Qog‘oz pullar. Qog‘oz pullarning muomalaga kiritilishi jamiyatda ijtimoiy – iqtisodiy voqelik bo‘lib, ushbu jarayon o‘zi bilan birgalikda qator muammolarni keltirib chiqardi. Bu muammolarning asosiysi inflyatsiya hisoblanadi. Qog‘oz pullarning muomalaga chiqarilishi natijasida inflyatsiya muammosining paydo bo‘lishiniasosiy sabablaridan biri, ushbu pullar haqiqiy qiymatga ega bo‘lmagan, ya’ni haqiqiy pullarning o‘rinbosarlari hisoblanadi. Qog‘oz pullarda aks ettirilgan nominal qiymati ularning haqiqatdagi qiymatidan juda yuqoridir. Chunki qog‘oz pullarning haqiqiy qiymati juda past.
Mazkur darslikning birinchi bobi 1.1–paragrafida oltin tangalarning o‘rniga qog‘oz pullarning kirib kelishi bilan bog‘liq tavsilotlar atroflicha bayon etilgan. Ularni qaytarilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida, oltin tangalarni saqlovchilar va oltinni saqlashga beruvchilar o‘rtasida o‘zaro munosabatlar natijasida qog‘oz pullarni muomlaga chiqarish bilan bog‘liq jarayonni qisqacha bayon etmoqchimiz. Ushbu jarayon Yevropaning ayrim mamlakatlari va AQSh amaliyotida qog‘oz pullarning kirib kelish tajribasida ro‘y bergan. Chunki, ushbu mamlakatarda qog‘oz pullar Xitoy,Turkiston, Rossiya malakatlaridan keyin muomalaga kiritilgan bo‘lsada, oltin tangalarni muomaladan chiqib ketishi natijasida ularning o‘rniga qog‘oz pullarni kirib kelishi stixiyali tarzda ro‘y bergan. Manabalarga ko‘ra, dastlabki qog‘oz pullar Xitoy, Turkiston va Rossiyada davlati tomonidan muomalaga chiqarilgan.
Jamiyatda tovar – pul munosabatlarining jadal rivojlanib borishi natijasida, kishilar o‘rtasida ayirboshlash hajmi misli ko‘rilmagan darajada o‘sib bordi. Bu jarayon oltinlarni saqlash va ularning xavfsizligini ta’minlash borasida qator muammolarni keltirib chiqara boshladi. Bularni bartaraf etish maqsadida oltinlarni saqlab berish evaziga daromad oluvchilar paydo bo‘ldi16 . Oltin saqlovchilar asta – sekinlik bilan odamlarning ishonchiga kirib borishi natijasida kishilar vaqtinchalik bo‘sh oltin tangalarini ma’lum haq to‘lash evaziga ularga topshira boshladi. Oltinsaqlovchi oltinlarni saqlar, ularning xavfsizligiga javobgar edi, shuningdek, kimga, qachon va qancha oltin kerak bo‘lsa tegishli yozuvlarni (oltinni olganligini tasdiqlovchi tilxatlar) yuritgan holda bera boshladi.
“A” shaxs “B” shaxsga sotib olgan tovari uchun to‘lagan oltin tangani “B” shaxs ham o‘z navbatida ehtiyojidan ortiqcha qismini oltin saqlovchiga eltib topshirar edi. Bu oltin saqlovchi va oltinni saqlashga beruvchilar o‘rtasida o‘zaro ishonchning paydo bo‘lishiga olib keldi. Keyinchalik oltin saqlovchiodamlar orasida tanilib, ishonchga kira boshlaganlaridan so‘ng odamlar ehtiyojlari uchun zarur bo‘lgan oltinni olmasdan, tovar va mahsulot uchun sotuvchiga tilxatlarning o‘zini to‘lov vositasi sifatida bera boshladi. O‘z navbatida sotuvchi ushbu tilxatlarni to‘lov vositasi sifatida qabul qildi, zarur hollarda ushbu tilxat asosida oltin saqlovchidan keraklimiqdordagi oltinlarni oldi, yoki uchinchi shaxsga to‘lov vositasi sifatida o‘tkazib yubordi.
Shu tariqa muomalada qog‘oz pullar paydo bo‘ldi.
Bu jarayon shu darajada rivojlanib ketdiki, barcha taniqli va yetarli darajada ishonchga ega bo‘lgan oltin saqlovchilarning tilxatlari muomalada to‘lov vositasini bajara boshladi. Dastlab muomalaga chiqarilgan qog‘oz pullar to‘lig‘icha oltin bilan ta’minlangan edi. Keyinchalik esa oltin saqlovchining kasodga uchrashi, yoki odamlarning ishonchini suiste’mol qilishi natijasida muomalada ta’minlanmagan qog‘oz pullar paydo bo‘la boshladi. Natijada ushbu pullar oltin saqlovchilarga taqdim etilganda ular buning evaziga oltin tangalar berishdan bosh tortdi. Bularning barchasi mamlakatda pul muomalasini izdan chiqishi oqibatida xo‘jalik yuritish va hisob – kitoblarni amalga oshirishda tanazulliklarni keltirib chiqardi. Aynan shu jarayonda davlat qog‘oz pullarni tartibga solish va yagona emissiya qilishni o‘z qo‘liga oldi. Buning uchun 16Bir necha asrdan keyin ushbu “oltin saqlovchilar” banklarga aylandilar.alohida davlat banki, ya’ni Markaziy bankni tashkil etdi, unga muomalaga qog‘oz pullarni chiqarish, pul muomalasini tartibga solish vazifalari yuklatildi. Tijorat banklari esa muomalga naqd pullarni emissiyaqilish huquqidan mahrum etilib, mijozlarga bank xizmatlarini ko‘rsatadigan tijorat muassasalariga aylantirildi.
Angliyada qog‘oz pullar 1817–1843 yillarda tijorat banklari tomonidanmuomalaga chiqarilgan, 1813 yilda Angliya Banki o‘z banknotasini muomalaga chiqardi. 1844 yildan boshlab esa tijorat banklariga pulni emissiya qilish bekor qilindi va R.Pilning qonuniga asosan Angliya Bankining emissiya huquqi joriy etildi.
Qog‘oz pullar ta’minlanmagan, asl qiymatga ega pullar bo‘lmaganligi sababli ayrim davlatlarda muomalaga chiqarilgan pullar dastlabki davrlarda to‘lov vositasi sifatida hisob – kitoblarda keng qo‘llanilishida muammolar uchrab turgan. Buning oldini olish maqsadida og‘ir choralar qo‘llanilgan. Masalan, Xitoyda qog‘oz pulning o‘ziga uni to‘lov vositasi sifatida qabul qilmagan shaxsning boshi kesilishi qayd etilgan, Frantsiyada 25yil qamoq jazosi, ba’zi hollarda o‘lim jazosi ham qo‘llanilgan. Angliyada chiqarilgan qog‘oz pullarni to‘lov vositasi sifatida qabul qilmagan kishilarni davlatga qarshi xiyonat darajasigacha olib chiqilgan.
Davlat tomonidan emissiya qilingan qog‘oz pullar bevosita va bilvosita ta’minlangan edi. Bevosita ta’minlangani oltin tangalar bilan, davlatning soliqlarni va boshqa majburiy to‘lovlarni shu qog‘oz pullarda qabul qilishi bilvosita ta’minlanganligi sifatida belgilab qo‘yildi.
Iqtisodiy adabiyotlarda “emissiya qilish” va “muomalaga pul chiqarish” tarzidagi ma’nosi bir – biriga yaqin bo‘lgan iqtisodiy terminlarni uchratamiz. Biroq bu ikki iqtisodiy termin ma’nosi va iqtisodiyotga ta’siri jihatidan bir – biridan tubdan farq qiladi.
Naqd pullarni muomalga emissiya qilinishi iqtisodiyotda pul massasining hajmini oshiradi. Bu ishni mamlakat Markaziy banki amalga oshiradi. Muomalaga naqd pullarni chiqarish esa mavjud pul massasi hajmini o‘zgartirmagan holda tijorat banklari tomonidan amalga oshiradi. Mamlakatda iqtisodiy inqirozlar, tabiiy ofatlar va urushlar ro‘y berganda davlatning xarajatlari juda ortib ketardi. Ushbu xarajatlar davlatning topshirig‘i bilan muomalaga chiqariladigan qo‘shimcha pul emissiyasiorqali hal etilar edi, bu o‘z navbatida qog‘oz pullarning qadrsizlanishiga va pul muomalasining izdan chiqishiga olib kelardi.
Shuning uchun ham qog‘oz pullar asl qiymatga ega bo‘lmagan, o‘rinbosar pullar hisoblanib, ularni doimiy ravishda tartibga solib borish va tegishli nazoratni amalga oshirishni talab etadi.