Kurs ishi taqrizga topshirilgan sana


Biznesda mulkchilik tizimini rivojlanishining fundamental asoslari



Yüklə 240,11 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/8
tarix25.12.2023
ölçüsü240,11 Kb.
#194906
1   2   3   4   5   6   7   8
OLIMOV kurs ishi

3.Biznesda mulkchilik tizimini rivojlanishining fundamental asoslari 
Biznesda mulchilikni o‘zlashtirish borasidagi munosabat bo‘lar ekan, u egalik 
qilish, foydalanish va tasarruf etishning yaxlitligini taqozo etadi. Mana shu uch jihat 
biznesdagi mulchilikning ajralmas unsurlaridir. 
Egalik qilish — mulkdorlik huduqini mulk egasi qo‘lida saqlanib turishidir. 
Egalik sharoitida mulk bo‘lgan boylik qisman o‘zlashtirilada. Mulkka egalik 
saqlangan holda, uni amalda ishlatish o‘zga qo‘lida bo‘ladi. Buning oqibatida 
mulkdan kelgan naf ikki qismga ajraladi: bir qismini mulkdor, ikkinchisini mulkni 
amalda ishlatuvchi o‘zlashtiradi. Masalan, bino ijaraga berilganda egalik qilish 
mulkdor qo‘lida qoladi va u mulkdan kelgan nafning faqat bir qismini ijara haqi 
shaklida o‘zlashtiradi, Boshqa qismni esa ijarachi o‘zlashtiradi. Xullas, egalik qilish 
qisman, cheklangan o‘zlashtirishni bildiradi. 
Foydalanish, ishlatish — mulk bo‘lgan boylikni iqtisodiy faoliyatda qo‘llab,
xo‘jalik jarayoniga kiritib, undan natija olishdir. Foydalanish yuz berganda boylik 
daromad topish yoki shaxsiy ehtiyojni so‘ndirish uchun ishlatiladi. Mulkdor o‘z 
mulkini o‘zi ishlatganda egalik qilish va foydalanish bir qo‘lda bo‘ladi, olingan 
natijani mulkdor tanho o‘zi, boshqa bilan baham ko‘rmagan holda o‘zlashtiradi. 
Egalik qilish va fovdalanish ajralganda mulk keltirgan naf ham taqsimlangan holda 
o‘zlashtiriladi. 
Tasarruf etish - mulk bo‘lgan boylik taqdirini mustaqil hal etish, ya‘ni mulkni 
sotib yuborish, ijaraga berish, merosga qoldirish, asrab-avaylab ko‘paytirish yoki uni 
yo‘qotib yuborishdan iborat xatti-harakatlarni amalga oshira bilishdir. Biznesda 
mulkchilik munosabatga ega albatta, uning ob‘ekti va sub‘ekti bo‘lishi shart. 
Biznesda mulkchilik xo‘jalik va tadbirkorlik faoliyatining turli shakllari orqali 
iqtisodiy jihatdan ro‘yobga chiqariladi. 
Biznesda mulkchilik shakllariga asoslangan samarali Biznesda mulkchilik
tizimining modeli muhim ahamiyatga ega. Bunda Biznesda mulkchilik tizimning 
tarkibiy qismlari bo‘lgan mulkdorlik institutlari, ularning mulkiy munosabatlari 
uchun mulk turlari bilan bog‘liq professional xizmatlar bozori va mulk narxi 

20 
shakllanuvchi mulk bozori faoliyatlari samaradorligiga ham da davlatning samarali 


regulyativ siyosatiga erishish dunyoning barcha mamlakatlari ijtimoiy-iqisodiy 
rivojlanishida muhim aha- miyat kasb etadi. Demak, mulkiy munosabatlar samarali 
bo‘lishi uchun davlat mulkiy huquq subyektlari (MHS) uchun samarali bo‘lgan 
Biznesda mulkchilik tizimini, ayniqsa, hususiy Biznesda mulkchilik tizimini, 
shakllantirishi zarur. Zero, davlatning ijtimoiy-iqtisodiy siyosati- ning samaradorUgi 
Biznesda mulkchilik tizimining samaradorligiga to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liq, bunda 
hususiy Biznesda mulkchilik tizimi esa xalq farovonligini va biznes samarasini 
belgilaydi. 
4-rasm.
 
Biznesda mulkchilik tizimining namunaviy tuzilmaviy funksional modeli
 
Yuqoridagiga ko‘ra, o‘zaro uzviy bog‘langan
M – mulk bozorlari (mulk turlari bo‘yicha tasniflanuvchi), 
V - mulk turlari bilan bog‘liq professional xizmatlar (qiymatini baholash,

21 
riyeltorlik, kadastr, ekspertiza, brokerlik, dilerlik va shular kabi boshqa ifratuzilmaviy 


xizmatlar) bozorlari, 
S - mulkiy huquq subyektlari, ulaming barchasi faoliyatini tartibga solib
turuvchi, 
R - regulyator kabi ushbu tuzilma tarkibiy qismlari fuqarolik huquqlari
obyektlari (FHO) bilan bog‘liq ijtimoiy-iqtisodiy -informatsion-huquqiy
munosabatlami amalga oshiradi. 
Bu modelda M, V, S, R elementlar orasidagi o‘zaro bog‘lanish chiziqlari ulami 
mulkiy munosabatlarda bo‘lishini ko‘rsatadi. Bunda Biznesda mulkchilik tizimi 
undagi barcha M, V, S, R elementlaming FHO bilan bog‘liq ijtimoiy-iqtisodiy -
informatsion-huquqiy munosabatlami amalga oshirish faoliyati bilan harakatga 
keltiriladi.Biznesda mulkchilik tizimining samaradorligi mulkdorlaming huquq va
majburiyatlari, mas‘uliyat va manfaatlarini samarali amalga oshirilishi uchun mulkiy 
munosabatlar uchun davlat tomonidan yaratilgan qulay shart-sharoitlar va mulkdorlik 
institutlari faolligi bilan belgilanadi. Bunda yaratilgan shart-sharoitlar sifatini risklar 
hamda siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, huquqiy va boshqa omillaming kompleks ta‘siri 
belgilaydi.
Umuman olganda, bu shart-sharoitlar mulkdoming huquqiy havfsizligi va 
Biznesda mulkchilik tizimi modelining samaradorligi kabi xossalari birikmasidan 
iborat integral (kompleks) tushuncha bolib, FHOlarga va ular bilan bog‘liq 
xizmatlarga bo‘lgan talab va taklifni obyektiv shakllantirilishiga xizmat qiladi. 
Biznesda mulkchilik tizimiga oid yuqorida aytilgan fikr-mulohazalaming 
ma‘noga egaligi Ernando De Soto tomonidan ham tasdiqlangan.Mulkdoming ijtimoiy 
va iqtisodiy manfaati uning mulk egasi sifatidagi hayotiy ehtiyoji bo‘lib, uni risklar 
sharoitida qondirish bilan bog‘liq xatti-harakati va fe‘l-atvorining ijtimoiy-iqtisodiy 
motivatsiyasini yuzaga chiqaradi. Bunda risk — mulkiy unosabatlar jarayonida real 
mavjud bo‘lgan noaniq va tasodifiy hollarning vujudga kelishi ehtimolini sifatiy-
miqdoriy usullar yordamida ifodalab baholash shaklidir.Yuqorida aytilganlar asosida 
quyidagi ta‘rif o‘rinli: Biznesda mulkchilik tizimi — jamiyatda o‘rnatilgan Biznesda 

22 
mulkchilik shakllariga mos instrumental (FHO ma‘nosida), institutsional va 


funksional tuzilmalarni va ular bilan bog‘liq ijtimoiy-iqtisodiy -informatsion-huquqiy 
munosabatlar mexanizmini birlashtiruvchi yaxlit tizimli majmua. Uning faoliyati 
mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha davlat siyosati kontekstida 
MHSlari tomonidan harakatga keltiriladi Bunda davlatning siyosati Biznesda 
mulkchilik tizimining samaradorligiga qulay Biznesda mulkchilik munosabatlari 
muhitini yaratish asosida erishilishiga qaratiladi.Shunday qilib, mamlakatda barqaror 
iqtisodiy o‘sish va xalq farovonligi faqat samarali Biznesda mulkchilik tizimi shart-
sharoitlarida erishiladi. 
Dunyoning har bir mamlakatida, jumladan, O‘zbekistonda ham, Biznesda 
mulkchilik tizimining faoliyati qonunlar bilan belgilanib tartibga solinadi. Bunda 
ta‘kidlash zarurki, barcha mamlakatlardagi Biznesda mulkchilik tizimi va undagi 
mulkiy munosabatlar modeli ulardagi jamiyat tanlagan taraqqiyot modeliga mos 
ravishda shakllangan. 
Ko‘rilgan mavzu doirasida umumiy xulosa tariqasida aytish mumkinki,
zamonaviy mulk ko‘p atributli (ko‘p turli, ko‘p qirrali, ko‘p xossali, ko‘p bozorli, ko‘p 
tabiatli) va turli omillarga ta‘sir- chan bo‘lganligi sababli, uni fuqarolik huquqkrining 
obyektlari sifatida qabul qilish mumkin. Shu munosabat bilan, bunday mulkni va 
uning tushunchasini tizimli tadqiqot obyekti sifatida murakkab fenomen deb qarash 
mumkin. 
Biznesda mulkning ahamiyati quyidagicha - bu ham manfaat, ham 
mas‘uliyatdir. Biznesda mulkchilik - bu mas‘uliyat bilan manfaatning uzviy birligi 
hisoblanadi. Biznesda mulkchilik real bo‘lishi uchun mulkdorning iqtisodiy manfaati 
amalga oshishi shart. Miqdorning iqtisodiy manfaati-uning boylik egasi sifatidagi 
hayotiy ehtiyoji bo‘lib, xatti-harakat, fe‘l-atvorni, iqtisodiy faoliyat motivatsiyasi 
(sababini) yuzaga chiqaradi. 
Ta‘kidlash zarurki, barcha mamlakatlardagi Biznesda mulkchilik tizimi va 
undagi mulkiy munosabatlar modeli undagi jamiyat tanlagan taraqqiyot modeliga 
mos ravishda shakllanadi. 

23 
Shunday ekan, FHOning ta‘minot turlari mulkiy munosabatlar bilan 


uyg‘unlikda ko‘riladi.Umuman olganda, hozirda keng ma‘nodagi mulk (ne‘mat 
sifatidagi) nazariyasi jamiyat, iqtisodiyot, huquq va axborot nazariyalari birligi 
silatida shakllangan bo‘lib, bunda mulk bo‘yicha ijtimoiy, iqtisodiy, yuridik va
informatsion 
munosabatlar 
zamonaviy 
mulkning 
majbu 
riy 
atributlari 
hisoblanadi.Zamonaviy mulk (ne‘mat mazmunidagi) tushunchasini keng ma‘noda 
naf, foydalilik, manfaat, samara, mulkiy huquqlar nuqtayi nazarlaridan mulkdorga, 
huquqiy va iqtisodiy fantomlarga ega hamda axborotiy shaffoflik va huquqiy 
himoyalanganlik xususiyatlari bilan xarakterlanuvchi ―ne‘mat-fantom-mulkdor 
uchligi silatida ifodalab tizimli o‘rganish maqsadga muvofiq. 
Harqanday biznesda mulkni bunday ma‘noda ifodalanishi, avvalambor, uni 
tovar, kapital, turli munosabat vositasi sifatida jalbdor va samarali bo‘lishini, unga 
bo‘lgan huquq va manfaatlrni to‘liq himoyalanishini anglatadi.Biznesda mulkchilik
tizimi muhitida bo‘luvchi ―ne‘mat-fantom-mulkdor‖ uchligini tizimli o‘rganuvchi 
ne‘mat to‘g‘risidagi multifan qoidalari nuqtayi nazaridan qarash lozim. Bunda 
―ne‘mat- fantom-mulkdor‖ uchligi o‘zining atributlari va mulkdoriga, huquqiy va 
iqtisodiy fantom(analog, ya‘ni, ekvivalent)lariga, mulkiy shakllari va Biznesda 
mulkchilik tizimiga ega. Bu fantomlar faqat inson nafsiga asoslangan nafli mulkiy 
munosabatlar mavjud bo‘lganidagina ma‘noga ega bo‘lib, ular o‘z bazisidan (konkret 
shakl va mazmundagi ne‘matdan, boylikdan) alohida mavjud emas.Biznesda 
mulkchilik shakllari asosan quyidagi yo‘llar bilan vujudga keladi: ilohiy va omad 
faktorlari, ijtimoiy, siyosiy va huquqiy jarayonlar, inson mehnati, yuridik shaxslar 
(jumladan, biznes subektlari) faoliyati, davlat tasarrufidan chiqarish, xususiylashtirish 
va milliylashtirish (natsionalizatsiya). 
Bunda davlat, mahalliy hokimiyatlar, yuridik va jismoniy shaxslar, alohida 
jamoalar mulkdor subekt lar sifatida qaraladi.Sotsium nuqtayi nazaridan mulkka 
ijtimoiy manfaat va iqtisodiy manfaat manbayi sifatida qarash mumkin. 
Ko’p ukladli iqtisodiyot bir-birini taqozo etuvchi va oqibat natijada yaxlitlikni 
shakllantiruvchi turli unsurlar-ukladlar birlashuvini bildiradi. Har bir ukladning o’z 

24 
homili, sub’yekti bor, unda turli ijtimoiy maqomdagi kishilarni birlashtiradi, 


bularning o’z manfaatlari bor, manfaatlar ea goh alohidalashib, goh muvofiqlashib 
turadi va bu hol bozor iqtisodiyoti uchun tabiiy hisoblanadi. 
Tamomila yangi hodisa – o’z kelib chiqishiga ko’ra, turli-tuman bo’lgan 
ukladlarning birgalikdagi tizimli, yonma-yon mavjud bo’lishi yuzaga keldi. Ukladlar 
shunday mavjudlik hosilasi bo’lgan ichki unsurlarga aylanishi bilan 
poliforizm(xilma-xillik) tavsiflari, qiyofasi shakllana boshladi. Tabiiyki, bu 
poliforizmning rivojlanganlik va barkamolllik darajasi turli mamlakatlarda turlicha, 
chunki ular turli ukladlarning imkoni bo’lgan birgalikda mavjudligining o’ziga xos 
parametrlari bilan belgilanadi. Shu sabbabli masalan, ijtimoiydemokratikijtimoiy 
taraqqiyot dasturlari amalga oshirilgan mamlakatlarda davlat va kooperativ 
xo’jaliklarning muayyan maqsadli shakllanishi yuz berdi. 
Shunday qilib, milliy iqtisodiyotda ko’p ukladlilikning shakllanishi va qaror 
topishidagi barcha masalalar xususiylashtirish jarayonida , shaxsiy yordamchi 
xo’jaliklarni rivojlantirish ehtiyojlari, hufiya tuzilmalarning bir qismini 
oshkoralashtirish imkoniyatlari bilan uzviy bog’liq bo’lgan hola hal qilinishi lozim. 
Bu o’rinda monopoliyadan chiqarish muammolari yana bir muhim qo’shimcha 
funksiyaga rga bo’ladi. Ilmiy adabiyotlarda bu masalaga alohida e’tibor berilgan.
Samarali monopoliyadan chiqarish xususiylashtirish bilan birgalik teng olib borilishi 
kerak. Chunki bu jarayaon nafaqat sog’lom raqobatning sharti balki, iqtisodiy xilma-
xilliikning qaror topishiga aylanadi. Xo’jalik shakllarini rivojlantirish jarayoni klassik 
xususiy mulk shakllarini aksiyadorlik tashkilotlariga aylantirishdek tabiiy 
transformatsiya yo’li bilan borgan joylarda o’z-o’zini tartiblaydigan nodavlat xo’jalik 
tuzilmalari unsuri ustunlik qiladi. 
Davlat va nodavlat, davlat va xususiy sektorlarning bo’lishi ya’ni ko’p sektorli 
iqtisodiyot rivojining davomi poiforizm bo’ladi deb aytishga asoslar bor. Lekin bu 
ko’p sektorlik endilikda teng huquqli xo’jalik sektorlari va shakllarining o’zaro 
zaruriy hamkorligini ham anglatadi. Bunday o’zaro hamkorlik davlat yo’li bilan va 
bozorda tartiblash mexanizmi orqali amalga oshiriladi. Shu sabbali milliy polifarizm 

25 
modellari, bir tomondan davlat va xusussiy sektorlarning o’zaro nisbatlari va o’zaro 


tuzilmasi bilan ikkinchi tomondan, ijtimoiy va xususiy manfaatlarning u yoki bu 
darajadi 
muvofiqligini 
ta’minlashga 
qordir 
bo’lgan 
mexanizmlarning 
kombinatsiyalari bilan farq qiladi. 
Shuningdek, rivojlanayotgan mamlakatlar tajribalarini hisobga olgan holda 
institutsional investitsiyalar mexanizmidan foydalanishga o’tdilar, aksiyalashtirish 
orqali “ yumshoq” xususiylashtirishga kirishildi. 
Birinchidan, davlat kompaniyalarining asosiy paychilaridan biri bo’ladi, bu esa 
bankrotlik chog’ida aksiyadorlarning vositalari qaytarilishini kafolatlaydi. 
Ikkinchidan, aholining shaxsiy jamg’arma (omonat)lari institutlari orqali jamg’arma 
fondlariga aylantiriladi. 
Uchinchidan, investitsiyalar rekonstruksiyaga emas, balki eng istiqbolli 
tarmoqlarda yangi korxonalar qurilishiga yo’naltirildi. 
To’rtinchidan, ish haqini aksiyalarga bog’lab qo’yish orqali iste’mol bozoriga 
pul bosimi pasaytiriladi. 
Tub o’zgarishlardan ko’zlangan asosiy maqsad ko’p ukladli iqtisodiyotni barpo 
etish bo’lib, hozirgi davrda baralla pirovard natijaga erishdik deya olamiz. 
Iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va 
unining ustivor mavqeyini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik 
rivojini rag’batlantirishga qaratilgan institutsional va tarkibiy islohotlarni davom 
ettirish; 
 
Xususiy mulk huquqi va kafolatlarini ishinchli himoya qilishni ta’minlash, 
xususiy tadbirkorlik va kichik biznes rivoji yo’lidagi barcha to’siq va cheklovlarni 
bartaraf etish; 
 
Investitsiya muhitini takomillashtirish, mamalakat iqtisodiyoti tarmoqlari va 
hududlariga xorijiy, eng avvalo, to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish; 
Endi hozrgi davrdagi vazifa- milliy iqtisodiyotlarning barqaror rivojlanishi 
uchun jami ukladlarning tizimli hamkorligi talab qilinadi. 

26 
O’zaro raqobatda bo’lga turli binzeslardada mulkchilik va xo’jalik 


shakllarining yuzaga kelishi va ular samaradorligini ta’minlash zarurati bor 
bo’lganidan ularning birontasi ham boshqalari bilan o’zaro aloqada bo’lmay turib 
rivoj topa olmaydi. Raqobatlashuvchi shakllarning uzviy bir butunligi ularning davlat 
tazyiqi bilan yaratilgan tartibsiz konglomeratidan (to’plamidan) farq qiladi, chunki bu 
manfaatlarning bog’lanishiga asoslanadi. 
Hozirgi iqtisodiyotning ko’p ukladli tuzilmasiga xususiylashtirish katta ta’sir 
ko’rsatadi. Samarali xususiylashtirish iqtisodiyotni isloh qilish va zamonaviy bozor 
iqtisodiyotini barpo etishning umumiy jarayonidagi bosh bo’g’inidir.2019-yil 12-
yanvar kuni urbanizatsiya jarayonlarini tubdan takomillashtirish chora tadbirlari 
to’g’risidagi Prezident farmoni qabul qilindi. Farmonga muvofiq, 2019-yil 1-iyuldan: 
- Yuridik shaxslar bino va inshootlari, sanoat infratuzilmasi obyektlari 
joylashgan yer uchastkalarini xususiylashtirish huquqiga ega; 
- Jismoniy shaxslar yakka tartibda uy-joy qurish va turar joyga xizmat 
ko’rsatish uchun ajratilgan yer uchastkalarini xususiylashtirish huquqiga ega; 
- Xususiylashtirish mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarori bilan 
amalga oshiriladi; 
- Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan xususiylashtirilgan yer uchastkalari 
xususiy mulk hisoblanadi va daxlsizdir; 
- Xususiylashtirish faqatgina kadastr hujjatlari mavjud bo’lgan holda hamda 
Hukumat tomonidan belgilanadigan miqdorlarda pullik asosda amalga oshiriladi.14 
O’zbekistonning agrar sektorida xususiy jamoa shirkat va xo’jaliklarining 
parallel rivojlanishi ta’minlanmoqda. Ayni paytda ulardagi ichki tuzilmaviy 
o’zgarishlar o’tkazilmoqda, mayda dehqon xo’jaligi jadal o’smoqda. 
Shuningdek, hech bir biznes yoki ishlab chiqarish yersiz amalga oshmaydi, 
chunki har qanday korxona bir parcha yer ustida joylashgan bo’ladi. Yer – xuddi 
kapital, energiya ahborot singari iqtisodiy omil, olaylik ishchi kuchi arzon, texnika 
qimmat bo’lsa, tadbirkor qimmat texnika sotib olishdan ko’ra ko’proq ishchi kuchi 
yollashga harakat qiladi. Xuddi shunday korxonasi qimmat yerda joylashgan bo;lsa, 

27 
uni sotib olib, ishni arzon yerga ko’chirishga harat qiladi, chunki yerning narxi ham 


mahsulot tannarxiga ta’sir qiladi. Demak yer xususiylashsa, tadbirkor ham, jamiyat 
ham foyda ko’radi. (masalan, shaharning markazida ishlab chiqarish korxonalari 
bo’lmaydi.Ma’lumot o’rnida shuni aytib o’tish joizki, iqtisodiyotdagi sektor va 
uklad tushunchalari bir-biridan farqlanadi. Sektor bu soha yoki tarmoq iqtisodiyot 
bo’g’inini, faoliyat turini bildiradi. Uklad esa ijtimoiy-iqtisodiy kategoriya bo’lib, 
iqtisodiy munosabatlar jamlanmasi hisoblanadi. Aniqroq qilib aytganda, ukladlar 
sektorlarni, sektorlar esa milliy iqtisodiyotni hosil qiladi. 
Bulardan umumiy xulosa shuki, bunday natijalarga erishyotganimizning asosiy 
sababi yurtimizda iqtisodiy erkinlik mavjudligidir. Umuman olganda, erkinlik ko’p 
qirrali tushuncha va uni tavsiflash ham turlicha bo’ladi. Bizning e’tiborimizni 
tortadigan joyi erkinlik bu mamlakatda xususiy sektorning naqadar rivojlanganini 
ko’rsatuvchi belgi ekanligi. Iqtisodiy erkinlik bor joyda monopoliyaning cheklanishi, 
ishlab chiqarish samaradorligi oshishi hamda raqobatning keng yoyilishi kabi holatlar 
kuzatiladi. Raqobat bor joyda esa har doim sifatli va hamyonbop narxdagi mahsulotlar 
xarid qilish imkoniyati yuqori darajada bo’ladi. 

28 


Yüklə 240,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin