va boshqalar.

  1. Buyum shaklida. Bu shakldagi pullar tarkibiga foydali qazilmalar va metallar hamda ulardan yasalgan mehnat qurollarini keltirish mumkin.

Masalan, qimmatbaho toshlar va metallar, tuz va boshqalar.

  1. O‘simlik shaklida. Bularning tarkibiga turli o‘simliklar va ularning mevalari kiradi. Masalan, bug‘doy, mevalar, tamaki va boshqalar.

Natural pullarning paydo bo‘lishi va ulardan foydalanish tarixi juda chuqur va qiziqarlidir. Odamlar dastlab yovvoyi holda yashagan davrda barcha kishilar topgani o‘rtada bo‘lgan, birgalikda iste’mol qilgan, keyinchalik bir urug‘ga mansub kishilar qabila- qabila bo‘lib yashay boshlagan. Qabila ichida odamlar bir–birigayordam berishi, oziq–ovqatlarni baham ko‘rishi kerak bo‘lgan. Bu beg‘araz tartibda amalga oshirilib, buning o‘rniga ular bir–biridanhech narsa umid qilmagan, hamma narsa o‘rtada bo‘lgan. Keyinchalik ibtidoiy urug‘chlikning rivojlanishi natijasida turli qabila qatlamlari vujudga kelgan. Vaqti–vaqti bilan ular o‘rtasida dahshatli qonli to‘qnashuvlar bo‘lib turgan. Ushbu to‘qnashuvlar natijasida bir qabila ikkinchisi ustidan g‘alaba qozongandan keyin, ularning barcha narsalarini talon taroj qilgan.Shu bois, ayrim qabilalar tinchlikni saqlash maqsadida kuchli qabilalarga narsalar, asosan iste’mol qilinadigan narsalarni bergan. Aynan shu jarayon ham kishilar o‘rtasida bir tomonlama ayirboshalash munosabatlarini vujudga kelishining asosiy sabablaridan biri hisoblanadi. Tosh asri davrida kishilar yerlarni o‘zlashtiribekin eka boshlagan, keyinchalik dehqonchilikdan chorvachilik ajralib chiqqan. Dastlab yaratilgan narsalar barchasi bir yo‘la iste’mol qilingan bo‘lsa, endi ma’lum miqdorda zaxiralar qilina boshlagan. Zaxira qilindimi, u yerda ortiqchalik vujudga kelgan. Ortiqcha narsalar esa unga egalik qiluvchi tomonidan erkin ravishda tasarruf qilingan. Buning natijasida ayirboshlash jarayoni jonlana boshlagan.Shuningdek, keyinchalik hunarmandchilik vujudga kelgan, bularning barchasi kishilar o‘rtasidagi bir tomonlama ayirboshlashdan ikki tomonlama ayirboshlash zaruriyatini keltirib chiqargan.
Odamlar o‘rtasida dastlab ayirboshlash vositasi sifatida juda keng tarqalgani mehnat qurollari hisoblanadi.Mehnat qurollariga dehqonda, chorvadorda yoki hunarmandda juda katta ehtiyoj mavjud bo‘lib, ular o‘z mahsulotlarini iloji boricha mehnat qurollariga ayirboshlashga intilar edi. Mehnat qurollari eng qadimiy tovar- pullar hisoblanadi.

Yüklə 82,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin