Kurs ishi taqrizga topshirilgan sana


-jadval.O’zbekiston biznes muhiti sharoitida faoliyat ko'rsatayotgan



Yüklə 240,11 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/8
tarix25.12.2023
ölçüsü240,11 Kb.
#194906
1   2   3   4   5   6   7   8
OLIMOV kurs ishi

2-jadval.O’zbekiston biznes muhiti sharoitida faoliyat ko'rsatayotgan 
korxona va tashkilotlar soni
12
 
O’zbekiston biznes muhiti sharoitida bunday ishlar allaqachon oz samarasini 
bera boshlagan misol uchun birgina biznes muhitning yahshilanishi va rivojlanishi 
ozining ilk natijalarini bergan 2018-yilda ham xususiylashtirilgan, lekin faoliyat 
yuritmayotgan korxonalarda yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yo’lga qo’yish 
maqsadida mulkdorlar va tijorat banklari ishtirokida 1,3 mingdan ortiq investitsiya 
loyihasini amalga oshirishg bo’yicha “yo’l xaritalari” ishlab chiqildi va tasdiqlandi. 
2018-yilda shu maqsadda 2 trillion so’mlk investitsiyalarni o’zlashtirish va 15 mingga 
12
 
https://stat.uz/uz/rasmiy-statistika/usreo-2
 

30 
yaqin ish o’rnini tashkil etuish ko’zlangandi va yil yakunida ko’zlangan natijalarga 


erishilgan. 
Korxona yoki ob’yektning ishlamasdan bo’sh turishiga ko’p omillar sabab 
bo’lishi mumkin. Mulkdorning amaliy loyihasi bo’lmasligi, loyiha bo’lsa mablag’ 
bo’lmasligi, ikkalasi ham bo’lsa, kommunikatsiya tarmog’I mavjud bo’lmasligi yoki 
qaysidir davlat organidan ruxsat beruvchi hujjatlarni olishdagi muammolar shular 
jumlasidandir. Shu kabi muammolarni aniqlash va bartaraf etish, xususiylashtirilgan 
korxonalarning moliyaviy va ishlab chiqarish ko’rsatkichlarini tahlil qilish maqsdaida 
soliq, statistika, yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri organlari 
hamda “Yagona darcha” markazlari bilan integratsiyalashgan, muntazam yangilanib 
boruvchi baza yaratildi. 
O’z biznesini yuritish uchun tadbirkorlarda bilim va ko’nikmani shakllantirish 
maqsadida qo’mita huzurida Tadbirkorlik faoliyati asoslarini o’qitish markazi tashkil 
etildi, uning Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida huduiy 
bo’limlari tashkil etildi. Shu kungacha 407 ta kursa tashkil etilib ularda 7 mingdan 
ortiq tadbirkorlik sub’yekti hodimlari o’qitilib kelinmoqda. Kurslarda o’qish bepul va 
ishtirok etish uchun hech qanday chelovlar yo’q ekanligi tadbirkorlikni 
rivojlantirishga e’tiborning yuksak darajadagi isboti desak adashmagan bo’lamiz.
Shu 
davrda mamlakatimizda 45 ta kichik sanoat zonalari tashkil etilib, ular negizida 883 
ta loyiha amalga oshirildi. Mazkur loyihalarga 116,4 milliard so’m va 31,3 million 
AQSH dollori miqdorida investitsiyalar jalb etildi 
Tadbirkorlikni rivojlantitrish bo’yich yurtimizda birin-ketin qonunlar va 
farmonlar ishlab chiqilib amaliyotga taatbiq etilmoqda. Yuqoridagilarga 
qo’shimcha,O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019-yil 20- noyabr kuni 
mamlakatda biznes muhitini yanada yaxshilash va tadbirkorlikni qo’llab 
quvvatlashga qaratilgan navbatdagi qarorni imzoladi. Hujjat bilan “Biznes yuritish” 
yillik hisobotida O’zbekiston Respublikasining o’rnini yaxshilashga doir “Yo’l 
xaritasi” tasdiqlandi. Hujjatda “Biznes yuritish – 2020” hisobotida O’zbekiston 69-
o’rinni egallab, islohotlar miqyosi va samaradorligi bo’yicha dunyoning eng yaxshi 

31 
20 ta islohotchi davlati qatoridan joy olgani, biroq biznes muhitini yaxshilash hamda 


tadbirkorlar erkinligini ta’minlashda to’siqlar mavjudligi, xususan qonunchilik 
hujjatlarining noto’g’ri ijro etilyotgani qayd etib o’tildi.
“Tadbirkorlar va investorlar 
bilan uchrashuvlar joylardagi ijrochilar sohada amalga oshirilayotgan islohotlarning 
mazmun-mohiyatidan to’liq xabardor emasligi, qabul qilingan normativ-huquqiy 
hujjatlarning amaliyotga joriy etilishi sezilarli daraja ortda qolayotganligini, ayrim 
litsenziya va ruxsatnomalarni rasmiylashtirishda ortiqcha byurokratik to’siqlar 
mavjudligini ko’rsatmoqda “
13
deyiladi qarorda. 
3-jadval.Iqtisodiyot tarmoqlari kesimida faoliyat ko'rsatayotgan korxona va 
tashkilotlar soni
14
Bosh prokraturaga xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining 
kafolatlari to’g’risidagi qonunchilikka qat’iy rioya etilishi ustidan nazoratni 
kuchaytirish, davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish natijalarini qayta 
13
“Biznes muhitini yanada yaxshilash va tadbirkorlikni qo’llab quvvatlash to’g’risida”gi Prezident 
Qarori 20.11.2019. 
14
https://stat.uz/uz/rasmiy-statistika/usreo-2 

32 
ko’rib chiqish va bekor qilish tashabbusi bilan chiqqanlik uchun vakolatli davlat 


organlari mansabdor shaxslarining muqarrar javobgarligini jinoiy javobgarlikka 
tortishga qadar oshirishni ta’minlash topshirildi.
2030-yilgacha O’zbekistonni 
ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish konsepsiyasida makroiqtisodiy barqarorlikni va 
iqtisodiy 
o’sish 
barqarorligini 
ta’minlash, 
iqtisodiy 
tarmoqlarning 
raqobatbardoshligini, investitsoin va eksport salohiyatini oshirish, tadbirkorlikni 
rivojlantirish va himoya qilish uchun uchun shart-aharoitlarni yaratish, mehnat 
bozorida keskinlik darajasini pasaytirish, aholi daromadlari o’sishi va kam 
ta’minlanganlikni qisqartirish nazarda tutiladi. Bu qarorda keltirilishicha, davlat 
korxonalarini moliyaviy holatining zaifligi, to’lov munosabatlarining buzilishi, o’z 
aylanma mablag’lari sueunkali taqchilligi oqibatida sohalar ishidagi uzilishlar 
xususiylashtirish jarayonlari sekinlashishi va tadbirkorlik faoliyati erkinligi 
cheklanishi oqibatlari hisoblanadi. 
Konsepsiyaning davlat boshqaruvi tizimi samaradorligini oshirish, xususiy 
sektorni rivojlantirish va tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlashga bag’ishlangan 
yo’nalishida quyidagilar amalga oshirilishi rejalashtirilgan: 
- Davlatning iqtisodiy siyosatini maqbullashtirish va davlat-xususiy 
sheriklikni rivojlantirish orqali davlat xizmati tizimini isloh qilish, iqtisodiyotda 
davlatning rolini qisqartirish ushbu ustuvorlikni amlga oshirish davrida O’zbekiston 
iqtisodiyoti uchun muhim ahamiyatga ega bo’ladi. 
- Davlat tomonidan tartibga solishni qisqartirishga, infratuzilmaviy 
sektorlarga xususiy sektorni jalb etishga, shuningdek mahalliy davlat 
hokimiyati organlarining rolini kamaytirishga alohida e’tibor qaratiladi. 
- Samarasiz davlat korxonalarini tarkibiy o’zgartirish yoki qayta 
ixtisislashtirish nazarda tutiladi. Bu, avvalo raqobat afzalliklariga ega 
bo’lgan tarmoqlarda iqtisodiyotning eksport-xomashyoviy 
yo’naltirilganlikdan rivojlanishning innovatsion modeliga o’tishni ta’minlaydi. 
Fikrimizni umumlashtiradigan bo’lsak, xususiylashtirilgan korxonalarni 
qo’llab-quvvatlash natijasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal 

33 
rivojlantirish, buning natijasida ishsizlikni kamaytirish, aholi turmush sharoitini 


yaxshilashga imkon berish, mamlakatda iqtisodiyotning tayanchi ekanligini 
amaliyotda tatbiq etishdan iborat. Chunki tadbirkorlik ishlab chiqarishni qayta qurish, 
ishlab chiqarish omillarini yangicha uyg’unlikda birlashtirish va tashkil etish, ishlab 
chiqaruvchi 
kuchlar 
bilan 
ishlab 
chiqarish 
munosabatlarini 
samaraliroq 
muvofiqlashtirish orqali ishlab chiqarishni sifat jihatidan yangi, yuqori bosqichga 
ko’tarishga hissa qo’shishi sir emas, albatta. 

34 
Xulosa 


Sotsializmdan bozor iqtisodiyotiga o’tishda turli mulk shakllari paydo bo’lgan 
bo’lsa, bozor iqtisodiyotidan ko’p ukladli iqtisodiyotga o’tish jarayonida xilma-xil 
Biznesda mulkchilik ka asoslangan turli xildagi ukladlar hosil bo’ldi. Hozirgi global 
iqtisodiyot davrida mamlakatimizda 4 turdagi ya’ni davlat, jamoa, xususiy va aralash 
ukladlar mavjud. 
Bularning barchasiga birdaniga emas, boshqichma-bosqich amalga oshirilishi 
iqtisodiy siklik jarayonlardan sezdirmasdan o’tish hamda ehtiyotkor bo’lishni talab 
etadi. Ko’p ukladlilik sharoitiga erishish uchun mulkni davlat tasarrufidan chiqarish 
yoki xususiy sektorni erkinlashtirish bilan erishilmaydi. Buning uchun iqtisodiyotni 
liberallashtirish ham kerak. 
O’zbekistonda Biznesni rivojlantirish orqali xalq orasida bir necha muammolar 
bartaraf etildi. Masalan, aholi o’z uyiga, yeriga ega bo’ldi, ishsiz yurganlar ish bilan 
ta’minlandi. Shundan so’ng davlat o’z oldiga undan ham katta maqsad qo’ydi ya’ni 
xususiylashtirilgan ammo ishlamayotgan yoki past likvidli korxonalarni davlat 
aktivlarini sotishdan tushgan mablag’lar hisobiga qo’llabquvvatlash, ularni moliyaviy 
resurslar bilan ta’minlashni amalga oshirib kelishmoqda. Davlatning bu strategiyasi, 
xususiy sektorda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlorni jahon brendiga olib chiqish 
hamda raqobatlasha olish shartsharoitlari bilan ta’minlashga qaratilgan. 
O’zbekiston biznes muhiti sharoitida xususiylashtirish jarayonlarini yanada 
chuqurlashtirish, haqiqiy mulkdorlar qatlamini shakllantirish, ko’p ukladli 
iqtisodiyotni vujudga keltirish va unda xususiy mulkning yetakchi o’rinni egallashini 
ta’minlash, xususiylashtirishni amalga oshirish bosqichlarida aholi uchun kuchli 
ijtimoiy kafolatlarni yaratilishi, mulkni tejab-tergab foydalanadigan, talab va taklif 
qonuni asosida iste’mol bozorini to’ldira oladigan mulkdorlarga topshirilishi 
lozimligi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish va milliy iqtisodiyotga 
to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish masalalari ham nazariy, ham 
amaliy ahamiyatga molik ekanligi ushbu mavzuda kurs ishining naqadar dolzarb 
ahamiyatga ega ekanligidan dalolat beradi. 

35 
Kurs ishining yozilishidagi taklif va tavsiyalar quyidagilardan iborat: 



Yüklə 240,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin